Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 21-sentyabrda imzolangan “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-sonli - maxsus qarorida “O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib, Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish” va innovatsion rivojlanish borasidagi boshqa bir qator vazifasi belgilab berildi. Ushbu vazifalarning samarali bajalishi esa korxonalarimizda innovatsion marketing strategiyalari ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan ilmiy, uslubiy va amaliy muammolarni hal etishni taqozo etadi