Kirish 1.Turistik xizmatlarning xususiyatlari. 2.Xizmat ko‘rsatish darajalari (klasslari). 3.Xizmatlar paketi. 4.Xizmat ko‘rsatish dasturi. 5.Xizmat etkazib beruvchilar. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarimizda turizmni rivojlantirish, turizm rivojlanga hududlar orqali aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qilish uchun keng salohiyatga ega bo‘lgan turizm sohasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinishi mamlakatimizda turizmning rivojlanishida faoliyat yurituvchi sifatli kadrlar tayyorlash bo’yicha qator vazifalarni oldimizga qo’yadi.
O‘zbekistonga sayohatlarni arzonlashtirish, yurtimizning barcha hududlarida turizmni va soha bilan bog‘liq infratuzilmani rivojlantirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va yangi turizm obyektlari tashkil etish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda faol va kompleks ilgari surishga qaratilgan 2018-2019-yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi1.
Dastur oldimizga turizmni tashkillashtiruvchi malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash vazifasini qo’yadi.
1.Turistik xizmatlarning xususiyatlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar odatdagi muhit sharoiti tashqarisida bo‘lib qoldilar, chunki oldin yagona tovar bo‘lib moddiy mahsulot, aniqrog‘i uning torgina qismi – xalq iste’moli tovarlari hisoblanar edi. Yangi munosabatlar kapital bozori, ishchi kuchlari xizmat bozori va h.k. kabi bozorning yangi segmentlarini o‘zlashtirishni talab etadi. CHet elda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning tez taraqqiy etuvchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotida xizmatlar ulushi 60 foizdan oshadi.
O‘zbekistonda turizm bozorini o‘rganish va rivojlantirish uchun, avvalo turistik xizmatlarning mohiyatini aniqlash zarur.
Xizmat atamasi xalqaro standartlarda berilishicha – bu ijro etuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi bevosita o‘zaro ta’sirning natijasidir, hamda iste’molchi ehtiyojini qondirish bo‘yicha ijrochining shaxsiy faoliyati natijasi hisoblanadi. Bu tushuncha o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:
Xizmat iste’molchilari va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri;
Ijrochilarning o‘zlari tamonidan xizmat ko‘rsatish jarayoni (ya’ni, ma’lum ishlarni bajarish);
«Qayta tashkil qilingan mahsulot» yoki «xizmatlar natijasi» ko‘rinishidagi ushbu faoliyat natijalari.
Turistik xizmat – turistlarni mos ravishdagi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha turistik korxona faoliyati natijasi hisoblanadi. Turistik korxonaning ishi barcha sayohatlarni tashkil qilish bilan birga alohida xizmatlarni tashkil qilishi ham mumkin.
Boshqa istalgan xizmat turlari kabi turistik xizmatlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi, buni shartli ravishda «to‘rtta S » bilan belgilasak, u qo‘yidagi holatda bo‘ladi:
Sezilmaslik. Turistik xizmatlar moddiy maxsulot bo‘lib hisoblanmaydi. Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo‘ladi, chunki iste’molchini ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo‘lgan extiyojini jismoniy, intelletual, ma’naviy va h.k. extiyojini qondirish bo‘yicha xizmatlarni ijro etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni harid vaqtida ko‘rish yoki baholash mumkin emas. Bunday xizmatlar ob’ekti bo‘lib, shaxsan iste’molchi hisoblanadi (turist);
Servisni va iste’molchini o‘zaro bog‘liqligi. Xizmatlar iste’molchi va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri natijasidan tashkil topganligi sababli, turistik xizmatlarni ko‘rsatish jarayoni (ishlab chiqarish) iste’mol bilan birga parallel ravishda yuz beradi. Ma’lumki, moddiy shaklda tavarlarni ishlab chiqarish, uni sotuvidan oldin bo‘ladi, faqat undan keyingina iste’mol jarayoni boshlanadi;
Saqlanmaslik. Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash mumkin emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan farq qiladi, xususan saqlash bosqichining mavjud bo‘lmaganligi bilan turistik xizmatlarni saqlanmasligi bozor kon’yukturasini yaxshilab o‘rganishni, talab va taklifni mo‘tonosibligini talab etadi,chunki xizmatlar talab bo‘lmaganga qadar «omborlarda» turib qoladigan maxsulot emas.
Turistik xizmatlar tarkibida asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bilan farqlanadi. Turistik korxonalar ko‘rsatadigan asosiy xizmatlarga qo‘yidagilar kiradi:
Turistik korxonalar ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmatlarga qo‘yidagilar kiradi :
Sayohatni (ekskursiyani) tashkil etish bo‘yicha xizmatlar;
Turistlarni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar;
Gid (turistlarga izoh, tushuntirish beruvchi shaxs), gid-tarjimon
xizmatlari;
Turistlarni yashab turgan joyidan uning vaqtinchalik kelib tushgan joyigacha -mamlakatgacha va teskari (transfer) tashish bo‘yicha, hamda sayohat shartlarida ko‘zda to‘tilgan mamlakat hududida (vaqtinchalik kelgan joyidan) istalgan boshqa tashishlar bo‘yicha xizmatlar;
Bunday bo‘linish iste’mol hususiyatlari nuqtai nazaridan olib qaraganda, ahamiyatli farqlar yo‘qligi sababli shartlidir. Yo‘llanmada qayd qilingan va asosiy dasturga kiritilgan xizmatlar asosiy hisoblanadi. Qo‘shimcha xizmatlarni etib kelgan joyida turistni o‘zi mustaqil harid qiladi. Ular yo‘llanma narxiga kirmaydi.
Ko‘pgina holatlarda turistik asosiy xizmatlarga transport xizmatlari, joylashish va ovqatlantirish xizmatlaridan tashkil topadi. Ammo, tanishuv (ekskursion), malakaviy ish turizmi, sport, diniy maqsadlarda sayohatlar tashkil etilganda qo‘shimcha xizmatlar ham ushbu turlarning asosini tashkil etadi. Asosiy va qo‘shimcha xizmatlar o‘rtasidagi farq, ularni dastlabki harid qilingan yo‘llanma paketiga kiritilgan xizmatlardan tashkil topadi. Turistlarga nomoddiy xizmatlardan tashqari moddiy xizmatlar yoki maxsus mahsulotlar taqdim etilishi mumkin, masalan shahar rejasi, metro xaritasi, suvenirlar, turistik jihozlar.
SHunday qilib O‘zbekistonda turizm bozorini o‘rganish va rivojlantirish jarayonida, kelgusida turizmni asl mohiyatini belgilovchi qo‘yidagi uchta jihatlarni hisobga olishni xozirgi davr talab qilmoqda: