Kommunikatsiya jarayonlarini jadallashtirish insoniyatning bugungi kunda ommalashgan bayroqlar, turli tamg‘a, orden, tovush signallarining ixtiro qilinishiga sabab bo‘lgan. Ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlar kelgusida choparlar, elchilar, pochta aloqasini vujudga keltirdi. Ammo bu kommunikatsiya vositalarida teskari aloqaning sustligi, vaqt omiliga kuchli bog‘liqligi sababli o‘zining yetarli samaraga ega emas edi - Kommunikatsiya jarayonlarini jadallashtirish insoniyatning bugungi kunda ommalashgan bayroqlar, turli tamg‘a, orden, tovush signallarining ixtiro qilinishiga sabab bo‘lgan. Ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlar kelgusida choparlar, elchilar, pochta aloqasini vujudga keltirdi. Ammo bu kommunikatsiya vositalarida teskari aloqaning sustligi, vaqt omiliga kuchli bog‘liqligi sababli o‘zining yetarli samaraga ega emas edi
- Shartli ravishda, kommunikatsiya rivojlanishini quyidagi bosqichlarga bo‘lish maqsadga muvofiq:
- 1) yozuvning ixtiro qilinishi;
- 2) kitob bosishning ixtiro qilinishi;
- 3) kompyuterlar va Internetning ixtiro qilinishi.
- Kommunikatsiya – ma’lum axborotlarning qabul qiluvchiga o‘z bilim darajasini oshirish, xabardorlikni ta’minlash, qabul qiluvchining xulq-atvorini o‘zgartirish maqsadida uzatilishidir. Bu kommunikatsiyaning umumiy ta’rifidir. Kommunikatsiya (lotincha communicatio – umumiy, hamma bilan bo‘lishiladigan) – ikki tomonlama axborot almashish jarayoni. Kommunikatsiya amalga oshishi uchun o‘zaro hamfikrlik bo‘lishi kerak. Hamfikrlik bo‘lmasa, kommunikatsiya amalga oshmagan hisoblanadi.
Kommunikativ vakolat – kommunikativ vazifalar: sherikni tinglash, faollashtirish, hissiy bosimni tartibga solish va boshqalarni hal qilish usullariga ega bo‘lish. - Kommunikativ vakolat – kommunikativ vazifalar: sherikni tinglash, faollashtirish, hissiy bosimni tartibga solish va boshqalarni hal qilish usullariga ega bo‘lish.
- Kommunikativ vakolat – shaxslararo munosabatning ma’lum bir vaziyatlari doirasida samarali kommunikatsiya o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan ichki resurslar tizimi.
- Kommunikatsiya kanallari – o‘zaro munosabatni va axborotni bir kishidan boshqalariga yetkazishni ta’minlovchi shaxslararo aloqalar tizimi. Kommunikatsiya kanallarining tuzilishi. Markazlashgan – guruh a’zolaridan biri har doim muloqotning barcha yo‘nalishlari kesishmasida bo‘ladi hamda guruh faoliyatini tashkil qilishda asosiy vazifani bajaradi.
- Markazlashmagan – axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatishda guruhning har bir a’zosi bir xil imkoniyatga ega bo‘la
- Samarasiz kommunikatsiyaning sabablari.
- 1. Stereotiplar – ma’lum bir shaxslar va vaziyatlar borasidagi fikrlarning yuzakiligi natijasida ob’ektiv tahlil, odamlarni, vaziyatni, muammolarni tushunish imkoni bo‘lmaydi.
- 2. Yuzaki tasavvurlar – o‘z qarashlariga zid bo‘lgan barcha narsani inkor etishga moyillik.
- 3. Odamlar orasidagi yomon munosabat – agar suhbatdoshingiz dushmanona kayfiyatda bo‘lsa, uni qarashlaringizning to‘g‘riligiga ishontirishingiz qiyin bo‘ladi.
- 4. Suhbatdoshda qiziqish va e’tiborning yo‘qligi – inson axborotning o‘zi uchun ahamiyatli ekanini his qilgandagina unda qiziqish paydo bo‘ladi.
- 5. Dalillarga befarqlik – dalillar yetarlicha bo‘lmasada, xulosalar chiqarish odati.
- 6. So‘zlarni noto‘g‘ri tanlash – xabarning murakkabligi, mantiqsizligi, ishonchning sustligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |