Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi


- Mavzu Yoshlar tadbirkorligini Davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash mexanizmlari



Download 0,6 Mb.
bet3/30
Sana06.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#640811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
кичик бизнес реферат

2- Mavzu Yoshlar tadbirkorligini Davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash mexanizmlari.

Yoshlarga bu darajada eʼtibor va ragʻbat, imkoniyat va imtiyoz mamlakatimiz tarixida kuzatilmagan, desak mubolagʻa emas. Zero, bugun davlatimiz rahbari eʼtibori bilan yoshlarning bilimi, iqtidori, salohiyati, tashabbus va gʻoyalari qoʻllab-quvvatlanmoqda. Xususan, bandligi va tadbirkorligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.



Prezidentimiz oʻtgan yili 25-dekabr kuni yoshlar bilan uchrashuvida yurtimizda qanday islohotga qoʻl urilmasin, avvalo, yoshlarga, ularning kuch-gʻayrati, azm-u shijoatiga suyanishini taʼkidlab: “Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib hissa qoʻshadilar”, degan edi. 2021-yilning “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishi hamda shu asosda davlat dasturi qabul qilinishi ham yurtimizda yoshlarga boʻlgan eʼtiborning qay darajada yuksak ekanini namoyon etadi.
Davlatimiz rahbari joriy yil boshidan buyon yoshlar masalalari boʻyicha 3-marta yigʻilish oʻtkazdi. Bu yigʻilishlarda yoshlar hayotiga doir muammolarni zudlik bilan hal qilish, ularning bandligini taʼminlash, qiziqishlari, intilishlarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan qator topshiriqlar berilgan edi. Mana shu yigʻilishlarda koʻtarilgan masalalar, aniq vazifalarning huquqiy asoslari Prezidentimiz kuni kecha imzolagan ikki tarixiy hujjat – “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmon hamda “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorda oʻz aksini topdi.
Mazkur hujjatlar bilan sohada yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Tez kunlarda mamlakatimizning 200 ta tuman va shahrida 219 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi tashkil etiladi. Tahlillarga koʻra, respublikamiz boʻyicha 648 ming ishsiz yigit-qiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan boʻlib, birinchi chorakda ularning 283 ming nafari bandligi taʼminlangan. Xususan, 175 ming yoshga 45 ming gektar yer maydoni ajratilgan. Farmonga koʻra, endilikda yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashni yana-da kengaytirish va bandligini taʼminlash boʻyicha yangi mexanizmlar joriy etiladi.
— Bu masalalarning barchasi yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyat, berilayotgan imtiyoz demakdir. Yoshlarda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun joy yoki ish quroli boʻlmasligi mumkin. Baʼzan dehqonchilik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan yoshlarning urugʻ sotib olish uchun mablagʻi yetmaydi. Farmon bilan bu muammolar oʻz yechimini topmoqda. Yaʼni 2021-yil 1-iyundan boshlab “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, dehqon xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoshlarga urugʻlik va koʻchat xarid qilishi uchun 2 million soʻmgacha subsidiya beriladi.
Tadbirkorlik qilish uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yoshlarga yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq 6,1 million soʻmgacha boʻlgan qismi kompensatsiya qilinadi. Farmonga binoan, 2021-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlanadigan ijtimoiy soliq summasi davlat byudjetidan toʻliq qaytarib beriladi. Bunda soliq summasi yoshlar olti oy davomida uzluksiz ishlaganda yettinchi oydan boshlab qaytariladi.
Mazkur tartibni joriy etish hisobiga 2021-yilda 346,4 ming nafar yoshni ishga qabul qilish va tadbirkorlarga 253 milliard soʻmdan ortiq soliq summasini qaytarish rejalashtirilgan. Farmonga koʻra, oʻzi, 26 yoshgacha boʻlgan farzandlari yoki turmush oʻrtogʻining professional taʼlim muassasasida oʻqishi uchun yoʻnaltirilgan toʻlov-kontrakt summasi daromad soligʻidan ozod etiladi.
Ayni kungacha ham oliy taʼlim muassasalarida bu amaliyot bor edi, biroq professional taʼlim muassasalarida mavjud emasdi. Bu mazkur taʼlim maskanlarida oʻqiyotgan talabalar va ularning ota-onalariga katta yordam boʻladi. Boisi, shu kungacha bunday tartibdagi toʻlovlarni toʻlashda hech qanday imtiyoz boʻlmagan.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish