Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida munosabatlar ustida operatsiyalar bajarish uchun mo’ljallangan tillarini ikki sinfga ajratish mumkin: relyatsion algebra tili (RAT) va relyatsion hisob tili (RHT). Relyatsion algebra tili relyatsion algebraga (Kodd algebrasiga, -algebraga) asoslangan. Ma’lum tartib munosabatlar ustida operatsiyalarni ketma-ket yozish asosida hohlagan natijaga erishish mumkin. Shuning uchun relyatsion algebra tilini protsedurali til deyiladi. Relyatsion hisob tili predikatlarni hisoblab chiqishning klassik usuliga asoslangan. Ular foydalanuvchilarga so’rovlarni yozish uchun ma’lum qoidalar to’plamini beradi. Bunday so’rovlarda faqat hohlagan natija haqidagi axborotlar bo’ladi, holos. Ushbu so’rov asosida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yangi munosabatlar hosil qilish yo’li bilan avtomatik tarzda zarur natijani beradi. Shuning uchun relyatsion hisob tilini protsedurali bo’lmagan til deyiladi.
9-Mavzu MS Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyalasi Reja;
MS Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyalari haqida umumiy ma’lumot
MS Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi funksiyalari.
MS Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyalari MS Access Ma’lumotlar bazasining asosini unda saqlanuvchi ma’lumotlar tishkil qiladi va ular obyektlar orqali boshqariladi. Obyektlarning asosiy turlari quyidagilar: «Jadvallar» – ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi; «Tablitsalar» – ma’lumotlarni tanlash shartlarini berishni ularga o’zgarishlar kiritish uchun xizmat qiladi; «Formalar» – ma’lumotlarni ko’rish va tahrirlash uchun xizmat qiladi; «Sahifalar» – HTML (gipermatn) formatidagi fayllar, ular Access ma’lumotlarini Internet Explorer brauzeri yordamida ko’rish uchun ishlatiladi; «Xisobotlar» – ma’lumotlarni umumlashtirish va chop qilish imkonini beradi; «Makroslar» – bir yoki bir qancha operasiyalarini avtomatik ravishda bajaradi.
MS Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga (MBBT) kiritilgan har qanday ma’lumot jadvallarda saqlanadi. Jadvallarning qatorlari yozuvlar deb, ustunlari esa maydonlar deb ataladi. So’rovlar jadvallardan ma’lumotlarni bir yoki bir necha kriteriylar (ko’rsatgichlar) asosida tanlab olish uchun ishlatiladi. Jadvallar soni ham bir yoki bir nechta bo’lishi mumkin. Access MBBTni ham barcha dasturlar kabi ish stolining «Pusk» tugmasi yordamida ishga tushirish mumkin. Bu dastur ishga tushganidan so’ng ekranda hosil bo’lgan oynada ma’lumotlar bazasini yaratish yoki mavjud bazani ishga tushirish imkonini tanlash mumkin