Turizm nazariya va amaliyot faniga kirish. Reja


Turizmni o‘rganishda asosiy yondashuvlar



Download 39,98 Kb.
bet4/4
Sana20.06.2022
Hajmi39,98 Kb.
#682460
1   2   3   4
Bog'liq
Turizm nazariya va amaliyot faniga kirish.

Turizmni o‘rganishda asosiy yondashuvlar

Hozirgi zamon xorijiy ilmiy adabiyotlarida Turizm tushunchasini aniqlashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Bu yondoshuvlarni turlicha belgilarga qarab bir necha guruhlarga birlashtirish mumkin:

  • turizm odamlarni yo’nalish bo’yicha aniq ob’ektga tashrif byurishi yoki maxsus qiziqishini qondirish va doimiy yashash joyiga qaytib kelishi harakatlarining alohida shaklidir;

  • turizm odamlarning harakatlanishi (joyini o’zgartirishi), ularni doimiy yashash joyida bo’lmasligi va qiziqqan ob’ektida (safarda) vaqtincha bo’lishi;

  • turizm shaxsni uni ijtimoiy-gumanitar funktsiyasi orqali (tarbiyaviy, ta’limiy, sog’lomlashtirish va sport) amalga oshiriladigan rivojlanishining alohida shaklidir;

  • turizm dam olishni, bo’sh vaqtni o’tkazishning ommaviy shaklidir;

  • turizm odamlarga vaqtincha doimiy yashash joyida bo’lmagan paytida xizmat ko’rsatish bo’yicha xo’jalik sohasidir;

  • turizm bozor segmenti sifatida iste’molchilarga o’z mahsulotlari va xizmatlarini (marketing nazariyasi nuqtai nazaridan) taklif etish maqsadida an’anaviy xo’jalik tarmoqlari (transport, umumiy ovkatlanish, mehmonxona xo’jaligi, madaniyat, savdo va boshqa.) bilan bozorga chiqadi;

  • turizm hodisa sifatida mutlaqo dam olish deb ongimizga singib ketgan an’anaviy tasavvurlarga sig’maydi.

1991y Ottava, (Kanada)da bulib o’tgan BTT - Butunjahon turistik tashkiloti sayohat va turizm statistikasi bo’yicha konferentsiyada kontseptsiya sifatida talablar yo’nalishi tanlandi va turizm shunday belgilanish oldi: «Turizm -odatdagi muhitdan tashqarida dam olish, ishga aloqador va boshqa maqsadlarda bir yildan ko’p bo’lmagan davrda bo’lgan sayoxat va joylarda bo’lishni amalga oshirgan shaxs faoliyati»;
Turizm - jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy - amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda uzog’i bilan bir yil muddatga jo’nab ketishi (sayohat qilishi) dir. (O’zbekiston Respublikasining «Turizm to’g’risidagi qonuni». 3 modda. 1999 yil 20 avgust). Tizimli yondoshuvdan foydalanib, «turizm» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz, Amerikalik professor Meynsen universiteti, Oklend sh. Leyper kontseptsiyasini ajratamiz. U turizmni uch asosiy elementlardan iborat tizim deb ataydi:

  • Geografik komponent;

  • Turistlar;

  • Turistik industriya.

Geografik komponent o’z o’rnida qo’yidagi elementlarni qamrab oladi:

  • turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqa;

  • tranzit mintaqa;

  • turistik manzil (destinatsiya)lar mintaqasi.

Turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqa o’zida turistlar o’z sayohatini boshlagan uni tashkil qilgan joy sifatida namoyon bo’ladi. Tabiiyki, turizm industriyasida asosiy marketing operatsiyalari xuddi shu erda amalga oshiriladi. Turistlarni vujudga keltiruvchi mintaqada doimiy ravishda potentsial iste’molchilarni sayohatga chorlovchi, rag’batlantiruvchi jarayonlari kechadi. Odamlar turli mamlakatlar haqida kitoblar o’qiydilar, jurnallarni tamosho qiladilar, reklama axborotlarini o’rganadilar, televizor ko’radilar, tanish-bilishlari, qarindosh-urug’lari bilan muloqatda bo’ladilar va nihoyat ma’lum qarorga keladilar va sayohatga yo’l oldilar. Tranzit so’zining ma’nosi bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga uchinchi mamlakat tuprog’i orqali yo’lovchilar va yuklarni olib o’tish tushuniladi. Tranzit mintaqasi (tranzit yo’nalish) turistlarni «vujudga keltiruvchi» va turistik destinatsiya (manzil)lar o’rtasida bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi. Bu tushuncha mazkur sxemaning eng muhim elementlari sanaladi. Chunki tranzit mintaqa orqali turli turistik oqimlar o’tishi mumkin. Ammo biroq sayohatning maqsadi bu turistik destinatsiya mintaqasidir.
Destinatsiya tushunchasi, uning mohiyati va xususiyatlariga to’xtalamiz. «Destinatsiya» lotincha so’zdan kelib chiqqan bo’lib, turar joy (o’rin, manzil, makon) ma’nosini anglatadi. Bu atama XX asrning 90-yillarida turizm sohasida keng qo’llanila boshladi. Xorijiy adabiyotlarda «destinatsiya» tushunchasini aniqlashtirish uchun ikki xil yondoshuv mavjud. Birinchi yondoshuvda destinatsiya ma’lum (prof. Leyper tabricha) geografik chegaraga ega territoriya sifatida talqin etiladi. Boshqa nuqtai nazardan «destinatsiya» - bu turistlar uchun jalb etuvchi geografik territoriya bo’lib hisoblanadi. YA’ni jalb etuvchi kategoriya birinchi o’ringa chiqadi. U turli turistik guruhlar uchun bir xil bo’lmasligi mumkin. Shunday qilib, destinatsiya (boriladigan manzil) sayohatchilarni vaqtincha bo’lishga jalb qiladi. Chunki u ular yashaydigan mamlakatda bo’lmagan xarakterli xususiyatlarga egadir. Bu joylar turizm industriyasi turistlarni joylashtirish, ovqatlanishini tashkil qilish, sayr - tamosho va dam olish, sayohlik ehtiyoj tovarlari va suvenirlarning chakana savdosini tashkil qilishga mo’ljallangan. Shunga qaramasdan, har qanday joyni destinatsiyaga kiritib bo’lmaydi. Joy (hudud) destinatsiya deb atalishi uchun quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak.
Birinchidan turistlarni qabul qilish uchun zarur ma’lum xizmatlar to’plami mavjudligi, bu shunday xizmatlar to’plami bo’lishi kerakki, turistga mahsulot taklif qilinganda aytilganidan ziyoda xuddi turist kutayotganiday bo’lsin. Bunday to’plamga birinchi navbatda quyidagilar kiradi:

  • destinatsiya (manzil)ga olib borish va qaytib kelish hozirgi paytda turistlarni tashishda qulay va sifatli transport xizmatiga talab oshmoqda;

  • yetarli darajada xizmat ko’rsatiladigan tunash (otellar, kempinglar, dala hovlilar va boshqalar mavjudligi) va ovqatlanish (restoranlar, kafe, barlar va boshq.) jarayonlari.

Ikkinchidan, turistlarni qiziqtiruvchi diqqatga sazovar joylarning mavjudligi, xuddi ana shu borada destinatsiyalar o’rtasida raqobat vujudga keladi. Qancha ko’p yangi narsalarni tamosho qilish, miriqib sayr qilish, xordiq chiqarish imkoniyati bo’lsa, shunchalik turistlarning qiziqishi va kelishi ortib boradi.
Uchinchidan Turistik bozorda mahsulot harakatlanishida zarur vosita hisoblangan axborot tizimining mavjudligidir. Bu eng avvalo rezervlashtirish va bronlashtirish axborot tizimiga kirish imkoniyatidir. Shunday qilib, destinatsiya bu ma’lum xizmatlar taklif qiladigan, turistning ehtiyojini qondiradigan, maqsadlari talabiga javob beradigan territoriya yoki manzildir.
Destinatsiya birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin. Birlamchi destinatsiyaga o’zining jalb qilish xususiyatlari bilan mijozni tashrif buyurishga chorlaydi. Bundan ko’zda tutilgan asosiy maqsad-bu qiziqishni ma’lum etarli uzoq vaqt oraliqda (masalan, bir haftaga) qondirishdan iborat.
Ikkilamchi destinatsiya (yoki yo’lda to’xtash) birinchi destinatsiyaga borish yo’lida to’xtalmasa bo’lmaydigan joyni bildiradi. Ikkilamchi destinatsiyaning asosiy vazifasi turistlarni bir - ikki kunga istaklarini qondirishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Fayzieva SH. Osnovnie napravleniya razvitiya turizma v Uzbekistane. // Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana. № 3-4, 2004. – 61 b.

  2. Turizm istiqbollari. // O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi.№ 1. 2014. -11.b.

  3. http://www.gohk.gov.hk/eng/welcome/index.html

  4. http//www. Lex.uz

Download 39,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish