Turizmda marketing funksiyalari; mahsulot strategiyasi; narx strategiyasi; savdo strategiyasi; kommunikatsion strategiyasi
Ma‘lum ketma-ketlikda amalga oshiriladigan marketingsh harakatlari marketing funksiyalarni tavsiflab beradi. Ular bir-biri bilan uzviy boqlanishda bo’ladi va marketing tizimining butunligini buzmaslik uchun ularni birgalikda o’rganish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Marketingning asosiy funksiyasi – mavjud bo’lgan xizmatlarni hisobga olgan holda yangi xizmatlarni yaratish va sotish bo’yicha majmuali faoliyatini tashkil etib bozorga chiqish.
Amalda, barcha mavjud bo’lgan funksiyalarni ikkita, ya‘ni analitik (axborot yetkazish) va boshqaruvchi guruhlarga birlashtirish mumkin. Birinchi guruh marketing tadqiqotlar o’tkazishni tahmin qiladi. Ikkinchisi esa marketing faoliyatni, Shu jumladan marketing nazoratni va auditni rejalashtirish, hamda amalga oshirishni o’z ichiga oladi.
Marketing funksiyalari siklik jarayon sifatida ifodalangan bo’lishi mumkin. Haridorning mavjud ehtiyojlari aniqlanadi va marketing tadqiqotlari yordamida tahlil qilinadi. Ular yordamida korxona faoliyatini rejalashtirish uchun dastlabki axborot tavsiya etiladi. Ishlab chiqaruvchi mahsulot, uning narxi va muvofiq taqsimlash ko’rinishida bo’lgan aniq taklif bilan maydonga chiqadi.
Siljish bosqichida ishlab chiqaruvchi taklifiga oid bo’lgan butun ma‘lumot haridorga jo’natiladi. Bunda haridor ma‘lum kuch, vaqt sarflab, tovar qiymatini tulaydi. Haridor harakatlari marketing tadqiqot orqali tahlil qilinadi, uning natijasida sotishdan keyingi axborot to’planadi. Uning asosida taklif bosqichiga qo’shimcha ishlov berilib, siklik jarayon qaytadan boshlanadi.
-
Bozor imkoniyatlari tahlili
|
|
Uzoq muddatli maqsadli bozorni
tanlash
|
|
Marketing strategiyasi ishlab chiqish
|
|
Marketing majmuasini yaratish
|
|
Marketingning yordamchi tizimlarini
ishlab chiqish
|
Turistik korxonada marketing konsepsiyasini amalga oshirish texnologiyasi Marketing jarayoni marketing tadqiqotlar majmuasini amalga oshirish yo’li orqali bozor imkoniyatlarini tahlilidan boshlanadi. Shu tadqiqotlar natijasi boshlang’ich vaziyat (korxona muhiti, salohiyatli iste‘molchilari, bozor holatini baholash, raqobat darajasi)ning tahlili hamda turistik firmaning kelajakdagi faoliyatini) belgilash bo’yicha aniq tavsiyalar berish bilan bog’liq bo’ladi.
Aniqlangan bozor imkoniyatlarini korxonaning maqsadlari va resurslari bilan solishtirish marketing imkoniyatlarini ifoda etishni ta‘minlaydi.
Eng samarali uzoq muddatli maqsadli bozorlarni tanlash butun bozorga marketing harakatlarini sarflamasdan, korxonaga naf keltiradigan haridorlar guruhiga xizmat qilish, ularning ehtiyojlarini qondirishga qaratishni imkonini beradi.
Eng ma‘qul marketing strategiyasini ishlab chiqish tanlab olingan ustivor yo’nalishlarda resurslarni jamlash orqali marketing faoliyatidagi noaniqlik va xavf- xatar darajasinit kamaytirishga imkon beradi.
Marketing strategiyasini amalga oshirish quyilgan maqsadlarni va vazifalarni amalga oshirishni ta‘minlaydigan vositalarni tanlash bilan bog’liq bo’ladi va marketing unsurlari – mahsulot, narx, savdo (taqsimlash kanallari) va kommunikatsiyalar bo’ladi. Barcha asosiy unsurlar bo’yicha umumiy strategiyada quyidagi xususiy strategiyalar ishlab chiqariladi:
mahsulot strategiyasi;
narx strategiyasi;
savdo strategiyasi;
kommunikatsion strategiyasi;
Marketing boshqarish samarasini ta‘minlash uchun uning yordamchi tizimlarini ishlab chiqish talab qilinadi:
marketing tizimini;
marketingi rejalashtirish;
marketingni tashkil etish;
marketing nazorati.
Marketing konsepsiyasini amalga oshirish texnologiyasi o’z tarkibini ham, korxona xususiyatlariga, bozorni egallash darajasiga, qo’yilgan maqsad va vazifalariga hamda bozor sharoitlariga bog’liq holda ham ayrim bosqichlar tartibini
o’zgartirish mumkin. Ammo bu unsurlarning hammasi bir – biriga bog’liq va ulardan bittasi amal qilmasa, tizimning butunligi yo’qoladi.
O’zbekistonda turizm marktetingidan foydalanish va uning samarali rivojlanishni ta‘minlash uchun bir qator shart-sharoitlar talab qilinadi:
bozorni xizmatlar bilan imkon boricha ta‘minlash (haridor bozorning mavjud bo’lishi);
haridorlar afzalliklari uchun turistik firmalar o’rtasidagi chuqur raqobat;
iste‘molchilarning boshqa mavjud tovarlar va xizmtalar to’g’risida yaxshi axborotga ega bo’lishi;
erkin bozor munosabatlari, ya‘ni ma‘muriy cheklashlarsiz savdo bozorlarni, sheriklarni tanlash, narx-navoni o’rnatish, tijorat ishini va h.k. larni olib borish;
korxona ichida ma‘muriyatning firma maqsadlarini, strategiyalarni, boshqarish tuzilishni aniqlash, byudjet moddalariga binoan mablag’larni taqsimlash bo’yicha erkin faoliyati.
Birinchi uchta shart-sharoit marketing konsepsiyasining imkoniyatini va undan foydalanishni belgilab beradi. Qolgan ikkitasi esa turizm sohasidagi marketing konsepsiyasini amalga oshirishning samarasini ko’zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |