Qo’llаnilаdigаn tа’lim tехnоlоgiyalаri:diаlоgik yondаshuv, muаmmоli tа’lim, T-sхemаsi, bumеrаng, bаliq skеlеti, guruhlаrdа ishlаsh, blist-so’rоv, munоzаrа, o’z-o’zini nаzоrаt.
O ’zbekiston jahon iqtisodiyoti tizimida
Jahondagi ko‘pchilik mamlakatlar milliy xo‘jalikning ochiqlik darajasini oshirgandan keyingina jiddiy iqtisodiy o‘sishga erisha boshladilar. Iqtisodiyotning ochiqligi, odatda tashqi savdoning YIMga nisbati bilan belgilanadi. Jahon moliyaviy inqirozi sharoitida bu siyosatning ahamiyati yanada oshdi. Bu siyosat import va eksportni erkinlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat faqat tashqi savdo bilan cheklanmaydi. Keyingi yillarda O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasida kapital harakati, valuta munosabatlari, ishchi kuchi migratsiyasi, ilmiy-texnika ayirboshlashi rivojlanmoqda. Ko‘plab qo‘shma korxonalar, erkin iqtisodiy zonalar barpo etilmoqda. TMKlar bilan hamkorlik kuchaymoqda.
O‘zbekistonning eksport va import tarkibi takomillashib bormoqda. Eksportni diversifikatsiyalash, uning tarkibida qo‘shilgan qiymat darajasi yuqori tovarlar hissasini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi pasayib, mashina va asbob-uskunalarning ulushi ortmoqda (41,2 foiz).
Mintaqaviy integratsion tashkilotlarga birlashgan mamlakatlarning globallashuv jarayoniga moslashuvi birmuncha oson kechib, xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan foydalanishi samaraliroq kechmoqda. Shu sababli ham O‘zbekiston MDH, SHHT, IHT kabi mintaqaviy integratsiya tashkilotlarida faol ishtirok etmoqda.
Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT) va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida iqtisodiy integratsiyani yanada chuqurlashtirish a’zo mamlakatlar uchun katta imkoniyatlarni ochib berishi mumkin edi. Ammo bu imkoniyatlardan bugun to‘la foydalanilayotgani yo‘q. O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlari Koreya Respublikasi, XXR, Rossiya va Qozog‘iston bo‘lib qolmoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan esa, bu boradagi aloqalarimiz hali ancha past darajada va bir tomonlama xarakterga ega (yoki eksport, yoki import bo‘yicha).
Iqtisodiyotning ochiqligi, tashqi savdo, eksport, import, yangi industrial mamlakatlar, import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarish, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish, eksportni diversifikatsiyalash, qiyosiy afzallik, proteksionizm, xalqaro mehnat taqsimoti, tashqi savdoni erkinlashtirish, erkin savdo zonasi, tashqi iqtisodiy faoliyat, mintaqaviy integratsiyalashuv, kvota, litsenziya.
Do'stlaringiz bilan baham: |