Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish



Download 1,39 Mb.
bet19/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

3.4. Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish
Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish iqtisodiy o‘sishning, iqtisodiy inqirozni bartaraf etishning muhim sharti hisoblanadi. Odatda, makroiqtisodiy barqarorlik deganda iqtisodiy inqirozga barham berish, iqtisodiy taraqqiyotni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni muayyan darajada saqlab turish, umuman olganda iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish tushuniladi.

Makroiqtisodiy barqarorlikka qanday qilib erishiladiq Iqtisodiy adabiyotlarda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish bo‘yicha ikki xil nazariy yondashuv shakllangan: yangi klassik va keynscha.

Yangi klassiklar bozor iqtisodiyotining o‘zi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi va unga davlatning aralashuvi shart emas, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, mehnat bozori, narx va jami xarajatlarning davlat tomonidan tartibga solinishi makroiqtisodiy barqarorlikka zarar yetkazadi.

Keynschilar esa makroiqtisodiy barqarorlikka faqat bozor mexanizmi orqali erishish mumkinligini rad etadilar.

Keynschilar makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun ichki narxlarni muayyan chegarada ushlab turish, milliy valuta qadrini mustahkamlashga qaratilgan pul-kredit va moliya siyosati tadbirlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni o‘stirish va bandlikni ta’minlash uchun qulay makroiqtisodiy muhitni barpo etish lozim deb hisoblaydilar.

Qanday bo‘lganda ham har bir mamlakat uchun makroiqtisodiy barqarorlik zarur. Makroiqtisodiy barqarorlik kelgusida iqtisodiy o‘sish va yuksalish uchun muhim bosqich hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun avvalo, YIM ishlab chiqarishning pasayishi to‘xtatiladi. Keyinchalik YIM va yalpi sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha barqaror o‘sish ta’minlanadi. Agar YIM ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari aholi soni o‘sish sur’atlaridan ustun bo‘lishiga erishilsa, yanada yaxshi bo‘ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish hajmining o‘sishi iqtisodiyotda band bo‘lganlar sonining oshishi, inflyatsiyaning past darajasi, YIM hajmida jamg‘arish va investitsiya ulushining o‘sishi va boshqa sifat ko‘rsatkichlar bilan birga kechishi lozim.



Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish kelgusida iqtisodiy o‘sish uchun muhim zamin hozirlaydi. Har qanday milliy iqtisodiyot kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ya’ni o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Yildan yilga aholi sonining ko‘payishi, kishilar ehtiyojlarining ortib borishi kengaytirilgan ishlab chiqarishni shart qilib qo‘yuvchi asosiy sabablardan hisoblanadi. Aynan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish dinamikasi iqtisodiy o‘sishning mohiyatini tashkil etadi.

Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishga erishishdir. Aholi farovonligining oshib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o‘sish darajasi va sur’atlariga bog‘liq.

Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlarining har bir birligi hisobiga o‘sishi, sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sishni YIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash uning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, biror-bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini YIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.

Iqtisodiy o‘sishni YIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchashda quyidagi formuladan foydalaniladi:



Bu yerda: YIM1 – joriy yildagi real yalpi ichki mahsulot hajmi;

YIM0 – o‘tgan yildagi real yalpi ichki mahsulot hajmi.

Iqtisodiy o‘sishni aholi jon boshiga real YIM hajmining ortishi orqali o‘lchashda esa quyidagi formuladan foydalaniladi:

Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy o‘sishga baho berishda har ikkala ko‘rsatkich ham muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi – cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi. Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.

Iqtisodiy o‘sishga doir muammolardan biri uzluksiz va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy o‘sish deganda, asosiy ko‘rsatkichlarning qator yillar davomida uzluksiz o‘sishi tushuniladi. Agar YIMning o‘sishi uch yil davomida muttasil kuzatilsa, iqtisodiy o‘sish barqaror hisoblanadi.

Iqtisodiy o‘sishning tashqi va ichki omillari mavjud. Ichki omillar o‘ziga moddiy ne’mat va xizmatlar ishlab chiqarish va iste’molni qamrab oladi. Ular jumlasiga aholi va mehnat resurslari, tabiiy resurslar, innovatsiya va ishlab chiqarish imkoniyatlari, investitsiyalar, institutsional iqlim va boshqalar kiradi.

Iqtisodiy o‘sishning tashqi omillariga xalqaro mehnat taqsimoti, globallashuv jarayonlari kiradi. Keyingi omil ayniqsa, ziddiyatli kechadi. Globallashuv milliy iqtisodiyot qiyofasiga jiddiy o‘zgarishlar kiritadi. Bu jarayonda, bir tomondan, ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi kuchayadi, mamlakatga arzon tovarlarning kirib kelish hajmi ortadi, natijada milliy iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida iqtisodiy o‘sishga to‘siq paydo bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, xorijdan zamonaviy texnologiya, investitsiya va kreditlarni jalb qilish imkoniyatining oshishi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi.

Albatta, barqaror iqtisodiy o‘sishga barcha omillardan samarali foydalanish evaziga erishiladi. Shu bilan birga yangi texnologik sharoitda ulardan ustuvorlarini e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvining chuqurlashuvi natijasida globallashuv jarayonlarining keng quloch yoyishi sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tabiiy resurslar omilining o‘rni va ahamiyati pasayib borayotganligini ta’kidlash lozim. Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, boy resurslarga ega bo‘lgan mamlakatlar amalda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuqori nuqtasiga erisha olmaydilar. Ular tabiiy resurslarni xomashyo yoki yarimtayyor mahsulot sifatida sotish yo‘liga o‘tib oladilar. Shu vaqtning o‘zida tabiiy resurslar taqchil mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Shveysariya) resurslarni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ilmtalab ishlab chiqarish, qayta ishlash sanoatining ilg‘or tarmoqlarini rivojlantirishga erishadilar. Masalan, Rossiyadagi neft, O‘zbekistondagi paxta eyforiyasi esa boshqa sohalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilgan edi.

Shunday qilib, iqtisodiy o‘sishning muhim sharti tabiiy resurslarning mavjudligi emas, balki ulardan samarali foydalanish usullarini maqsadga muvofiq uyg‘unlashtirishga erishish orqali ishlab chiqarishni takomillashtirib borish hisoblanadi. Ekstensiv iqtisodiy o‘sish o‘z imkoniyatlarini borgan sari tugallab borayotganligini unutmaslik lozim. Shu sababli iqtisodiy o‘sishning intensiv usulidan ustun darajada foydalanish, fan-texnika taraqqiyotining eng yangi natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish lozim. Zero, bilimlar iqtisodiyoti sharoitida, axborot asrida jadal iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning asosini inson kapitali, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, innovatsiya resurslaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni ilmtalab va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish tarmoqlariga jalb qilish, xalqaro mehnat taqsimotiga faol integratsiyalashuv kabi omillar tashkil etmoqda.

Mustaqillik yillarida iqtisodiy o‘sish O‘zbekistonda dastlab 1996-yilda qayd etildi. Shu yili mamlakatimizda MDH mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib YIM hajmining o‘tgan yilga nisbatan ko‘p bo‘lishiga erishildi.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish