Shayx G‘olib g‘azallaridan
Xalqa-xalqa kokulingni dog‘-dog‘ bo‘ldi ko‘ngil,
Xush kelib devonalik dog‘ usti bog‘ bo‘ldi ko‘ngil.
Garchi rohi rost atvori suluki mustaqim,
Rahbarlar
47
kasratindan
48
gum surog‘
49
bo‘ldi ko‘ngil.
Gavhar aylar jolai gulzorini mohtobi ishq,
Kirmi shabtob
50
erdi, emdi shabchirog‘ bo‘ldi ko‘ngil.
Oshinoyi surat o‘lmas ma’niyi anqo kabi,
Uzlat etdi eshitganlardan yiroq bo‘ldi ko‘ngil.
Kechdi sha’mi siynaga monandai fonusi nur,
Mehri mohdan koni gunji farog‘ bo‘ldi ko‘ngil.
To yetishgay G‘olibga fayzi dami Monloyi Rum
51
,
Nay kabi rohi nafasda ko‘z quloq bo‘ldi ko‘ngil.
* * *
Gul otash, gulbun
52
otash, gulshan otash, juybor
53
otash,
Samandar
54
tiynatani ishqqa basdir lolazor otash.
Hamon ey, soqiy bir sog‘ar tutgil dasti dildora,
G‘azabla bazma keldi sha’mi majlisvash yonar otash.
Nasim otash chiqardi g‘unchayi bog‘i umidimdan,
Tashladi gulshani a’moliga barqu bahor otash.
Xayoli hasrati xolingga oh etganda ushshoqning,
Shab’i furqatda
55
har dam ahtaron
56
aylar nisor otash.
47
Раћбар – йўл кўрсатувчи.
48
Касрат – кўпчилик.
49
Гум сироѓ – адашиш.
50
Кирми шабтоб – тилла ќўнѓиз.
51
Монлойи Рум – Жалолиддин Румий.
52
Гулгун – гул нигоћи.
53
Жуйбор – ариќ.
54
Самандар – олов ичида яшайдиган, оловдан чиќса ўладиган ћайвон.
55
Шабъи фурќат – айрилиќ туни.
56
Аћторон – юлдузлар.
120
Menga do‘zaxdan ey moh, dam urar gulzorlar sensiz,
Daraxt otash, nihol otash, gul otash barqu bor otash.
Murakkabdir
57
vujudi to azal yakpora so‘zishdan
58
,
Anosirdan
59
magar ushshoqa bo‘lmishdir duchor otash.
Charog‘i bazmi hajri
60
bo‘lg‘anim yopmish yoqishtirdim,
Ko‘ngul parvonasinda vuslat otash, intizor otash.
Bayoni so‘zish aylar har kim iste’dodi fitratdan
Etar barjasta
61
oshiq misrayi rangin chinor otash.
Magar kilki sabuk-javloning bo‘lmish garmrav
62
G‘olib,
Zamin otash, zamon otash, butun naqshu nigor otash.
57
Мураккаб – таркиб топган, вужудга келган.
58
Сўзиш – ёниш.
59
Аносир –
унсурлар.
60
Базми ћажр – ћижрон базми.
61
Баржаста – латиф.
62
Гармрав – иссиќ
121
XOTIMA
O‘rta asrlar turk mumtoz adabiyotining shakllanishi va rivojlani-
shi o‘ziga xos tarzda kechdi. XIII–XVIII asrlarda Turkiyada ko‘plab
talantli ijodkorlar yetishib chiqdi. Asrdan-asrga adabiyot shakl va
mazmun jihatidan takomillashib bordi. Xalq adabiyoti, devon ada-
biyoti, tekke shoirlari ijodida buni yaxshi his qilishimiz mumkin.
O‘rta asrlar turk adabiyotida poeziya janri yetakchilik qildi.
G‘azallarda shoirlar samimiy his-tuyg‘ularini ifodasalar, yirik dos-
tonlarda davr uchun muhim muammolarni (Yusuf Nabiy) ko‘tardilar
Shayxiy, Nafiy kabi shoirlar turk adabiyotida birinchilardan bo‘lib
satirik asarlar yaratdilar. O‘rta asrlar turk she’riyatiga Sharqning
buyuk shoirlari Firdavsiy, Nizomiy, Hofiz, Jomiy va Navoiylarning
ijodiy ta’siri sezilarlidir. Ularning asarlari turk shoirlari uchun ilhom
bulog‘i bo‘ldi. XV asr oxirlarida Hamidulla Hamdiy birinchilardan
bo‘lib “Xamsa” yaratdi. O‘rta asrlarda yashab ijod etgan turk shoirlari
til masalasiga alohida e’tibor berdilar. Turk tilini chet tillar ta’siridan
saqlashga, adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirishga harakat qildilar.
Ko‘pgina shoirlar ikki tilda (fors, turk) ijod qildilar. XVII asrgacha
ko‘proq tasavvufiy, ilohiy ruhda asarlar yozishga intilish bo‘lsa, bu
asrdan adabiyot mazmun va shakl jihatdan ham dunyoviyroq bo‘la
bordi. Adabiyotda yangi poetik janrlar paydo bo‘ldi. O‘rta asr turk
mumtoz shoirlarida yaqqol ko‘zga tashlanadigan jihatlardan biri
she’r texnikasiga e’tibor qilishdir. Tarix aytish buning yaxshi misoli.
O‘rta asrlarda yaratilgan adabiy tazkiralar qimmatli adabiy material-
lar berishi bilan bugungi kunda juda ahamiyatli.
XVIII asr oxiri XIX asr boshlariga kelib turk klassik adabiyoti
XVI asrdagi mavqei va shiddatidan biroz chekindi.
Umuman, o‘rta asrlar turk adabiyoti J. Rumiy, Yu. Emre,
M. Boqiy, Yu. Nabiy, A. Nodim, Sh. G‘olib kabi talantli shoirlarni
yetishtirib, Tanzimot davri va XX asr turk adabiyotining rivojiga
zamin yaratdi.
122
Do'stlaringiz bilan baham: |