Rasmga izoh:
1.
Buyurtmachi «O‘zbekturizm» M.K ga sertifikatlashni o‘tkazish uchun ariza beradi.
Sertifikatlash bo‘yicha tashkilot uni qabul qiladi va qayd qiladi;
2.
«O‘zbekturizm» M.K dastlabki tahlil o‘tkazish maqsadida mazkur hujjatni (korxona
to‘g‘risida ma’lumotlar – korxona nomi, ustav fondi, rahbarni malakaviy darajasini tasdiqlovchi
hujjatning nusxasi) faqatgina bir qismini to‘ldirish taklifi bilan buyurtmachiga anketa-
savolnomalarni jo‘natadi (u ariza bilan bir vaqtning o‘zida ham taqdim etilishi mumkin).
To‘ldirilgan anketani olgandan so‘ng, «O‘zbekturizm» M.K ariza bo‘yicha, sertifikatlash
sxemasini tanlash bo‘yicha qaror qabul qiladi, xizmatlarni tekshirish natijalari jarayonini
aniqlaydi, buyurtmachi va «O‘zbekturizm» M.K o‘rtasida sertifikatlash bo‘yicha ishlarni
bajarishga shartnomani tayyorlaydi. Agar salbiy qaror qabul qilinsa bu holatda uning sabablarini
buyurtmachiga yozma ravishda xabar qilinadi. Ariza bo‘yicha qaror qabul qilish muddati ariza
qabul qilingan kundan boshlab – 1 oy;
3.
Turistik xizmatlarni sertifikatlash bo‘yicha ishlarga haq to‘lash va imzolangan
shartnomani buyurtmachidan olgandan so‘ng «O‘zbekturizm» MK sertifikatsiya nazoratini
o‘tkazish bo‘yicha komissiyani tuzadi (komissiya kompaniya xodimlaridan va shtatdan tashqari
mutaxassislardan tashkil qilinadi) va ishlarni amalga oshirishga kirishadi;
4.
Komissiya sertifikatlash nazoratini buyurtmachi anketa-savolnomani ikkinchi qismini
to‘ldirish taklifi bilan boshlaydi (asosan, korxonani faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan)
hamda qator tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni suraydi. Turagentlikni sertifikatlashda idora
(ofis, ish tartibi, aloqa vositalari va h.k.) litsenziya, turoperatorlar bilan shartnoma, ishchi xodimlar
malaka-tajribasini h.k. tekshiradi;
5.
Sertifikatsiya tekshiruvi tugagandan so‘ng barcha materiallar asosida buyurtmachini
sertifikatlashni o‘tkazish akti tuziladi;
6.
Aktni olgandan so‘ng, «O‘zbekturizm» M.K barcha materiallar ekspertizasini
o‘tkazadi (aktni, ekspert xulosalarini, anketa natijalarini va h.k. ni) hamda imzolangandan so‘ng,
10 kun muddat ichida qaror qabul qiladi:
a) maxsus resstrda qayd qilingan sertifikatni berish to‘g‘risida;
b) hujjatni berishni rad etish to‘g‘risida.
Agar buyurtmachi «O‘zbekturizm» M.K qaroridan norozi bo‘lsa, u O‘zdavstandart
qoshidagi maxsus komissiyaga appelyatsiya (qayta ko‘rish) uchun da’vo qo‘zg‘atish huquqiga
egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: