Turmahsulotni hisoblash jarayoni
Ushbu xolatda soddalashtirilgan, ammo barcha jarayonlarni tushuntirishga imkon beruvchi texnologiya taklif etiladi. O‘z tarkibiga Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarini oluvchi “Buyuk ipak yo‘lidagi qadimgi shaharlar” nomli turmahsulotni ko‘rib chiqamiz. Mazkur yo‘nalishni Fransiya turistlariga tavsiya etiladi. Sayohat muddati – 7 kun va 6 kecha. Hisob-kitobni bir nafar turist uchun amalga oshiramiz. Asosiy turmahsulot (turprodukt) tarkibiga qo‘yidagilarni kiritamiz.
Birinchi, transport xizmatlari (TSer) – Parijdan Toshkentgacha uchib kelish va orqaga. Biletning narxi ikki tamonga uchishiga 980 dollarni tashkil etadi.
Ikkinchidan, transfert xizmatlari (SerTr) – bu turistni aeroportdan mehmonxonagacha eltish va orqaga hamda turistni mamlakat bo‘ylab tansprortda olib yurish harajatlaridir. Aytaylik, bir kunlik mazkur harajatlar – 30 dollarni tashkil qilsin.
Uchinchidan, mehmonxonalarda yashash (Acc) – Toshkentda (2 sutka), Buxoroda (2 sutka) va Samarqandda (2 sutka), o‘rtacha bitta ikki o‘rinli nomer sutkasiga – 30 dollar. Mazkur harajat tarkibiga ertalabki nonushta harajatlari ham kiritilgan.
To‘rtinchidan, yuqorida qayd qilingan uchta shahar restoranlarida ovqatlanish (tushlik va kechki ovqat – 20 dollar).
Beshinchidan, uchta shaharda tarjimon – ekskursiya yetakchilarning (SerG) xizmatlari – sutkasiga 5 dollar miqdorida.
Oltinchisi, diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish (TurS) – muzeylar, Ko‘kaldosh madrasasi, Ulug‘bek observatoriyasi, Registon maydoni, Shohi-Zinda ansambli, Labi-xovuz majmui va boshqa tarixiy, arxitektura, madaniyat ob’ektlari (jami – 50 dollar).
Yettinchisi, turni tashkil etgan turfirma harajatlari va foydasi (IaP), turetakchining kutib olishi-kuzatishi – 100 dollar.
Sakkizinchisi, boshqa davlatda turistni tashrif buyurgan barcha kunlari uchun ixtisoslashgan kompaniyaga sug‘urta to‘lovi (badali) (SK) – sutkasiga 2 dollar miqdorida. Shunday qilib, turmahsulot summasi:
OTur = TSer ($980) + SerTr ($30x7 kun) + Acc ($30x 6 kun) + FR ($20x7 kun) + SerG ($5x7 kun) + TurS ($50) + IaP ($100) + SK ($2x7) = 1709 dollar. Shuni hisobga olish zarurki, bu dastlabki narxlardir, biroq, turfirma doimo harajatlarni qisqartirishi va aviakompaniyalardan, avtotransport tashkilotlaridan mehmonxonalaridan, diqqatga sazovor korxonalardan chegirmalar olishi mumkin. Qo‘shimcha xizmatlar mijozning istak-hohishi bo‘yicha kiritilishi mumkin. Masalan, turistlar uchun bo‘sh vaqt ajratiladi (harid uchun, mustaqil sayohat uchun va h.k.). Bunda Xumsan tog‘larida otda sayr qilish (Bo‘stonliq rayoni), qimizdan tatib ko‘rish, Buxoroda hammomga yoki shaxsiy turar joylarga tashrif buyurish, Samarqandda – to‘yda yoki tantanali marosimlarda ishtirok etish. Firma bunday madaniy xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilot va muassasalar bilan olidindan shartnomaga ega bo‘lishi kerak. Tabiiyki bunday qo‘shimcha xizmatlar) turmahsulot narxini qimatlashtiradi. Turmahsulot o‘z tarkibiga marshrutni batafsil ifodalashni kiritadi. U quyidagicha bayon qilinishi mumkin:
Birinchi kun. Parijdan Toshkentga uchib kelish (6.05 s.).Mehmonxonaga transfert (8.00). Joylashish va dam olish (to 9.30 gacha). Shahar bo‘ylab sayohat (10.00-13.30). Restoranda tushlik (13.30-14.30). Ekskursiya yetakchisi hamkorligida madrasalar va madaniy markazlarga tashrif (13.30-17.30). Teatrlashtirilgan namoyishda ishtirok etish (18.00-19.30). Kechki ovqat (20.00 da). Uyqu yotish/bo‘sh vaqt.
Ikkinchi kun. Nonushta (7.30-8.00). Tarixiy joylarga sayohat (8.00-13.30). Tushlik (13.30-14.30). Bo‘sh vaqt (14.30-20.00). Kechki ovqat (20.00-21.00). Uyquga yotish/bo‘sh vaqt.
Uchinchi kun. Nonushta (7.30-8.00). Samarqandga jo‘nash (8.00-13.00). Joylashish va dam olish (13.00-14.00). Tushlik (14.00-15.00). Shahar bo‘ylab sayr qilish, Registondagi teatrlashtirilgan shouda ishtirok etish (15.00-20.00). Kechki ovqat (20.00). Uyquga yotish/bo‘sh vaqt.
Do'stlaringiz bilan baham: |