"Turizm va iqtisоdiyot" fakultеti


Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari



Download 7,73 Mb.
bet53/254
Sana13.04.2022
Hajmi7,73 Mb.
#548048
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   254
Bog'liq
2 5267176900576417005

Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari.

To’lov aylanmasining asosiy qismi naqd pulsiz to’lov aylanmasidan tashkil topadi. Bu to’lov aylanmasi naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni pul mablag’larini naqd pul ishlatmasdan bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqga o’tkazish orqali bajarilishi tushuniladi.
Naqd pulsiz pul aylanishi – banklarda pul mablag’larini to’lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo’yicha yozuvlar yordamida yoki o’zaro talablarni hisobga olish yo’li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir.
Iqtisodiyot rivojlanib borgan sari to’lov oborotida naqd pulsiz to’lov oborotining ulushi ortib boradi.
Chunki iqtisodiy taraqqiyotni belgilovchi omillar naqdsiz to’lov oborotining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Bank







Savdo maishiy xizmat tashkiloti



Korxona tashkilot








Hunarmand
dehqon

Aholi





4.3.2-rasm. To’lov oborotida pulning harakati47.
Milliy iqtisodiyot pul aylanishining 80-90 foizini naqd pul ishlatmasdan, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishiga ko’ra ikki kismga bo’linadi:

  1. Tovar operatsiyalari bo’yicha pul aylanishi.

  2. Moliyaviy majburiyatlar bo’yicha pul aylanishi.

Birinchi guruhga tovarlarni sotish, xizmatlar ko’rsatish va kapital qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi.
Ikkinchi, moliyaviy majburiyatlar, guruhiga esa byudjetga to’lovlar, ya’ni foydadan to’lanadigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari fondlar, bank ssudalarini qaytarilishi, kredit uchun foizlarning to’lanishi, sug’urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi.
Naqdsiz pul aylanmasi quyidagi printsiplar asosida tashkil etiladi:

  1. Naqdsiz pul aylanmasining me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. O’zbekistonda naqdsiz pul aylanmasining qonunchilik asoslari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

-O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
-O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qonuni
-O’zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonuni
2. Naqd pulsiz hisob kitoblarni asosan banklarda ochilgan hisob raqamlar orqali o’tkazilishi.
Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to’lovlar to’lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to’lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o’tayotgan to’lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o’tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik hisob raqamlari mavjud:

  1. Vertikal vakillik hisob raqami

  2. Gorizontal vakillik hisob raqami

Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo’ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi.
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida ochiladi.
O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. Aniqrog’i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasidaochilgan.
3. To’lovchining va to’lovchining bankini likvidli bo’lishi. To’lovchining va to’lovchining bankini likvidli bo’lishi deganda ularni o’z majburiyatlarini pul mablag’lari bilan o’z vaqtida va to’liq to’lay olish qobiliyatiga aytiladi. Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki ekspertlari korxonalarning likvidligini baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlarni taklif qilishgan:
Joriy likvidlik koeffitsienti – (Jlk)
JA-joriy aktivlar
JP-joriy passivlar
Jlk=JA/JP
Jahon banki ekspertlari tomonidan bu koeffitsientining eng past normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan.
4. Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to’lovlar to’lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
5. To’lovni amalga oshirish uchun to’lovchining roziligi bo’lishi kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to’lovchidan so’ramay uning pulidan olib qo’yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo’yilgan Inkasso topshiriqnomalar, sudlarning qarori bilan qo’yilgan ijro varaqalari to’lovni to’lovchining roziligisiz amalga oshiriladi.
6. To’lovlarning muddatliligi.
7. Naqdsiz hisob kitoblarni to’g’ri amalga oshirilganligi ustidan o’tkaziladigan nazoratning mavjudligi.
8. Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy javobgarligining mavjudligi.
9. To’lovchi va mablag’larni oluvchi o’rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar va pul-hisob-kitob hujjatlarining aniq shakli mustaqil ravishda shartnoma (bitim)ga muvofiq belgilanadi.
Bank hisobvarag’i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo’yilgan bo’lmasa, bank pul mablag’larini, tegishli to’lov hujjati bankka kelib tushgan kunda, agar u bankning operatsiya kuni mobaynida tushgan bo’lsa, mijozning hisobvarag’iga kiritib qo’yishi yoki uning hisobvarag’idan o’tkazib berishi shart.
To’lov hujjati operatsiya kuni tugaganidan keyin tushgan taqdirda, bank to’lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart.
Hisob-kitoblar bo’yicha to’lovchi va mablag’larni oluvchi o’rtasidagi o’zaro da’volar qonunda belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi hududida banklararo hisob-kitoblar tijorat banklarining Markaziy bank Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali elektron to’lovlar tizimi bo’yicha milliy valyutada amalga oshiriladi. Banklarda hisob-kitoblar bo’yicha elektron hujjat aylanmasi “Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi orqali elektron to’lovlarni amalga oshirish tartibi to’g’risida»gi Nizom ga muvofiq, tashkil qilinadi.

Naqd pulsiz hisob-kitoblar bankdagi hisob raqamlar orqali bank ichida, bosh bankda ochilgan filiallarning tranzit hisob-raqamlari hamda banklararo o’rnatilgan vakillik munosabatlari asosida amal qiladi.


Banklararo to’lov tizimi orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya etiladi:
a) O’zbekiston Respublikasi banklari o’rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha mablag’larni tezkorlik bilan o’tkazishni ta’minlash;
b) uzatilayotgan elektron to’lov hujjatlarini ruxsatsiz kirishdan himoya qilish;
v) elektron to’lovlarni tartibga soluvchi qonunlar va qoidalarga rioya qilish.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida» 2002 yil 12 yanvar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida olib boriladi. Ushbu Nizom “Fuqarolik kodeksi”, «Markaziy bank to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’g’risida»gi Qonunlari va Markaziy bankning O’zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
“O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida»gi nizom O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi, "Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida"gi, "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida"gi Qonunlariga, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni o’tkazish tartibini belgilaydi. Ushbu tartib naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga tadbiq qilinadi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini oshirishga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan:
1.Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo’lgan ishonchining yuqoriligi. Agar yuridik va jismoniy shaxslar banklarga nisbatan ishonchi yuqori darajada bo’lmasa, banklarga naqd pullarni topshirishga bo’lgan moyilligi pasayadi, hisob – kitoblarni naqd pullarda amalga oshirishga intiladi.
2.Iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsienti darajasining tegishli me’yori ta’minlangan bo’lishi lozim. Iqtisodiyotning etarli darajada pul bilan ta’minlanganlik darajasi monetizatsiya koeffitsienti asosida aniqlanadi. Monetizatsiya koeffitsienti mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan aniqlanib, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspertlarning fikrlariga ko’ra uning miqdori, o’tish iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda 45-60 foizdan iborat bo’lishi lozim. Agar mamlakatda monetizatsiya koeffitsienti ushbu miqdordan past bo’lsa iqtisodiyotda pul taqchilligi, tijorat banklarida likvid mablag’lar va resurslarning etishmasligi, kreditlar va omonatlar bo’yicha foiz stavkalarining yuqoriligi kuzatiladi. Bularning barchasi naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi;
3.Tijorat banklarining resurslarga bo’lgan ehtiyojining etarli ravishda qondirilmasligi. Ma’lumki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan pullar o’zining boshlang’ich nuqtasiga qaytib kelmasligi banklarning resurs bazasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning oqibatida tijorat banklarining real sektorni kreditlash uchun yo’naltirayotgan resurslarning taqchilligi, omonatlarga to’lanadigan to’lovlar miqdorining oshib ketishi, bu esa o’z navbatida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini pasayishiga olib keladi.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish