1.3
Turizmda geoaxborot tizimlardan foydalanish
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «XXI asr shiddatkor
tezliklar asri, axborot va axborot texnologiyalari asri, intelektual resurslar, yuksak
texnologiya va zamonaviy bilimlar insoniyat taraqqiyotining asosiy va hal qiluvchi
omiliga aylanayotgan davrdir».Axborot sohasining tez sur’atlar bilan o’sishi, uni
avtomatlashtirish usullarining shiddat bilan rivojlanishi komp’yuterlarning
yaratilishiga va kishilik hayotining turli sohalarini komp’yuterlashtirishga olib
keladi. Bu esa o’z navbatida bugungi kunda g’oyatda tezkorlik bilan o’sib
borayotgan
“Axborotli
jamiyat”
nazariyasini
maydonga
keltirdi.
Komp’yuterlashtirilgan dunyo, yalpi axborotlashtirilgan global tizimning vujudga
kelishi millatlar, xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir – biriga bog’lab qo’ydi.
AQSh
mudofaa mahkamasining oddiy bir loyihasidan boshlangan bu tizim bir
mamlakatda paydo
bo’lgan g’oyalarning tez fursatda butun dunyoga yoyilishini
ta’minlamoqda.
Davlatimiz rahbari “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida yozadiki,
“Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda arzimas
tuyuladigan kichkina
xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch
olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan
ulkan ziyon yetkazishi mumkin”. Yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash,
ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida
tarbiyalash, farzandlarimizning
dunyoda ro’y berayotgan siyosiy jarayonlarning ma’no – mazmuni va asl
sabablarini chuqur anglashi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealar haqida
haqqoniy ma’lumotlarga, eng muhim, o’z mustaqil fikriga ega, soda qilib
aytganda, oqni
qoradan ajratishga qodir bo’lishiga erishish ta’lim – tarbiya va
ma’naviy – ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo’lishi darkor.
11
Hozirgi vaqtda axborot shu qadar ko’pki, uni an’anaviy usullar yordamida
tezkor tahlil
qilishning iloji yo’q. XX asrning so’nggi o’n yilliklarida axborot
tizimlarining yangi
ko’rinishlari vujudga keladi. XXI asr Axborotlashtirish asri deb
nom oldi ya’ni inson
hayotida
foydalaniladigan
barcha
sohalarni
kompyuterlashtirish maqsad qilib qo’yilgan.
Misol qilib: boshqarish, o’qitish, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi va bir
qancha boshqa
sohalarni olishimiz mumkin. Xozirgi kunda barcha sohalarda
keng qo’llanayotgan va eng gurkirab kelayotgan tizimlardan biri Geografik
Axborot Tizimlaridir ya’ni qisqa qilib aytganda GAT. Geografik axborot tizimi
(GAT) -- bu mavjud olamning ob’ektlarini, hamda
sayyoramizda ro’y berayotgan
hodisalarni xaritalash va tahlil qilish uchun kerak bo’ladigan zamonaviy
kompyuter texnologayalaridir. Bu texnologiya ma’lumotlar bazalari bilan
ishlashning an’anaviy usullari (so’rov va statistik tahlil) va xarita yordamida
olinadigan
ma’lumotlarni (har tomonlama ko’rish va geografik (fazoviy) tahlil)
umumlashtiradi. Bu
GAT ni boshqa axborot tizimlaridan ajratib turadi va uni ko’p
masalalarda qo’llanishiga
yordam beradi. Bu texnologiya insoniyat faoliyatining
deyarli barcha sohalarida
qo’llashmoqda. Bunga odamlarning ko’payishi, erlarning
ifloslanishi, o’rmonlarning qisqarishi, tabiiy ofatlar kabi global muammolarning
tahlili, hamda punktlar orasidaga eng
qulay marshrutni topish, yangi ofisning
optimal joylashishini tanlab olish, uyni uning adresi
bo’yicha qidirish, joyda
quvurlarni o’tkazish, har xil hokimiyat masalalari kabi kichik masalalarni yechish
kiradi.
Turizmning mohiyati, bu sohaning rivojlanish manbai bo‘lgan turistik
resurslarga
chambarchas bog‘liqdir. Mamlakat qanchalik turli-tuman turistik
resurslarga boy bo‘lsa, turizm shuncha tez rivojlanadi. Turistik resurslarning
turizmdagi ahamiyati uning ijtimoiyiqtisodiy
mazmunidan kelib chiqadi. Turizm
nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy soha
tufayli, ushbu sohaga davlatimiz
alohida e’tibor qaratmoqda.
Tadqiqotlarimiz ko‘rsatdiki turistik resurslarga berilgan ta’riflarda hamon
turli qarashlar
mavjud. Bularni tadqiq qilib, turistik resurslarga qo‘yidagi ta’rifni
12
berdik: Turistik resurslar
deyilganda, insonning jismoniy, ruhiy va aqliy kuchini
tiklashi, intellektual salohiyatini
rivojlantirish kabi ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan, turizm faoliyatini tashkil etishga asos
bo‘luvchi tabiiy, madaniy-tarixiy,
ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa ob’ektlar tushuniladi.
S
huning uchun ham turistik resurslarga hududda turistik maqsadda
foydalanish mumkin bo‘lgan yuqorida nomlari keltirilgan barcha ob’ektlar kiradi.
Ta’kidlash lozimki, turizmni tashkil etishda turistik resurslardan turistlarning
barcha talabini qondirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanib bo‘lmaydi. Turizm
faoliyatida ko‘pgina qo‘shimcha xizmatlar, ya’ni yashash uchun joylashtirish,
ovqatlantirish, sayohat qilish va transport xizmatini tashkil etish kabilardan
foydalanish orqali turistik resurslar samarador-ligini oshirish mumkin. Bunga
erishish uchun turistik resurslarni asosan ikki guruhga bo‘lishni lozim: birlamchi
resurslar (tabiiy, madaniy-tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy) va ikkilamchi resurslar
(joylash-tirish va ovqatlanish ob’ektlari, sayohatni tashkil etuvchilar, transport
xizmati, ko‘ngilochar ob’ektlar, axborot resurslari, servis tarmog‘i kabilar).
Mamlakatimizda birinchi guruh resurslar etarli. Hozir ikkinchi guruh resurslarni
yaratishga katta e’tibor berilmoqda. SHu tufayli kelayotgan turistlar soni ham
yildan-yilga oshib bormoqda (5-rasm).
2
2
UrDU . Turizmda GAT fanidan o’quv uslubiy qo’llanma.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |