Turizmda geoaxborot tizimi


-rasm. GISning tadqiqot uslublari



Download 0,7 Mb.
bet6/15
Sana24.08.2021
Hajmi0,7 Mb.
#155162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Matkarimov Feruz kurs ishi.

1-rasm. GISning tadqiqot uslublari

Masofadan turib zondlash:

– samolyot yoki boshqa vositalardan olingan suratlar GIS uchun asosiy

geografik ma’lumotlar manbai bo‘lib hisoblanadi;

- masofadan turib olingan zondlash materiallari deshifrovka qilingach, GISning

boshqa turdagi ma’lumotlari qatlamlari bilan osongina birlashtiriladi;

- rasmlar orqali taxlil ishlarini GISning o‘ta murakkab analitik funksiyalari

yordamida bajariladi.

Geodeziya:

- Erda olib borilgan plan olish natijasidan yuqori aniqlikdagi topografik karta, u

asosida esa ko‘plab mavzuli kartalarni tuzish imkoni yaratiladi;

- Erning va boshqa planetalarning shakli va o‘lchamlari haqida sifatli ma’lumotlar olishni, er yuzasidagi tayanch nuqtalarni aniqlash metodlarini ishlab chiqishni, erlardan foydalanishda ekin turlari chegaralarini aniq belgilashni ta’minlaydi;

- qishloq xo‘jalik erlarining holatini va ulardan foydalanish karta va planlarni GPS va elektron taxeometrlarni qo‘llash asosida tuzish metodlari va uslublari o‘rganiladi.

Fotogrammetriya:

- er yuzasida joylashgan obektlarning o‘rnini, o‘lchamini va shaklini aniqlash metodlarini fotografik tasvirlar orqali ishlab chiqadi, bular esa aero va kosmik fotosuratlarni qayta ishlash texnologik jarayonining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi.

Informatika:

- avtomatik loyihalashda, ma’lumotlarni kiritish, tasvirlash va uzatishda, u asosida esa uch o‘lchamli ob’ektlarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi;

- kompyuter grafikasida erishilgan yutuqlar grafikli ob’ektlarni qayta ishlashda, namoyish etishda, ayniqsa nashr qilish vositalarida keng ishlatilmoqda;

- ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (SUBD) - ma’lumotlarni raqamli ko‘rsatishda, katta hajmli axborotlarni tizimini o‘rganishda va qayta ishlashda, ularga murojaat qilishda, saqlashda va yangilashda etarli darajada usullar bilan ta’minlamoqda;

Matematika va statistika:

- GIS matematikaning turli sohalarida - geometriya, shakllar va ma’lumotlar bazasi nazariyasi, boshqarishni optimallashtirish, statistika va boshqarish tizimlarini loyihalashda, fazoviy ma’lumotlarni taxlil qilishda va modellashtirishda keng qo‘llanilmoqda.

Hozirda GIS Er yuzasining millionlab tadqiqotchilariga xizmat qilayotgan soha hisoblanadi. Ular GISni turli sohalarda qo‘llamoqdalar – global muammolarni

o‘rganishda (xududlarning ifloslanishi, qishloq xo‘jaligini qayta tashkil etish, tabiiy ofatlarni o‘rganish va h.k.) va amaliy masalalarni echishda (punktlar orasidagi masofalarni aniqlashda, yangi aholi punktlarini optimal joylashtirishda, elektr energiyasi va neft va gaz tarmoqlarini o‘tkazishda, mahaliy boshqarish tashkilotlarining er munosabatlari masalalarini echishda va h.k.). Bunday yirik masalalar GISda qanday echiladi? Buning uchun GISning tuzilishi, ishlash prinsipi va undan foydalanish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.

GIS bilan ishlayotganda kompyuter ekranida bir yoki bir nechta kartani (yokiplan-sxemani) ko‘rish mumkin. Ish jarayonida tasvirning detallashganlik darajasini oson o‘zgartirish, ayrim elementlarini kichiklashtirish yoki kattalashtirish mumkin. Masalan, shaharda biror bir uyni, uning pod’ezdini, atrofidagi ob’ektlarni ko‘rishimiz mumkin.Bundan tashqari, Siz ma’lumotlarning mavzuli tarkibi bo‘yicha boshqarish ishlarini ham olib borishingiz mumkin, masalan, foydali qazilmalar kartasida ish paytida kerakli bo‘lmagan ba’zi foydali qazilmalar tasvirlangan kartalarni yopibqo‘yish; zarur bo‘lgan qatlamlarni esa ko‘rsatish mumkin.

Biror ob’ektni belgilab u haqida ma’lumot olish mumkin: masalan, binoning

narxini, kimga qarashli ekanini, holatini, ob’ektning o‘lchamini, uning shahar asosiy muhandislik tarmoqlariga ulanganligini va h.k. Bu ko‘rsatkichlarni kompyuter monitorida bevosita o‘lchash ham mumkin. GISda maxsus qidiruv tizimi ham mavjud. Talabingizga binoan sizni qiziqtirgan ob’ektlar ko‘rsatkichlari haqida talab shartlari tuziladi va avtomatik ravishda talabingizga javob qaytariladi. Masalan, maydonning 0,1 ga dan kam bo‘lmagan va temir yo‘l bekatidan 3 km uzoqda joylashgan barcha suv havzalari, 1 km dan oshmagan masofada joylashgan er uchastkalari ekranda ko‘rsatilsin va h.k.Maxsus vositalar orqali ma’lumotlarni analitik qayta ishlab, juda qiyinmasalalarni ham echish mumkin, ya’ni real borliqning modelini hosil qilish. Masalan,suv va boshqa quvurlar trassasida ro‘y beradigan portlashlarni kutilishi mumkin bo‘lgan kungilsiz holatlarni bashorat qilish; ifloslanishning tarqalish yo‘nalishini tadqiq qilib, tabiiy muhitga etkaziladigan ofatni hisoblash, natijada unga qarab rejalarni belgilash mumkin.




Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish