Turizm: nazariya va amaliyot



Download 216,88 Kb.
bet3/17
Sana28.06.2022
Hajmi216,88 Kb.
#713513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
RAZZOKOVA SHAXL-WPS Office (1)

Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishini yozishdan maqsad O’zbekistonda ichki turizmni rivojlanishtirishda turizm bosqichlarini o’rgangan holda chora tadbirlarni amalga oshirish. Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o’zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Biroq, murakkab o’tish davri bilan bog’liq talaygina muammolar tufayli bu sohada ham ayrim kamchiliklar mavjud. Afsuski ichki turizmni rivojlantirishga bir qancha to’siqlar ham mavjud. Ichki turizmni rivojlantirish uchun tur marshrutlarning yo’lga qoyilmaganligi asosiy sabab bo’lsa, ikkinchi sabab aholida ziyorat manzillari haqida yetarli ma’lumotlarning yo’qligidir. Viloyatlar miqyosida emas, hattoki tumanlar miqyosida ham ziyorat maskanlari haqida qo’shni tumandagilarning bexabarligi achinarli holat albatta. Ushbu kamchiliklar o’rganilib ularni bartaraf etish lozim.
Kurs ishi tarkibi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, olti bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan bo’lib –betdan iborat.
I BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM TURLARI, SALOHIYATI, TURIZMNI RIVOJLANTIRISH TARIXI.
1.1 O‘zbekiston Respublikasida turizm turlari.1
Turizmdagi turlarni va ko’rinishlarni tasniflashdagi chalkashliklar ham turizmdagi turlarga, turistlar sonini, harakatlanishini, xizmatlar turini ham aralashtirish, turizmdagi haqiqiy turlar xilini aniqlashni ham qiyinlashtiradi, haqiqiy turlarning qaysilari muhimrog’u, qaysi turlar o’z salohiyati bo’yicha keyinroq turadi, ajratish mushkul. M.N.Pardayev, R.Atabayev (2007 yil) keltirgan ma’lumotlarida Turizm turlari asosan quyidagi belgilari bo’yicha tasniflanadi. Bularga: - turizm turlarini tashkil etish bo’yicha; - xizmat ko’rsatishi bo’yicha; - maqsadi bo’yicha; - foydaliligi bo’yicha kabi belgilar kiradi. Turizmni tashkil etilishi bo’yicha tasniflansa u ikki guruhga bo’linadi: rejali tashkil qilingan, rejasiz o’zboshimcha harakat qiladigan. Rejali tashkil qilingan turizmga davlat tomonidan qonunlar yoki boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadigan odamlarning harakati tushuniladi. Bu faoliyatni davlat va nodavlat turistik tashkilotlari, turli firma va kompaniyalar amalga oshirishi mumkin. O’zbekistondagi turizmning asosiy qismi rejali tashkil qilingan turizmga kiradi. Rejasiz o’zboshimcha harakat qilingan turizmga o’z ixtiyori bilan mustaqil tashkil qilingan odamlarning harakat turi kiradi. Bu asosan ko’ngilli turistik jamiyatlar, ittifoqlar va jismoniy shaxslar tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Turizmning ushbu turi orqali tog’u-toshlarga sayohat, turistik yurish, musobaqalar uyushtirish, boshqa hudud va mamlakatlarni ko’rib tomosha qilib kelish uchun borish kabi faoliyatlar amalga oshiriladi. Bu jarayon ham turli turistik birlashmalarning mamlakat qonunlariga va xalqaro me’yorlarga zid bo’lmagan ichki nizom va boshqa tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Mamlakatimizda turizmni tashkil qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar tegishli ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo’lishlari lozim. Bu masala «O’zbekturizm» tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi va shu tashkilot muvofiqlashtirib beradi. Turizm maqsadi bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi: - salomatlikni tiklash; - dam olish; - sport musobaqalariga qatnashish yoki sport mashg’ulotlarini o’tkazish; - ilmiy va ma’rifiy ekspeditsiya; - atrof-muhitni, diqqatga sazovar turistik ob’ektlarni o’rganish; - ziyorat qilish kabilar.
Turizm foydaliligi bo’yicha ikki guruhga bo’linadi: iqtisodiy samarali turizm va ijtimoiy samara beradigan turizm. Iqtisodiy samarali turizmga shunday turizm kiradiki, u turistlarni qabul qiluvchi mamlakat bo’lib, ularga xizmat qilish orqali ularning daromadlarini ta’minlaydi. Aynan turizmning shu jihati uning iqtisodiy soha ekanligidan, foyda keltiruvchi faoliyatligidan dalolat beradi. Qaysi hudud yoki mamlakatda turistik ob’ektlar mavjud bo’lsa o’shalar uning turistik salohiyatini belgilaydi. Turizmdan foyda qilaman degan davlat, kompaniya yoki shaxslar aynan ana shu salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko’rishi lozim. Ta’kidlanganidek, O’zbekiston, ayniqsa Samarkand, Buxoro, Xiva shaharlari misilsiz turistik imkoniyatlarga ega. Agar ushbu sohani tez rivojlantirilsa aholining ko’p qismi ishga joylashadi, daromadi oshadi. Shu tufayli turizm industriyasini rivojlantirish O’zbekistonda eng ustuvor sohalardan biriga aylanmog’i lozim. Ijtimoiy samara beradigan turizm ham boshqa mamlakatlar singari O’zbekistonda ham rivojlangan. Bu soha bevosita aholining ijtimoiy sohaga muhtoj qatlamini, ya’ni maktab o’quvchilarini, pensionerlarni, talaba-yoshlarni, nogironlarni, keksa nuroniylarni, urush va mehnat faxriylari kabi aholining shunday toifasini sayohat qildirish tushuniladi. Eng muhimi ushbu sohaga qo’yilgan investitsiya foyda olish uchun emas, balki ijtimoiy qullab-quvvatlash uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bu maqsad uchun mablag’ davlat byudjeti, davlat tashkilotlari va turli nodavlat jamg’armalar va shaxslar (jismoniy, yuridik) ajratmalari hisobidan shakllanadi. Butunjahon turizm tashkiloti (VTO) esa – turizmning beshta turini istiqbolli yo’nalish deb e’lon qilgan.
1. Sarguzasht turizmi. Bu tur asosan tog’ cho’qqilariga chiqish, suv osti kemalarida sayohat qilish va «erning oxiri»ga sayohat yo’nalishlarida rivojlanib bormoqda. O’zbekistonda bu turni tog’ so’qmoqlari, cho’llar bo’ylab va Orol dengizi havzasiga sayohat marshrutlari bo’yicha rivojlantirish mumkin.
2. Dengiz va suv havzalari bo’ylab sayohat turizmi.
3. Madaniyatni o’rganish turizmi. a) diniy ziyoratgoh turizmi; b) Madaniy-tarixiy turizm.
4. Ekoturizm.
5. Mavzuli turizm. a) iqlimni o’rganish; b) hayvonot olamini o’rganish; v) o’simlik dunyosini o’rganish; g) paleontologiyani o’rganish.
1.1.1-rasm


Download 216,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish