3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
gid (gid-tarjimon)
— axborotga oid va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatish, turistlar va
ekskursantlarni vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) turistik resurslar bilan tanishtirish uchun
kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs;
yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi
— turistik yo‘nalishlarda turistlar va ekskursantlarga hamrohlik
qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan,
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs;
mustaqil turizm
— turistlar tomonidan turoperatorlar va turagentlar ishtirokisiz mustaqil
ravishda tashkil etiladigan sayohat;
Do'stlaringiz bilan baham: |