Tashish – transportda tashish ma’nosini anglatadi.
Tashuvchi – yo‘lovchi va uning bagajini tashuvchi yoki mazkur shartnoma bo‘yicha tashish majburiyatini olgan yoki ushbu aviatashish bilan bog‘liq har qanday xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi, barcha aviatashuvchilar;
Elektron chipta – elektron parvoz kuponlari, yo‘lovchi haqida ma’lumot , tashish marshruti, yo‘lovchi tashishni bajarayotgan reyslar, qo‘llangan tariflar, yig‘imlar va to‘lov usuli haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan, marshrut kvitansiyasini yuzaga keltirishga imkon beruvchi Tashuvchining electron ma’lumotlar bazasidagi yozuv.
Marshrut kvitansiyasi (Itinerary/Receipt) – sotuv tizimida avtomatik yuzaga keladigan, qog‘oz tarqatuvchida chop etiladigan yoki rasmiylashtirilgan va elektron chipta haqi to‘langandan keyin elektron pochta orqali xabar ko‘rinishida va yo‘lovchini tashish haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan, hujjat.
Varshava konvensiyasi - 1929-yil 12-oktabrda Varshavada imzolangan, 1955-yil 28-sentabrda Gaagada imzolangan, Bayonnoma bilan o‘zgartirilgan, mazkur tashishga bu hujjatlardan qaysi biri qo‘llanishi mumkinligiga qarab, xalqaro aviatashishlarning ba’zi qoidalarini unifikatsiya qilish uchun Konvensiya.
2. Tashuvchi tomonidan xalqaro, ichki aviatashishlar yoki xalqaro tashishlar doirasida ichki aviatashishni bajaruvchi, mazkur shartnoma bo‘yicha bajariladigan Tashish shartnomasiga Varshava konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilangan qoidalar va javobgarlik cheklovlari tatbiq etiladi.
3. 2-bandda bayon qilinganiga zid bo‘lmagan darajada, Tashuvchi tomonidan taqdim etiladigan, tashish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar mazkur shartnomaning qoidalari, Tashuvchining shartlari, qoidalari va talablari, shuningdek qo‘llaniladigan tariff qoidalari bilan tartibga solinadi.
4. Agar Sizni tashish bir necha Tashuvchi tomonidan bajarilayotgan bo‘lsa, ularning har qaysisi tashish shartnomasining turli qoidalari va shartlari hamda tariflarni qo‘llash qoidalarini qo‘llashga haqli.
5. Agar Tashuvchi boshqa Tashuvchining marshrutlarida tashish uchun chipta sotsa, u bunday Tashuvchining faqat agenti sifatida ishtirok etadi.
6. Chiptada tashuvchining nomi qisqartirilib ko‘rsatilishi mumkin. To‘liq nomi va uning qisqartmasi Tashuvchining tegishli tarif ma’lumotnomalari, tashish shartlari, qoida yoki jadvallarida bo‘ladi. Tashuvchining manzili chiptada tashuvchining birinchi qisqartma nomi qarshisida ko‘rsatilgan, jo‘nash aeroporti bo‘lishi kerak. Yo‘lovchiga berilgan, chiptada ko‘rsatilgan, yoki tashuvchining jadvalida belgilangan punktlar borish marshrutida to‘xtash punktlari kabi, kelishilgan to‘xtash punktlari hisoblanadi.
7. Tashuvchining har qanday istisnosi yoki javobgarlik cheklovi tashuvchining agentlari, xizmatchilari va vakillariga, shuningdek Tashuvchi tomonidan tashish uchun uning havo kemasidan foydalanayotgan har qanday shaxsga, hamda bunday shaxsning agentlari, xizmatchilari va vakillariga tatbiq etiladi.
8. Ro‘yxatga olingan bagaj faqat bagaj birkasini ko‘rsatuvchiga beriladi.
9. Chiptaning amal qilish muddati – Tashuvchining tashish yoki tegishli qoidalarida to‘lov uchun qo‘llangan, tarif qo‘llash qoidalarida boshqasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uni rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir yil. Shartnoma bo‘yicha bajariladigan Tashishga tarif tashish boshlanguncha o‘zgartirilishi mumkin. Agar tashish uchun tarif to‘lanmagan bo‘lsa Tashuvchi tashishni rad etishi mumkin.
10. Chipta unda ko‘rsatilgan reysda va sanada, hamda chipta nomiga rasmiylashtirilgan faqat o‘sha shaxs uchishi uchun yaroqli.
11. Foydalanilmagan tashish uchun to‘liq yoki qisman pulini qaytarish chipta rasmiylashtirilgan sanadan boshlab bir yil davomida chipta sotib olingan punktda, agar Tashuvchining tarifni qo‘llash qoidalari va boshqa qoidalarda boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, agar tashish marshrutning birorta ham bo‘lagida bajarilmagan bo‘lsa, yoki uchish sanasidan boshlab bir yil davomida tashishning birinchi bo‘lagida amalga oshiriladi.
12. Tashuvchi yo‘lovchi va bagajni tashish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni ko‘rish majburiyatini oladi. Tashuvchi uchishning bekor qilinishi yoki kechiktirilishini oldini olish uchun, qo‘shimcha to‘lovlarsiz, boshqa havo kemasida, boshqa Tashuvchining reysi bilan va/yoki boshqa har qanday yo‘l bilan uchib o‘tishni Yo‘lovchiga taklif qilishi mumkin. Jadvalda va boshqa hujjatlarda ko‘rsatilgan vaqt, mazkur shartnomaning tarkibiy qismi bo‘lmaydi. Jadval ogohlatirishsiz Tashuvchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
13. Yo‘lovchi safarlarga tegishli, uchish, belgilangan va tranzit mamlakatlar davlat organlarining barcha talablariga rioya qilishi, kirish, chiqish va boshqa zarur hujjatlar (pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa qonuniy guvohnoma)ga ega bo‘lishi kerak va tashuvchi tomonidan belgilangan va barcha parvozoldi davlat rasmiyatchiliklarini bajarish uchun yetarli bo‘lgan vaqtga aeroportga yetib kelishi lozim.
14. Tashuvchi yo‘lovchining shaxsiy ma’lumotlarini va tegishli reyslarda uning shaxsiy bron qilinishi bo‘yicha barcha ma’lumotlarni milliy va xorijiy davlat organlariga berish vakolatiga ega, bu organlar qonunda belgilangan qoidalarga muvofiq Tashuvchidan rasmiy ravishda bu to‘g‘risida so‘ragan hollarda.
15. Tashuvchi dastlabkidagi kabi va keyingi tashishda ham Yo‘lovchiga rad javobi berish huquqiga ega:
agar hududidan yoki hududi orqali va hududiga tashish bajarilayotgan mamlakatning davlat qonun va qoidalarida talab qilinadigan barcha zarur, haqiqiy, tegishli amal qilish muddati bilan va
tegishlicha rasmiylashtirilgan hujjatlar (pasport, boshqa yo‘l hujjatlari, vizalar va hk.) yo‘lovchining yonida bo‘lmaganda;
hududidan yoki hududi orqali va hududiga tashish amalga oshirilayotgan har qanday mamlakat davlat organlarining tegishli qonun, qoidalari, qarorlari va taqdimnomalari, shu jumladan yo‘lovchining kirishi rad etilgani haqidagi taqdimnoma buzilishining oldini olish maqsadida;
yo‘lovchi spirtli ichimlikdan yoki narkotikdan mast va/yoki yo‘lovchining jismoniy holati shunday bo‘lganda, bu tashuvchining alohida yordamini talab qilsa, tartibsizlikni yuzaga keltirsa, boshqa yo‘lovchilarga jiddiy noqulayliklar keltirib chiqarsa, yo‘lovchining o‘zi, boshqa shaxslar va/yoki ularning mulki uchun xavf-xatar, tahlikaga ega bo‘lsa, parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida;
yo‘lovchi parvozoldi ko‘rigidan o‘tishdan, tashuvchining qoidalari, yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalarini bajarishdan bosh tortgan holda;
yo‘lovchi ro‘yxatga olish tugash vaqtiga kechikib kelganda;
agar yo‘lovchi aviatransportda o‘zini tutishning belgilangan qoidalarini buzsa, tashuvchi va boshqa shaxsning mulkini ataylab buzish yoki ishdan chiqarish deb hisoblash mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirsa.
16. Tashuvchi yo‘lovchiga belgilangan mamlakatga kirish rad etilganda, bu yo‘lovchining chiqib ketishi va orqaga qaytarib tashishda kirish rad etilgan manzilda Tashuvchi tomonidan amalga oshirilgan barcha xarajatlarni yo‘lovchidan undirish huquqiga ega. Agar yo‘lovchiga bu kirishga rad etish va orqaga qaytarib tashish Tashuvchining xizmatchilari yoki uning agentlarining ataylab e’tiborsiz yoki pala-partishlik natijasi bo‘lgani, ataylab yoki e’tiborsizlik bo‘yicha va bunday xatti-harakatlar qanday oqibatlarga ega bo‘lishini anglagan holda, xizmat vazifalarini bajarishda sodir etilgani faqat isbotlanmasa, Yo‘lovchi kirish huquqisiz har qanaqa shunday xarajatlar uchun javobgar bo‘ladi. Bunday hollarda, xarajatlarni qoplash uchun javobgarlik, agar bunday shaxslar ular tomondan zarardan saqlanib qolish uchun barcha choralar ko‘rilgani yoki bunday choralarni ko‘rish mumkin emasligini isbotlamasalar, shunday ataylab yoki pala-partish xatti-harakatlar sodir etgan shaxslarga yuklanishi kerak bo‘ladi.
17. Tashuvchining agentlari, xizmatchilari yoki vakillaridan hech kim mazkur shartnomaning qoidalarini o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |