Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi


Rivojlangan mamlakatlarda axborotlashgan jamiyatning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi



Download 2,2 Mb.
bet7/56
Sana01.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#625112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
Bog'liq
АКТ

4. Rivojlangan mamlakatlarda axborotlashgan jamiyatning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etilishi davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatning turli sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yuksaltirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.Mamlakatda axborotlashtirishga mas’ul va yuqori vakolatlarga ega davlat boshqaruvi organining shakllantirilishi axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiya jabhasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlashda yangi tashkiliy-huquqiy imkoniyatlarni yaratib beradi.Global taraqqiyot sharoitida axborot texnologiyalari mohiyatini oshirishning yanada zamonaviy, innovatsion usullarini izlab topish, axborotlashtirish jarayoniga har tomonlama ko‘maklashish, ularni hayotga keng joriy etish davlat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Zero, axborotlashtirish tizimida davlat siyosatini olib borish masalasi strategik ahamiyatga ega vazifadir. Shubhasiz, davlat va jamiyat -boshqaruvi, biznes, fuqarolik jamiyati kommunikatsiyalari samaradorligi -axborotlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarining ushbu sohalarga kirib borishi darajasi bilan uzviy bog‘liq.Mamlakatimiz istiqlolni qo‘lga kiritgan davr fan-texnika inqilobining muhim bosqichiga to‘g‘ri keldi. O‘shanda kompyuterlarni keng miqyosda ishlab chiqarishning global to‘lqini kuzatilgandi. Shunga hamohang ravishda yurtimiz o‘z mustaqilligi salohiyatidan foydalangan holda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning “o‘zbek modeli” tamoyillariga asoslanib, davrning innovatsion talablariga har tomonlama mos javob bera oldi. O‘z navbatida, barqaror taraqqiyotning mustahkam asosi sanalgan milliy axborot makoni yaratildi. 2002 yil may oyidagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmon yurtimizda axborotlashtirish sohasini jadal rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘ldi.
Unda nafaqat mamlakatni axborotlashtirishni yanada ravnaq toptirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi, balki mazkur sohada maxsus tuzilgan davlat boshqaruvining vakolatli organi — O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi -vakolatlari hamda faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari aniq ko‘rsatib o‘tildi. Binobarin, ko‘plab olimlar, tahlilchilar tomonidan mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatning qabul qilinishi davlatning axborotlashtirish siyosati, uning asosida olib borilgan izchil chora-tadbirlar samaradorligining yana bir tasdig‘i sifatida e’tirof etildi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat hokimiyati tizimida axborotlashtirish taraqqiyotiga mas’ul alohida organ tuzilishi va unga tegishli vakolatlarning berilishi keng tarqalgan hamda muvaffaqiyatli amaliyotdir. Bunday tuzilmalar AQSh, Janubiy Koreya, Avstraliya va boshqa ko‘plab davlatlarda mavjud bo‘lib, samarali faoliyat yuritmoqda. Boisi, axborotlashtirish kompleks hamda ko‘p tarmoqli jarayondir. Shunday ekan, davlat sektori, biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlarining axborotlashtirish darajasini oshirish, jamiyat hamda davlat qurilishining barcha sohasiga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuqoridagi kabi davlat organlari faoliyatining eng asosiy vazifalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov axborot sohasini taraqqiy toptirish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlashni mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab bergan. Davlatimiz rahbari tomonidan parlamentga, hukumatga, jamoatchilikka qilingan murojaatlarda axborotlashtirishni rivojlantirish muhimligi va ustuvorligi bir necha marta ko‘rsatib o‘tilgan. Yurtboshimiz xorijiy mamlakatlarga amalga oshiradigan tashriflarida ham mazkur sohadagi xalqaro hamkorlikni yanada ravnaq toptirish, axborot jabhasiga yangi investitsiyalar hamda ilg‘or texnologiyalarni keng jalb etish masalalariga katta e’tibor qaratadi. Buni ana shu tashriflar davomida imzolangan ko‘p sonli hujjatlar ham tasdiqlaydi.
Ayni chog‘da yurtimizda “elektron hukumat” tizimini shakllantirish yo‘nalishida hayotga tatbiq qilinayotgan chora-tadbirlar doirasida ham axborotlashtirishni rivojlantirish masalalari alohida o‘rin tutadi. Fuqarolarga davlat interaktiv xizmatlarini keng taqdim etishni nazarda tutuvchi davlat boshqaruvining ushbu konsepsiyasini ro‘yobga chiqarish davlatning turli organlariga tegishli axborot tizimlari va resurslaridan birgalikda foydalanishga asoslanadi, hokimiyat vakolatlari va tashkiliy salohiyatini yagona, yaxlit, sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muvaffaqiyatiga mas’ul bo‘lgan organda jamlashni talab etadi.Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tashkil etilishi davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari hamda sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini, “elektron hukumat” tizimi hamda axborot tizimlarini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun sharoit yaratadi. Prezident Farmonida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishi axborot sohasidagi davlat siyosati samaradorligini oshiradi, fuqarolarimizning davlat axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish sharoitlarini yaxshilash uchun yangi tashkiliy-texnik imkoniyatlarni yuzaga keltiradi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil qilinishi O‘zbekistonning chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yo‘liga sodiqligini, jamiyatning barcha sohasini ravnaq toptirishda zamonaviy axborot texnologiyalari salohiyatidan.


3-Mavzu Axborot tizimlarida texnik va dasturiy ta’minotning rivojlanish tendentsiyalari



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish