Turizmda geoaxborot tizimi


-rasm. GISning tadqiqot uslublari



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana30.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#90447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Matkarimov Feruz kurs ishi

 

1-rasm. GISning tadqiqot uslublari 

Masofadan turib zondlash: 

– samolyot yoki boshqa vositalardan olingan suratlar GIS uchun asosiy 

geografik ma’lumotlar manbai bo‘lib hisoblanadi; 

- masofadan turib olingan zondlash materiallari deshifrovka qilingach, GISning 

boshqa turdagi ma’lumotlari qatlamlari bilan osongina birlashtiriladi; 

- rasmlar orqali taxlil ishlarini GISning o‘ta murakkab analitik funksiyalari 

 

1



 Turizmda GAT tizimi fanidan majmua . UrDU. 


 

yordamida bajariladi. 



Geodeziya: 

- Erda olib borilgan plan olish natijasidan yuqori aniqlikdagi topografik karta, u 

asosida esa ko‘plab mavzuli kartalarni tuzish imkoni yaratiladi; 

- Erning va boshqa planetalarning shakli va o‘lchamlari haqida sifatli ma’lumotlar 

olishni,  er  yuzasidagi  tayanch  nuqtalarni  aniqlash  metodlarini  ishlab  chiqishni, 

erlardan foydalanishda ekin turlari chegaralarini aniq belgilashni ta’minlaydi;  

- qishloq xo‘jalik erlarining holatini va ulardan foydalanish karta va planlarni GPS 

va  elektron  taxeometrlarni  qo‘llash  asosida  tuzish  metodlari  va  uslublari 

o‘rganiladi. 

Fotogrammetriya: 

-  er  yuzasida  joylashgan  obektlarning  o‘rnini,  o‘lchamini  va  shaklini  aniqlash 

metodlarini  fotografik  tasvirlar  orqali  ishlab  chiqadi,  bular  esa  aero  va  kosmik 

fotosuratlarni  qayta  ishlash  texnologik  jarayonining  asosiy  qismi  bo‘lib 

hisoblanadi. 

Informatika: 

- avtomatik loyihalashda, ma’lumotlarni kiritish, tasvirlash va uzatishda, u asosida 

esa uch o‘lchamli ob’ektlarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi; 

-  kompyuter  grafikasida  erishilgan  yutuqlar  grafikli  ob’ektlarni  qayta  ishlashda, 

namoyish etishda, ayniqsa nashr qilish vositalarida keng ishlatilmoqda; 

-  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimi  (SUBD)  -  ma’lumotlarni  raqamli 

ko‘rsatishda,  katta  hajmli  axborotlarni  tizimini  o‘rganishda  va  qayta  ishlashda, 

ularga  murojaat  qilishda,  saqlashda  va  yangilashda  etarli  darajada  usullar  bilan 

ta’minlamoqda; 

Matematika va statistika: 

- GIS matematikaning turli sohalarida - geometriya, shakllar va ma’lumotlar bazasi 

nazariyasi,  boshqarishni  optimallashtirish,  statistika  va  boshqarish  tizimlarini 

loyihalashda,  fazoviy  ma’lumotlarni  taxlil  qilishda  va  modellashtirishda  keng 

qo‘llanilmoqda. 




 

Hozirda  GIS  Er  yuzasining  millionlab  tadqiqotchilariga  xizmat  qilayotgan 



soha hisoblanadi. Ular GISni turli sohalarda qo‘llamoqdalar – global muammolarni 

o‘rganishda  (xududlarning  ifloslanishi,  qishloq  xo‘jaligini  qayta  tashkil  etish, 

tabiiy  ofatlarni  o‘rganish  va  h.k.)  va  amaliy  masalalarni  echishda  (punktlar 

orasidagi  masofalarni  aniqlashda,  yangi  aholi  punktlarini  optimal  joylashtirishda, 

elektr  energiyasi  va  neft  va  gaz  tarmoqlarini  o‘tkazishda,  mahaliy  boshqarish 

tashkilotlarining  er  munosabatlari  masalalarini  echishda  va  h.k.).  Bunday  yirik 

masalalar GISda qanday echiladi? Buning uchun GISning tuzilishi, ishlash prinsipi 

va undan foydalanish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz. 

GIS  bilan  ishlayotganda  kompyuter  ekranida  bir  yoki  bir  nechta  kartani 

(yokiplan-sxemani)  ko‘rish  mumkin.  Ish  jarayonida  tasvirning  detallashganlik 

darajasini 

oson  o‘zgartirish,  ayrim  elementlarini  kichiklashtirish  yoki 

kattalashtirish  mumkin.  Masalan,  shaharda  biror  bir  uyni,  uning  pod’ezdini, 

atrofidagi  ob’ektlarni  ko‘rishimiz  mumkin.Bundan  tashqari,  Siz  ma’lumotlarning 

mavzuli  tarkibi  bo‘yicha  boshqarish  ishlarini  ham  olib  borishingiz  mumkin, 

masalan,  foydali  qazilmalar  kartasida  ish  paytida  kerakli  bo‘lmagan  ba’zi  foydali 

qazilmalar  tasvirlangan  kartalarni  yopibqo‘yish;  zarur  bo‘lgan  qatlamlarni  esa 

ko‘rsatish mumkin. 

Biror ob’ektni belgilab u haqida ma’lumot olish mumkin: masalan, binoning 

narxini,  kimga  qarashli  ekanini,  holatini,  ob’ektning  o‘lchamini,  uning  shahar 

asosiy  muhandislik  tarmoqlariga  ulanganligini  va  h.k.  Bu  ko‘rsatkichlarni 

kompyuter  monitorida  bevosita  o‘lchash  ham  mumkin.  GISda  maxsus  qidiruv 

tizimi ham mavjud. Talabingizga binoan sizni qiziqtirgan ob’ektlar ko‘rsatkichlari 

haqida talab shartlari tuziladi va avtomatik ravishda talabingizga javob qaytariladi. 

Masalan,  maydonning  0,1  ga  dan  kam  bo‘lmagan  va  temir  yo‘l  bekatidan  3  km 

uzoqda joylashgan barcha suv havzalari, 1 km dan oshmagan masofada joylashgan 

er  uchastkalari  ekranda  ko‘rsatilsin  va  h.k.Maxsus  vositalar  orqali  ma’lumotlarni 

analitik  qayta  ishlab,  juda  qiyinmasalalarni  ham  echish  mumkin,  ya’ni  real 

borliqning  modelini  hosil  qilish.  Masalan,suv  va  boshqa  quvurlar  trassasida  ro‘y 

beradigan  portlashlarni  kutilishi  mumkin  bo‘lgan  kungilsiz  holatlarni  bashorat 




10 

 

qilish;  ifloslanishning  tarqalish  yo‘nalishini  tadqiq  qilib,  tabiiy  muhitga 



etkaziladigan ofatni hisoblash, natijada unga qarab rejalarni belgilash mumkin. 

 

 



 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish