Innovastiya tushunchasi kashfiyot hamda ixtiro tushunchalari bilan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: - Ixtiro va kashfiyotlar asosan, fundamental darajada qilinadi, innovastiyalar esa doimo texnologik (amaliy) darajada amalga oshiriladi.
- Kashfiyot va ixtiro yakka shaxs-kashfiyotchi yoxud ixtirochi tomonidan qilinishi mumkin, innovastiya bo’lsa jamoa (laboratoriya, bo’limlar, institut) tomonidan ishlab chiqilib, Innovatsion loyiha ko’rinishini oladi.
- Kashfiyot foyda olishni bosh maqsad qilib qo’ymaydi. Innovastiya esa doimo texnika va texnologiyaga yangilik kirish orqali katta pul oqimiga ega bo’lish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish hamda tannarxni pasaytirish, shuningdek, boshqa e’tiborga molik foyda olishni ko’zlaydi.
- Kashfiyot tasodifan yuz berishi mumkin, innovastiya esa doimo izlanishlar natijasi hisoblanadi. U belgilangan aniq maqsad va texnik-iqtisodiy asoslashni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |