Boshqaruvning asosiy tushunchalari va ularning mohiyati
Mehmonxona - turli xizmatlar taklif qiluvchi turistlarni joylashtirish obekti. Boshqaruv metodi - qo‘yilgan maqsadga erishish uchun boshqariladigan obyektga ta'sir etish usullari va metodlari jamlanmasi. Boshqaruv psixologiyasi - amaliy psixologiya tarmog‘i, boshqaruv faoliyati psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi. Boshqaruv psixologiyasining asosiy vazifasi boshqaruv faoliyati xususiyatlari, uning samaradorligini oshirish va psixologik sharoitlarini ta hlil qilish bilan bog‘liq.
Mehmonxona industriyasi mehmondustlik tizimining mohiyatidir. U insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga xos bo’lgan mehmonni hurmat qilish, uni kabul qilib olish va xizmat ko‘rsatish tantanalari kabi eng qadimgi an‘analaridan kelib chiqadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, mutlako tranzit turistlar va ekskursion xizmat ko‘rsatish hisobiga yashaydigan turistlik markaz va joylar mavjud. Lekin, bu holda yaxshi foyda olish uchun turistlik mahsulot tovarni tashkil qiluvchi xususiyatga ega bulish kerak.
Mehmondo‘stlikning (mehmon qabul qilish) bugungi industriyasi - bu region yoki turistlik markaz xo‘jaligining eng kuchli tizimidir va turizm iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir.
Mehmon qabul qilish industriyasini kollektiv va individual joylashtirishning turli xildagi otellar, mehmonxonalar, motellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, apartamentlar, turistlik xutorlar, shuningdek turistlarni joylashtirishda ishtirok etuvchi xususiy sektor vositalarini tashkil etishdir.
Dunyo amaliyotidan ko’rinib turibdiki, turizmning asosiy tarmoqlaridan biri bo’lgan mehmonxona industriyalarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanib, mehmonlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona industriyalarining o’rni beqiyos.
Menejment sohasining muhim yo’nalishlaridan biri - mehmonxona xo’jaligi menejmentida samarali tashkil etish va boshqarish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, bu jarayon aholi turmush darajasini yuksalib borishi bilan taraqqiy etishi ko’zga tashlanadi. Shu sababli ham, O’zbekiston Respublikasi hukumati sohasi rivojlantirishga katta ahamiyat berib mehmonxonalarda mehmonlarga mehmonxona xizmatlarini ko’rsatish turlarini kengaytirishga alohida e‘tibor qaratmoqda. Bu borada respublikamizda butun dunyoda amalga oshirilayotgan boshqaruv uslublari va xizmat ko’rsatish turlarini tizimli o’rganish va bu boradagi yangi valyuta manbalarini izlab topish maqsadga muvofiq.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, hukumatimiz turizmga alohida e‘tibor qaratib, turistik mehmonxonalarni jahon andozalari darajasida ta‘mirlash va yangi zamonaviy mehmonxonalarni bunyod etish kabi muhim vazifalarni belgilab oldi hamda bu sohaga katta sarmoyalarni jalb etdi. Bugungi kunga kelib, O’zbekistonda bir qator jahon andozalari talablariga to’liq javob beradigan mehmonxonalar qurilib, ishga tushurildi.
Ma‘lumki, bugungi kunda mehmonxona sohasining klassik boshqaruv tizimi hayotimizga kirib kelayotgan yangi informatsion texnologiyalar va ―nou-xau‖lar ta‘sir ko’rsatmoqda va joriy qilingan markazlashgan rezervatsiya tizimlariga bog’liq ravishda shakllanmoqda.
Mehmonxona faoliyati bilan shug’ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, ularga yangi informatsion texnologiyalarni o’rgatish, shuningdek chipta sotish, normativ hujjatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish dolzarb vazifa sifatida alohida tadqiqot olib borishni taqozo etadi.
Mazkur kursda mehmonxona xo’jaliligining o’rni hamda mehmonxona industriyasini rivojlantirish va boshqarishning muhim xususiyatlari bayon etiladi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasida mehmonxona servisini boshqarishning zamonaviy usullari va ular samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko’rsatib berilgan.
Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mehmonxona xo’jaligi korxonalari menejmentining yo’nalishlari: turistlarni joylashtirish masalalari, mehnat jarayonlari boshqarish, tashkiliy-boshqaruv tuzilmani takomillashtirish, avtomatlashtirilgan boshqaruv axborot tizimlarini shakllantirish, shuningdek, biznesning samarali boshqaruv hisobini yuritish siyosatiga alohida e‘tibor qaratiladi.
Mehmonxona industriyasining o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq boshqaruv siyosati belgilanadi:
asosiy mehmonxonalar xaftaning har kunida va kechayu-kunduz ishlaydi;
narxlar belgilab qo’yilgan va yuqori, taklif ham qayd qilingan, ammo talabga bog’liq holda ular mavsumiy o’zgarib turadi;
bu industriya ham ishlab chiqarish va ham xizmat ko’rsatish;
barcha xizmatlar bevosita mijozlarga qaratilgan, ammo taqdim etilgan mahsulot sezilarli yoki sezilarsiz tabiatga ega;
ko’pgina jarayonlar uyg’unlashgan, ulardan aksariyati ayni vaqtda bajariladi;
ko’pincha juda ziq vaqt va yuqori daraja muvofiqlashuv (koordinatsiya) talab qilinadi;
menejerlardan asosan boshqaruv sohasida mahorat va yuqori professionallik talab qilinadi;
oliy toifali bo’lishni talab qiladigan mehnatdan tashqari, oliy toifali bo’lishni talab qilmaydigan mehnatlar mavjud;
aksariyat mehnatga kam ish xaqi to’lanadi;
xodimlarni ishdan tashqari vaqtda ishlashga majbur qiladi;
ayol kishilar va yoshlarni soatbay mehnat xissalari katta;
aksariyat xodimlar o’zga mamlakatdandir;
xodimlar qo’nimsizligi katta.
Boshqaruv qarori - boshqaruv mehnatining asosiy turi, boshqaruv harakatining mantiqiy ketma-ketligi va maqsadga qaratilgan o‘zaro bog‘liqligi jamlanmasi.
Boshqarish sifati - boshqaruv tadbirlari tizimi, chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va uning standartga mos kelishi muammosini hal qilishga qaratilgan.
Boshqaruv dasturi - barcha ishlar tafsilotini sinchiqlab yozib chiqishni taqozo etadi, qaysikim oldinda bajarish turibdi, takrorlanadigan hulq ma'lum sonlar sxemasini ishlab chiqish tushuniladi.
‘Yulduzlar’ tizimi - mehmonxonalarning shinamlik darajasini belgilovchi (bir yulduzdan besh yulduzgacha) mezon bo‘lib, u ko‘pincha Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari mehmonxonalar klassifikatsiyasi tizimida qo‘proq amalda qo‘llaniladi. Mehmonxonalar zanjiri - o‘zida otellar guruhi (ikkita undan ko‘p)ni mujassamlashtirgan umumiy rahbarlikka, mahsulotlar harakati va savdo markasi konsepsiyasiga ega bo‘lgan korxonalardir.
Mehmondorchilikda menejment - turizm menejmenti qaysikim mehmondorchilik boshqaruv sistemasi ishini tadqiq qiladi.
Kadrlar - mehmonxonaning shtatida turgan xodimlarning asosiy malakali tarkibi.
Nomer - bino, bitta yoki bir nechta xonalardan iborat, Ushbu kategoriyalardagi me hmonxonaga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha bir kishilik yoki ko‘p o‘rinli, zarur barcha jihozlar bilan ta'minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |