Туризм, таълим ва и қ тисодиёт тармо қ лар


TURIZMNI TASHKILLASHTIRISHDA GEOAXBOROT



Download 7,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/285
Sana12.03.2022
Hajmi7,11 Mb.
#491948
TuriСборник
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   285
Bog'liq
Интеграция туризма, образования и экономики

TURIZMNI TASHKILLASHTIRISHDA GEOAXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA ULARNI YARATISH TEXNOLOGIYALARI. 
Shirinov Z.Z, Jo‘raqulov J.J., 
Buxoro davlat universiteti
Geografik axborot tizimi ( GAT yoki GIS) – bu geografik axborotlarni kiritish, 
saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish va tasvirlash uchun xizmat qiladigan apparatli va 
dasturiy vositalar to‘plamidir.
GIS texnologiyasi bevosita ma’lumotlar bazasi ishlashga qaratilgan bo‘lib, 
so‘rov tillari va ma’lumotlarni statistik tahlil qiladi, axborotlarni xaritalarda 
vizuallashtirish va geografik tahlil qilishga qaratilgan.
Elektron xarita (ingl.: electronic map ) - kompyuterning ekranida ko‘rinadigan 
holda aks ettiriligan xaritagrafik tasvir. U raqamli xarita yoki geoaxborot tizimining 
ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar asosida tuziladi.
GIS tizimida mavjud elektron xarita ma’lumotlarini kiritish ikki xil usulda 
bo‘ladi: 
1) vektorli GIS; 


94 
2) rastrli GIS. 
Vektorli GIS vektor ko‘rinishidagi ma’lumotlarni yuqori aniqlikdagi nuqta, 
chiziq va poligon shaklida kiritadi. Bu shahar territoriyalari yoki ko‘chmas mulk 
chegaralarini aniqlashda muhim o‘rin egallaydi. 
Rastrli GIS bunda xarita ma’lumotlari rasm ko‘rinishida bo‘ladi. Bu ma’lumotlar 
skaner yoki digitayzer yordamida kiritiladi. Rastr ma’lumotlar statistik tahlil yoki 
vektorli GIS holatiga o‘tkazishda ishlatiladi.[1] 
Soddaroq geografik axborot tizimini yaratish uchun foydalanuvchidan Html 
tilida JavaScript tilini qollay olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bunda u JavaScript 
tilida hodisalarni qayta ishlashni va Html tilining IMG, MAP va AREA teglarini juda 
yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.
 elementi grafik fayllarga ilovalar hosil qilish uchun ishlatiladi (image). 
U oxirgi tega ega emas va uning uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar atributlar orqali 
beriladi.
IMG elementining alohida qismlari ilovalar bilan bog’liq va bir sahifadan 
boshqasiga o‘tishni amalga oshirib bera oladigan rasmlar va tasvirlar yaratish imkonini 
beradi. Bunday tasvirlarni kartalar (map) deb ataladi. Agarda kartadagi sichqoncha 
bilan turtishni serverda joylashgan programma qayta ishlasa, u holda elementga ismap 
atributi qo‘shiladi va u quyidagicha yoziladi:
usemap =“usemap”
Ushbu nom AREA va MAP elementlarining tegishli atributlari bilan mos 
keltiriladi va bu kartaning konfiguratsiyasini aniqlaydi. Usemap atributining berilishi 
IMG elementiga A elementi uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni beradi, ya’ni, bunda 
sahifalararo o‘tishlarni amal ga oshirish mumkin bo‘lib qoladi. Ba’zi paytlarda esa 
AREA, IMG va MAP elementlarining birgalikda ishlatilishi kerak bo‘lib qoladi.
elementlari kartaning aniqlanilishi uchun kerak. 
Uning ichida karta maydonlari AREA elementlari yordamida aniqlanadi va kartaning 
nomi quyidagi atribut orqali beriladi:
name=“Nomi”
Kartaning har bir maydoni uchun o‘z IMG elementi hosil qilinishi kerak. Bu 
element esa o‘z tarkibiga ilovani ko‘rsatuvchi href atributini olishi lozim:
href=“Manzil” 
Kartaning tasviriga muqobil bo‘lgan matnni aniqlash uchun ishlatiladigan 
quyidagi atributni aniqlash zarur emas:
Alt=“TuShuntirish matni” 
Bu atribut matnli brouzerlar uchun zarur, ammo u izoh tariqasida ham ishlatilishi 
kerak. Kartadagi maydonning qandayligini aniqlash atributlarini
berish zarur. Umuman, uch turdagi maydonni aniqlash mumkin: aylana
(circle), to‘rtbutchak (rect) va ixtiyoriy ko‘rinishdagi ko‘pburchak (polygon).
Aylanma maydonini aniqlash shabloni quyidagicha:
shape=“circle” coords=x,y,r
Ixtiyoriy konfiguratsiyaga ega bo‘lgan maydonni aniqlash uchun ko‘pbutchakning har 
bir burchagi koordinatalari (x, y) quyidagicha
beriladi:
shape=“poly” coords=x1,y1, x2,y2, x3,y3 


95 
To‘gri to‘rtburchakli maydonni aniqlashda uning yuqoridagi chap
va o‘ngdagi pastki burchaklari koordinatalari beriladi:
shape=“rect” coords=x1,y1, x2,y2 [2] 

Download 7,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish