Turizm va iqtisodiyot



Download 164,06 Kb.
bet16/17
Sana31.12.2021
Hajmi164,06 Kb.
#210314
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kurs ishi Kadirov J. iqt. nazariya

3.3 Moliyaviy mexanizm.

Moliyaviy mexanizm - bu moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish, moliyaviy resurslarni shakllanishi va foydalanish usullarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyat tomonidan, jamiyatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish uchun, qulay shart-sharoit yaratib berish maqsadida foydalaniladi. Moliyaviy mexanizm ham moliya tizimining tuzilishi singari quyidagi ikkita yirik sohaga bo‘linadi:

- xo‘jalik subyektlarining moliya mexanizmi;

— davlat moliyasining mexanizmi.

Korxonalar moliyaviy mexanizmi - bu moliyaviy resurslardan foydalanish usullari hamda korxonalar moliyasini tashkil qilish shakllari hisoblanadi. Korxona, firma, kompaniyalarda moliyaviy resurslardan foydalanish jarayoniga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda moliyaviy menejer tomonidan ushbu jarayon, turli moliyaviy usullami, vositalami, tamoyillarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy metodlar - bu moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish shakli, uning xo'jalik va ishlab chiqarish jarayoni bilan o ‘zaro bog‘ liqligidir. Korxonalarda u yoki bu moliyaviy vositalami qoilanilishi yordamida xo‘jalik jarayonidagi yuz berayotgan moliyaviy munosabatlarga, moliyaviy resurslaming harakatini boshqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlaming tahliliy natijalaridan kelib chiqqan holda ulardan foydalanishni samaradorligini baholashga ta’sir koTsatish mumkin. Korxonalar moliyasini boshqarishda foydalaniladigan metodlarga quyidagilar kiradi: moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy tahlil, moliyaviy nazorat, investitsiyalash, sug‘urtalash, kredit operatsiyalari, narxlami shakllantirish, soliqlar, hisob-kitoblar tizimi, rag‘batlantirish va boshqalar.

Moliyaviy menejmentda moliyaviy vosita deganda, korxonaning har qanday turdagi shartnomalari tushuniladi, qaysiki buning natijasida bir vaqtning o‘zida, biron bir korxonada moliyaviy aktivlarning ko‘payishi va boshqa korxonada esa moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelishi tushuniladi. Boshqacha aytganda, qarzdorlik bo‘yicha guvohtik bemvchi, sotuvchi sotish jarayonida o‘zini moliyalashtirishni ta’minlovchi har qanday hujjatdir.

Faqat o‘z mablag‘laridan foydalanuvchi korxona o‘z mablaglarining rentabelligini, ularning iqtisodiy samaradorligining 2/3 qismga cheklab qo‘yadi, ya’ni 0‘MR=2/3IR Bunda 0 ‘MR- o‘z mablag‘larining rentabelligi; IR- iqtisodiy rentabellik Kredit yoki qarz mablag'laridan foydalanuvchi korxona o‘z va qarz mablag‘Iarining nisbati hamda foiz stavkasining darajasiga bog‘liq ravishda o‘z mablagMarining rentabelligini yo oshiradi yoki kamaytiradi. Bunday sharoitda moliyaviy vosita samarasi vujudga keladi ya’ni 0 ‘MR = 2/3 IR+MVS. Bunda MRS- moliyaviy vosita samarasi:

- Moliyaviy vosita samarasi odatda iqtisodiy rentabellik bilan qarzga olingan mablag‘lar ≪bahosi≫ (foizning o‘rtacha stavkasi) o‘rtasidagi farq natijasida vujudga keladi.

- Foizning o ‘rtacha stavkasini hisoblash uchun quyidagi tenglamadan foydalanish mumkin.

FO‘S = (XMX: QMUS) x 100.

- FO‘S - foizning o‘rtacha stavkasi;

- HMX - Haqiqatdagi moliyaviy xarajatlar (foiz xarajatlari);

- QMUS — qarz mablag‘larining umumiy summasi;

Richag samarasining tarkibiy qismlarini birlashtiramiz va natijada MRS hosil bo‘ladi;

- MRS= 2/3(IR-FS)*QM/0‘M

- Masalan, agar korxonada IR 18%ga, FS 16%ga qarz mablag‘lari 750000 ni, o‘z mablag‘lari 250000 ni tashkil etsa, moliyaviy vosita samarasi;

- MRS- 2/3(18%-16%)750000/250000= 4%

Korinib turibdiki, rivojlangan bozor mexanizmida qarz mablag‘laridan foydalanish yuqori samaraga olib keladi Moliyaviy vositalar yordamida moliya bozoridagi har qanday operatsiyalar amalga oshiriladi. Korxonalar faoliyatida ularni qo‘llamasdan qo‘shimcha moliyaviy resurslar yoki kapital jalb qilish, moliyaviy investitsiyalami amalga oshirish, kontragentlar yoki boshqa xo'jalik subyektlari bilan o'zaro hisob-kitoblami amalga oshirish mumkin emas. Moliyaviy vositalar birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘linadi. Birlamchi moliyaviy vositalarga quyidagilar kiradi: joriy operatsiyalar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlar, aksiya, obligatsiyalar, va veksellar. Ikkiiamchi moliyaviy vositalarga esa: moliyaviy optsionlar, fyucherslar, forvard shartnomlari, foizli va valyutaviy svoplar kiradi. Har qanday jamiyatda korxonalar xo'jalik faoliyatini oqilona tartibga solish va ular faoliyatini samarali yuritish qonuniy va huquqiy me’yorlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bizga ma’lumki, korxonalar moliyaviy faoliyatini yuritish, ya’ni boshqacha aytganda xo‘jalik subyektlarining tashkil qilinishidan ularning butun faoliyat davrlarini qamrab oluvchi jarayon bosqichi, davlat tomonidan belgilangan aniq bir chora tadbirlar, dasturlar, qonunlar, yo‘riqnomalar va shu kabilar orqali tashkil qilinadi va tartibga solinadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining ko'p tomonlama aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. O'zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi yagona iqtisodiy tnakon to‘g ‘risida tnzilgan shartnoma samara bera boshladi. Ularning sanoatini integratsiyalashtiradigan dastur ishlab chiqildi.

XULOSA

Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar umumiy ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy nеgizini tashkil etib, ayirboshlash, taqsimlash va istе’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarning tavsifini bеlgilab bеradi. Shuning uchun ularni o’rganish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Insoniyat zarur nе’matlar istе’molisiz yashay olmaydi. Shunga ko’ra, bu nе’matlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat qilish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy vositalar yaratiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari – yer, kapital, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo’lib, ular o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatadi. Bu omillardan birining sifat va miqdor jihatidan o’zgarishi pirovardida boshqa omillarning o’zgarishiga ham ta’sir ko’rsatadi.

Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo’ladi, lеkin ular ichida jonli mеhnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo’lib, u barcha ishlab chiqarish vositalarini harakatga kеltiradi, ularga «jon kiritadi», asosiy kapital qiymatining yo’qolib kеtmasligini ta’minlab, yangi yaratilgan tovar va xizmatlarga o’tkazadi. Va nihoyat, bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga kеladi.

Yangi vujudga kеlgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga – naflilik va qiymatga ega bo’lib, ikki tomonlama hisobga olinadi: natural-ashyoviy (naflilik) tomonidan va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy tomondan u uch qismga: ishlab chiqarish vositalari, istе’mol buyumlari va turli xizmatlarga bo’linadi. Qiymat tarafidan ham uch qismga: istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s), zaruriy mahsulot qiymati (v) va qo’shimcha mahsulot qiymati (m)ga bo’linadi.

Bundan 100 yil ilgari marjinalistlar tomonidan kashf qilingan va iqtisodiyotning univеrsal qonuni dеb atalgan qonun – «kеyingi qo’shilgan omil (qo’shilgan kapital, qo’shilgan mеhnat) unumdorligining pasayib borish qonuni» ko’r-ko’rona isrofgarchilikka, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilmasa, hozirgi zamon fan-tеxnika taraqqiyoti sharoitida amal qilmaydi.

Ishlab chiqarish jarayoni doimo o’zgarib, takomillashib va kеngayib boradi. Uning rivojlanib borishida ishlab chiqarish jarayonlarini modеrnizatsiyalash, divеrsifikatsiyalash va tarkibiy jihatdan o’zgartirib borish muhim rol o’ynaydi.




Download 164,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish