Turizm tarawlarinin’ u’yreniliwi ha’m rawajlaniw derekleri Avtor,,,,,, Annotaciya.,,,,,,,, Kirisiw



Download 37,93 Kb.
bet1/4
Sana08.04.2023
Hajmi37,93 Kb.
#926052
  1   2   3   4
Bog'liq
Turizm 1


Turizm tarawlarinin’ u’yreniliwi ha’m rawajlaniw derekleri
Avtor,,,,,,
Annotaciya. ,,,,,,,,
Kirisiw Turizm ko'plab davlatlarda iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biridr.Shu boisdan, dunyoning ko‘plab davlatlari tomonidan ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Turizm (tourism) atamasi birinchi marta 1830 yilda V. Jekmo tomonidan qoʻllanilgan.“Turizm” soʻzi fransuzcha “tour” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “yurish” degan maʼnoni bildiradi. Yaqin vaqtgacha turli mamlakatlarda “turizm”, “turist” tushunchalari turlicha tushunilgan.(1)
Turizm industriyasi jahon xo‘jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli soha hisoblanadi. Turizm har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Turizm iqtisodiyotini sayohatchilarning ehtiyojlari va istaklarini qondirish uchun mo'ljallangan turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish yana iste'mol qilishda rivojlanayotgan iqtisodiy munosabatlarni o'rganadigan va tahlil qiladigan fan deb ta'riflash mumkin. Bugungi kunda turizm jaxonda serdaromad va jadal rivojlanayotgan soxalardan biri bulishi bilan birga mamlakatlararo ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustaxkamlashda xam muhim o'rin egallamoqda. Ayniqsa, bu soha mehnattalab sanoat ish o'rinlarini yaratishda peshqadamlik qilayotganini, tabiiy va madaniy muxitni asrash hamda barqaror rivojlanishda ro'l o'ynayotganini, xalqlar va millatlararo totuvlikni ta'minlashga hissa qo'shayotgani aloqida takidlab o'tish joiz.
Xalqaro turistlar tashrifi bo’yicha lider mamlakatlar. (Mln.kishi).
Jahon turistik tashkilotining 2019 yil malumoti

No

Mamlakatlar

1995

2000

2005

2010

2015

2019

1

Franciya

60,0

74,5

76,0

79,5

84,5

89

2

Ispaniya

34,1

48,5

55,6

56,7

68,2

83,5

3

AQSH

43,5

52,7

49,4

62,3

77,5

79,4

4

Xitoy

20,0

31,2

46,8

57,6

56,9

65,7

5

Italiya

31,1

41,2

36,5

46,1

50,7

64,5

6

Turkiya

7,1

9,6

20,3

29,3

39,5

51,2

7

Meksika

6,8

20,0

21,9

23,4

32,1

45,0

8

Tailand

7,0

9,5

11,6

15,9

19,7

39,9

9

Germaniya

14,8

18,9

21,5

28,4

35,0

39,6

10

Buyuk britaniya

18,0

24,9

30,0

29,2

34,4

39,4




Dunyo bo’yicha

531

680

809

952

1,196

1,460

Manba:Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)
XX asrning 90-yillari oxiriga kelib, Xalqaro turistik sayohatlar soni 650 milliondan oshdi. BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotida 2015 yilda dunyo bo‘yicha 1 milliard 184 million sayyoh qayd etilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 1 milliard 235 millionga ya'ni, 3,9 foizga oshgan. Sayohatchilarga ko‘rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda qariyb 1,5 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. 2016–2017 yillarda ham bu raqamlarda katta tafovutni ko‘rish mumkin.
Turizmdan oladigan daromad bo’yicha lider davlatlar (mlrd.dollar)
Jahon turistik tashkilotining 2019 yil malumoti

No

Mamlakatlar

1995

2000

2005

2010

2015

2019

1

AQSH

61,1

85,2

81,7

62,3

204,5

214,1

2

Ispaniya

25,3

31,0

47,9

56,7

56,5

79,7

3

Fransiya

27,5

29,9

42,3

79,5

45,9

63,8

4

Tailand

7,6

9,5

9,6

20,1

44,6

60,5

5

Buyuk Britaniya

19,1

19,5

30,7

29,2

45,5

52,7

6

Italiya

27,4

27,4

35,4

46,1

39,4

49,5

7

Yaponiya

4,8

5,9

15,5

15,3

19,7

46,1

8

Avstraliya

14,6

11,4

15,5

5,8

7,4

45,7

9

Germaniya

12,8

17,8

29,2

28,4

36,9

41,6

10

Xitoy

8,7

16,2

29,3

57,6

56,8

40,1




Dunyo bo’yicha

317

536

565

728

1,260

1,481

Manba:Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)
Xalqaro turizmdan keladigan daromadning asosi qismi Evropa va shimoliy Amerika davlatlariga to’g’ri keladi. AQSH, Ispaniya, Frasiya, Italiya, Germaniya kabi davlatlar xalqaro turizmdan eng ko’p daromad oladi.
Turizm dunyo yalpi ichki mahsulotining taxminan 5%ini tashkil etadi, rivojlangan mamlakatlarda deyarli 10% aholi turizm sohasida band. COVID-19 pandemiyasi oqibatida turizm sohasi eng katta talafot ko‘rgan tarmoqlardan hisoblanadi. Jahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda xalqaro turizm 72%ga yoki turizm xizmatlaridan tushumlar 1,1 trillion dollarga kamayib, 1990 yil darajasiga tushib qoldi. Natijada 935 mlrd. dollar miqdorida eksport daromadlari yo‘qotildi.1
Keyingi yillarda Oʻzbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish, shu jumladan, imkon qadar qulaylik yaratish, tarmoqning raqobatbardoshligini yanada oshirish, ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash va jahon bozorida milliy turistik mahsulotni faol tanitib borish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tizimli ishlar turistlar oqimini oshirish, infratuzilmani modernizatsiyalash, viza rejimini erkinlashtirish borasida sezilarli natijalarga erishishga muvaffaq bo'lindi. Masalan, eng liberal viza rejimlari reytingida 2019 yilda Oʻzbekiston MDH mamlakatlari orasida ikkinchi o'rinni egalladi.
O‘zbekiston katta tarixiy-madaniy merosga – 7300 dan ortiq qadimiy-me'moriy va arxeologik obidalarga ega. Ularning ko‘pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon va Toshkent shaharlarida joylashgan. Yurtimizdagi 200 dan ziyod tarixiy yodgorlik va obidalar YUNESKOning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
O'zbekiston Respublikasining «Turizm to'g'risida»gi qonunida turizm tushunchasiga quyidagi tarzda ta'rif berilgan: Turist - jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog'lomlashtirish, ma'rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanmagan holda uzog'i bilan bir yil muddatga jo'nab ketishi (sayohat qilishi).2
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil oxirida " O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonni imzolagan edi, unda turizm infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, viza berish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Turizm masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish toʻgʻrisida. Muvofiqlashtiruvchi kengashning tashkil etilishi turli vazirliklar, idoralar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida turizmni rivojlantirish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtirish, shuningdek, mamlakatimizda turizmni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni tezkorlik bilan ko'rib chiqish va hal etish imkonini beradi.
Ma'lumki, O'zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarga boy mamlakat. Mana shu bebaho merosimizning ko'pgina qismi insoniyat mulkiga aylanganligiga ko'p vaqt bo'lgan.YUNESKOning Jahon meʼrosi ro'yxatiga Xivadagi Ichan Qala 1990-yil, Buxoroning tarixiy markazi 1993-yil, Shahrisabzning tarixiy markazi 2000-yil kiritilgan. 2001-yil 12-16-dekabr kunlari Finlyandiyaning Xelsinki shahrida YUNESKO Jahon merosi Qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib, unda Samarqand shahri ham YUNESKOning Jahon merosi ro'yhatiga kiritildi.3
Shu bilan birga Qoraqalpog’iston Respublikasi ham dunyo masshtabida turizmni rivojlantirishning o’zig hos tamonlarini biriktrgan turistik rayon hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Qoraqalpog’istonda 300 dan ziyod turistik obiyekt bor bo’lib, shuning 23 tasi turstlarni qabul qilmoqda. Shuning uchun regiyonda yirik shahar qal’alarning borligi turistik rayonda katta imkoniyatlar borligidan darak beradi.
Bunga misol tariqasida Mizdaqxan tariyxiy arxeologik kompleksi , “Gawirxala”, “Jambasxala”, “Topiraqxala” va “Ayazxala” ka’bi qadimiy obidalarni sayohat yo’nalishlariga kiritish imkoniyati bor.
Hozirgi vaqtda Mo‘ynoqda turizmni rivojlantirish yo‘nalishlariga asos solindi.Tuman markazida “Orol dengizi unikal minerallariga to‘yingan balchiq (gryaz) bilan davolash”, «Moynaq City Center» savdo-turizm kopleksi, “Orolning sertuzli davolash vannalarini qabul qilish” kabi turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi “Turizm Markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident tomonidan 28 fevral kuni imzolangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini 2017-2018 yillarda iqtisodiy rivojlantirish va bandlikni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda ko‘zda tutilgan. Mo‘ynoq tumani tabiiy resurslarga boyligi, geografik joylashuvi, yuksak turizm salohiyati, madaniy meros obyektlari va ulkan mehnat resurslari bilan o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan hudud hisoblanadi
Malumki, turizm va turistik xizmatlar xilma-xildir.Shu sababli,Turizmni tasniflash katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.Aytish kerakgi, uning barchani qanoatlandiradigan, umumiy qabul qilingan tasnifini yaratish ancha mushkil masala.Turizmning ilmiy-nazariy masalalari bilan shug’illangan bir qator olimlar tamonidan mazkur soxanda turlicha yondoshuvdagi klassifikaciyalarni uchratish mumkin. Turizm turlarining funksional tasnifi sayohat maqsadi bilan belgilanadi.
Jahon turizm tashkiloti turizmni sayohat maqsadlariga ko’ra bir biridan farq qiluvchi 6 ta turga ajratadi.(4)
1.Rekratsiya
2.Madaniy turizm
3.Sport
4.Salomatlik
5.Ish maqsadida
6.Rag’batlantirish maqsadida

Download 37,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish