Turistik sayohatni tashkil etish doirasida turistik firmalar va avia kompaniyalarning bir necha o’zaro hamkorlik shakllari mavjud:
avia biletlarni va joyni bronlashtirishni, aviakopaniyalar agentliklari yoki bronlashtirish tizimi orqali sotib olish;
muntazam aviareyslarda joy kvotasiga aviakompaniyalar bilan shartnoma tuzish;
o’z turistlari uchun aviabiletlarni sotish bo’yicha agentlik rolida ishlash va agentlik rolida ishlash va agentlik bitimlari tuzish;
turistik tashish uchun charter aviareyslari tashkil qilish.
O’zbekiston havo yo’llari aviakompaniyasi va ular bilan tuzilgan shartnomalar.
“Ozbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning farmoniga binoan 1992 yil 28 yanvarda tashkil etilgan. Istiqlol yillarida aviakompaniya xalqaro yuk va yo’lovchi tashish bozorida keskin raqobat sharoitida o’z o’rnini mustahkamlash bilan bir qatorda mijozlar ishonchini ham qozondi va faoliyat ko’lamini kengaytirdi.
“SKY Team” aviatashuvchilar xalqaro alyansining a’zosi “Korean Air” aviakompaniyasi bilan faol amkorlik yaxshi natija bermoqda. Aynan ushbu kompaniya “O’zbekiston havo yo’llari”ni global birlashmaga a’zo bo’lishga da’vogar sifatida tavsiya qildi.

2009 yilning boshidan buyon “SKY Team” alyansining teng huquqli a’zloari“Alitaliya”, “Dyelta Air”, “Lines”, “Aeromexiko” aviakompaniyalari bilan interlayn – shartnomalar, shuningdek Multilaterial Interline Traffic Agreement doirasida 12 xorijiy aviakompaniya bilan bitimlar tuzildi.
Bugungi kunda O’zbekistonning deyarli barcha aerobekatlaridan Rossiya va MDH mamlakatlariga to’g’ridan – to’g’ri parvozlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston aeroportlari MGH mamlakatlaridan Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va Amerikaga boradigan havo trassasi chorrahasida joylashgani bois boshqa davlatlarinikiga qaragandan geografik jihatdan ancha qulay.

O’zbekistonning Milliy aviakompaniyasi tarkibiga kiradigan 12 aeroportni beshtasi, ya’ni “Toshkent”, “Samarqand”, “Buxoro”, “Urganch”, va “Navoiy” aeroportlari xalqaro maqomiga ega.