XVIII asr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari
XVIII asr usmoniylar imperiyasi uchun muvaffaqiyatli
kechmagan bo‘lsa-da, adabiyot rivojlanishdan to‘xtab qolgani yo‘q.
Saroy tomonidan shoirlarga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik har holda o‘z
samarasini berdi. Yuz yil boshlaridagi “Lola davri”da Nodim, asr
so‘nggida esa Shayx g‘olib singari ajoyib shoirlar yetishib chiqdi.
XVIII asrda Nabiy ijodiga ergashib, uni o‘ziga ustoz deb bilgan:
Sobit, Durriy, Kamiy, Salim, Samiy, Izzat Ali Posho, Sayyid Vahbiy
kabi shoirlar ijod qildilar. Fitnat xonim, Nabizoda Nozim o‘ziga xos
ovoz bilan adabiyotga kirib keldilar. O‘sha davr shoirlariga ustozlik
qilgan Xo‘ja Nashot (?–1807) ajoyib g‘azallar yozish bilan birga,
yoshlarga fors tili va adabiyotidan saboq berdi. Bu davrda turk
shoirlariga fors she’riyatining ta’siri yanada kuchaydi.
XVIII asr turk she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari Nabiy,
Nodim, Shayx g‘olib ijodida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ldi.
Yuqorida nomi zikr etilgan shoirlar ijodining ahamiyatli tomoni
mahalliy kalorit ustunligi va xalq ijodiga yaqinlikdir.
XVII asrning oxirlarida Nabiy va Sobit ijodida ko‘ringan yerli
unsurlarni tasvirlash XVIII asrda yanada kuchaydi. Xalq urf-
odatlarini adabiyotda aks ettirish odat tusiga kira bordi. Endi shoirlar
Bag‘dod, Sheroz yoki boshqa bir xayoliy shaharlarni emas,
Istambulni, yangi qurilgan binolar, bog‘lar, o‘sha davr muhitini
qalamga ola boshladilar. Yerlilashtirma oqimi vakillari she’rlarida
109
ko‘proq xalq maqol, latifalarini qo‘llab, mahalliy turmush tarzini
ifodalashga ahamiyat berdilar.
Devon adabiyotida ilk marta yozilgan sharqiylar ham yangilik
edi. Xalq qo‘shiqlari turku va koshma shakliga o‘xshash “hijo”
vaznida yoziladigan sharqiylarning eng yaxshi na’munasini Nodim
yaratdi.
XVIII asr adabiyotining yana bir o‘ziga xosligi mumtoz devon
she’riyatining qat’iy qonun-qoidalaridan chekinishi bo‘ldi.
An’anaviy obrazlar yangicha talqin qilina boshlandi. Yor tasvirida
ham, oshiq tasvirida ham o‘xshatishlar o‘zgardi. Yorning ko‘z, soch
ranglari tasviri, oshiqning hijron azobidagi holatlarini berishda
shoirlar originallikka intildilar.
XVII asrda urf bo‘lgan “hind tarzi” uslubining ta’siri oz bo‘lsa-
da, XVIII asr she’riyatida sezilib turdi.
Bu yuz yil she’riyatida ko‘ringan o‘ziga xosliklardan, sharqiy,
tarix, naziralarning ko‘plab ijod qilinganidir. Yozma adabiyotdagi
murabba, xalq she’riyatidagi turku, koshmalarning qorishiq tarzi
o‘laroq yuzaga kelgan sharqiylarning Nodim ijodida keng o‘rin
olishi, shoirning 28 sharqiysi ko‘plab yosh shoirlarga o‘rnak bo‘ldi.
Tarix aytish turli munosabatlar bilan, navro‘z, ramazon bayramlari,
shahzodalarning tug‘ilishi, harbiy g‘alabalar, elchilarni qabul qilish
va boshqa ko‘plab hodisalarga bag‘ishlab yoziladi. Hatto faqat tarix
aytilgan she’rlarning devoni tuzila boshladi. Shokiriy va Foiz tuzgan
“Majmuai tavorix” bunga misoldir.
Bu davrda nazira va taqlidiy asarlar ko‘proq Fuzuliy, Navoiy,
Nabiy, Nafiy, Boqiy, Nodim g‘azallariga nisbatan yozildi. Atif
Afandi (?–1742), Izzat Ali Posho (?–1735) Hashmet (?–1768), Fitnat
Xonim (?–1780) kabi shoirlarning naziralari ayniqsa mashhur edi.
XVIII asrda yaratilgan asarlar tili avvalgi asrdagilarga nisbatan
xalq tiliga yaqin, murakkab izofalar kamroq, ancha soddalashgan edi.
XVIII asrda ko‘plab tazkiralar, tarixiy asarlar, sayohatnomalar
yaratildiki, bu o‘sha davr nasrining o‘ziga xos namunalaridir. Salim
“Tazkira”si voqeanavis Shafiq Afandining “Shafiqnoma”si, Nabizo-
da Atoyining 1634–1712 yillarda hukmronlik qilgan sultonlar bio-
grafiyasini aks ettirgan “Shaka-ik Zeyli” asari, Latifiy, Oshiq Chala-
biy va Hasan Chalabiylarning ajoyib tazkiralari davr uchun muhim
voqea edi. Umuman olganda, XVIII asrda yetakchi adabiy tur hamon
poeziya bo‘lib, asosiy mashhur asarlar she’riyatda yaratildi.
110
Do'stlaringiz bilan baham: |