Kurs ishi maqsadi. O’zbekiston Respublikasining milliy
iqtisodiyotini boshqa rivojangan mamlakatlar miqyosida tahlil qilish.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
• Milliy iqtisodiyotning mazmun mohiyatini tushuntirish.
• Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzulmalarini ahamiyatini
ko’rsatib berish
• Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni izohlab berish.
• Rivojlangan mamlakatlarning milliy iqtisodiyoti haqida
fikr yuritish.
Kurs ishining obyekti. Respubikamizning miliy iqtisodiyoti,
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning bevosita bir- biriga bog’liqigi.
Kurs ishining predmeti. O’zbekiston Respublikasining rivojanishiga ta’sir o’tkazadigan barcha omillar yig’indisi hamda bu omillar ta’sirida millliy iqtisodiyotimizning shakillanishi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, beshta reja, xulosa va
takliflar va foydalanilgan adabiyotar ro’yxatidan iborat.
1O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 19 yanvarda 2020-yilning
asosiy yakunlari va 2020-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
ma’ruzasi-www.press-service.uz
1.Milliy iqtisodiyotning mazmun mohiyati.
Milliy iqtisodiyot- bu ma’lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan,
bir-biri bilan maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlar
yig’indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan
munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va
mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi.
Iqtisodiyot keng ma’noda - bu bir tomondan, o’ziga xos qonunlar
asosida rivojlanadigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini
birlashtirgan xo’jalik bo’lib, ikkinchi tomondan iqtisodiyot, yuqori mehnat
unumdorligiga erishish, aholini turmush darajasini yaxshilash va
cheklangan resurslardan unumli foydalanish maqsadida iqtisodiy
qonunlarni o’rganish bilan shug’ullanadigan eng qadimiy fanlardan biridir.
Milliy iqtisodiyot fani esa - iqtisodiyotni shakllanish va rivojlanish
muammolarini yangi sharoitda, mustaqillik sharoitida o’rganiladigan
iqtisodiy fanlar tizimidagi yosh fandir.
Milliy iqtisodiyot iqtisodiyotni ham milliy (nomos), ham iqtisodiy
(oikos) qismlarini birlashtiradi.
«Milliy» so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib «natio»- xalq so’zini
anglatadi. «Iqtisodiyot» esa grekcha so’zdan olingan bo’lib, «oikonomike»-
uy xo’jaligini boshqarish san’ati ma’nosini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |