Jismoniy madaniyat jamoalari va sport klublarda turizm tashkilotchilarini tayyorlash tartibi
Jismoniy madaniyat jamoalari Kengashi (JMJK) va sport klublar tashkil etish, ularning ilioliyatlarini rejali ravishda boshqarish tartiblari haqida "Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish" fanida batafsil mazmunlar beriladi.
"Yoshlik" (maktab va akademik litseylar), "Talaba" (oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari), kasaba uyuslimalari Kengashining jismoniy madaniyat va sport uyushmalari (mehnatkashlar jamoalari) kabi sport tashkilotlarining nizomlari (ustav) hamda maxsus rasmiy liujjatlarda JMJK va sport klublarni tuzish, tashkil qilish, ularga rahbarlik qilish ishlari qayd etilgan, ya'ni barcha boshlang’ich jamoalarda sport turlari bo’yicha mashg’ulotlar tashkil qilish, ommaviy sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish vazifalari yuklatilgan. Bunga mantiqiy jiliatdan qaralsa, turizm bo’yicha ham sektsiyalar (to’garaklar) tashkil qilish, sayr-sayohatlarni o’lkazishga ham to’g’ri keladi.
Tub islohatlar, bozor iqtisodiyoti, o’zini-o’zi moddiy-texnik va moliyaviy ta'minlash kabi jarayonlar asosida bo’layotgan qiyinchilik-larga qaramasdan o’quvchi-talaba yoshlar va mehnatkash jamoalarida turizm ishlarini yo’lga qo’yish, barcha faoliyatlami rejalashtirish, xayriya jamg’armalari tashkilotlaming sahovat mablag’laridan foyda-lanish kabi hozirgi davr talablari asosida ish yuritish lozim. Bunda jismoniy tarbiya va fan o’qituvchilari, sinf (guruli) rahbarlari, jamoatchi instruktorlarning (tashkilotchilar) faol harakatlarini turizmga qaratislii lozim bo’ladi.
Turizm eng avvalo sog’lom avlodni tarbiyalash, ulaming jismo-niy va rna'naviy kamolotini o’stirisli, kasbiy-amaliy tayyorgarliklariga ko’maklashish, o’lkamizning go’zal tabiati, tarixiy-madaniy obidalarini o’rganishga muhim omil hamda tadbir bo’lib qolishi lozim.
Turizm bo’yicha (barcha turlar) instmktor-taslikilotcliilar toifalarini quyidagilarga ajratish mumkin:
1.Kichik instruktor-turizm.
2.Instruktor-jainoadagi.
3.Katta instruktor.
4.Xizmat ko’rsatgan instruktor.
Ta'kidlash lozimki, barcha toifadagi instruktorlar o’z jamoalari (xizmat vazifalari) va to’garaklarida sayr-sayohatlar bilan bog’liq bo’lgan tayyorgarlik - tarbiyaviy, tashkiliy,xo'jalik ishlarini boshqaradi.
Buning eng asosiy sababi shundaki, jamoa (seklsiya-to’garak) ishlarida shtatli xodimlarning yo’qligiva moddiy-texnik hamda moliyaviy , ta'minot ishlari uchun mas'ul kadrlar bo’lmasligidir. Barcha tur va toifalardagi instruktorlarni tayyorlash tartibi quyidagicha bo’ladi:
•Kichik instruktor jismoniy madaniyat jamoalari va sport klublarda tayyorlanadi;
•Instruktorlar tayyorlash shahar-tuman va sport uyushmalari tarkibidagi turizm sektsiyalari tomonidan amalga oshiriladi;
•Katta instruktor esa Respublika yoki sharoiti yaxshi bo’lgan viloyat markaziy turizm sektsiyalarida tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |