I)Ichki investitsiyalar.
A) Davlat Investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi;
b) Xususiy Investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi.
II)Tashqi investitsiyalar. Xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi
Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar.
Qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) ga boʻlinadi.
Moliyaviy (portfel) I. — aksiya, obligatsiya va boshqalar qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan kapital
Real — moddiy ishlab chiqarish . (sanoat, q.x., qurilish va b.) soxasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi.
1.1-rasm. “Investitsiyalar” tushunchasi mazmunini tavsiflovchi zaruriy belgilar
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko’rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo’yadi. Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proportsional tarzda o’zgarishini ko’rsatadi. Avtonom invstitsiya funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
I = e - dR
Bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng bo’lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, er, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o’zgarishga ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.
Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko’p bo’lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi.
1.2-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof foyda normasi dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmay qoladi.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi.
Investitsiya xarajatlari ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi:
1. Soliqqa tortish darajasi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar;
3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori;
4. Investorlarning kutishi;
5. Yalpi daromadlarning o’zgarishi.
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o’zgarmagan sharoitda ham) ko’payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi.
Investitsiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini akselerator modeli aks ettiradi:
I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaMM (Y)ning funktsiyasi ekan.
Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
I = Ireja+ γY
bu yerda: Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi.
Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funktsiyasini quyidagicha yozish mumkin:
I = e - dR + γY
2020- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalar
2020- yilning yanvar-dekabr oylarida investitsion faollikni pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 91,8 % ni tashkil etdi.
2020- yilning yanvar-dekabr oylarida 202,0 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 65,4 % i yoki 132,0 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 34,6 % yoki 70,0 trln. so‘m moliyalashtirildi.
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2020- yilning mos davridagi ulushiga nibatan 8,0 % punktga kamayib, 19,5 % ni yoki 39 310,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 162 289,9 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 80,5 % investitsiyalari o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,0 % punktga ko‘paydi.
2020- yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 51 911,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 25,7 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,9 % i yoki 18 077,8 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 28 740,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2019 yilning mos davriga nisbatan 5,3 % punktga kamayib, 14,2 % ni tashkil etdi
Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur‘atlarini moliyalastirish manbalari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda kuzatilib, 2019- yilga nisbatan 63,2 % ga ko‘paydi.Bunday yuqori o‘sishga sement ishlab chiqarishni tashkil etish, elektron gaz hisoblagichlar, kalava, infuziya va inyeksion qorishma ko‘rinishidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, Auminzo-Amantoy konlari hududida oltin mavjud konlarda qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha qurilish ishlari I-II bosqich, “Muruntau” karyeriga qayta ishlov berish (V navbat) I bosqich, texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha majmua qurilishi (I-II bosqichlar), Toshkent metall zavodi qurilishi va boshqa yirik investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan investitsiyalar sabab bo‘ldi.
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan ivestitsiyalar 2019- yilga nisbatan 32,7 % ga kamaydi.Buni o‘tgan yilda amalga oshirilgan sement ishlab chiqarishini tashki etish, “Tashkent city” XIM hududida “Congress Hall” va besh yulduzli Hilton mehmonhonasining qurilishi, metallni qayta ishlash zavodi qurilishi, to‘qimachilik fabrikasi qurilishi va boshqa loyihalar bo‘yicha investitsion faollik bilan izohlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |