Turistlik klass 2-3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni doimo aviareyslarning iqtisod klasslarida uchishni, shved stoli bo‘yicha ovqatlanishni, guruhli transfertni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat ko‘rsatish turidir. - Turistlik klass 2-3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni doimo aviareyslarning iqtisod klasslarida uchishni, shved stoli bo‘yicha ovqatlanishni, guruhli transfertni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat ko‘rsatish turidir.
- Iqtisod klassi. Eng arzon xizmat ko‘rsatish turidir. Odatda iqtisod klassidan talabalar va kam ta’minlanganlar foydalanadi. Ushbu klass dasturlari yuqori darajada bo‘lmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni ko‘zda tutadi: 1-2 yulduzli mehmonxonada joylashtirish, yotoqxona va xostellarda joylashtirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyili bo‘yicha faoliyat yurituvchi kichik va kooperativ mehmonxonalarda joylashtirish, charter aviareyslarida uchish, kutib olish va kuzatish jamoat transportida amalga oshirilishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda hammasi tejamli va arzon.
- Ammo shuni unutmaslik lozimki, ushbu belgilashlarning barchasi shartlidir va ko‘pincha ular milliy variantlar va farqlarga ega. Nima bo‘lganda ham turni sotib olishda har bir xizmat darajasini va uning tarkibini aniqlashtirish lozim.
Xizmatlar paketi - Kompleks xizmat ko‘rsatish o‘z ichiga turistlik xizmatlar to‘plami turpaketni oladi. Turizmda xizmatlar turli tumandir: joylashtirish, ovqatlantirish, tanishish, ekskursion, dam olish-ko‘ngilochar va maishiy xizmatlar, sport va kurort dasturlari, turistlik safarlar va h.k.
- Turistlik amaliyotda asosiy va qo‘shimcha xizmatlar tushunchalari amal qiladi. Ular o‘rtasida qanday farq bor? Iste’molchilik xususiyatlari nuqtai nazaridan ular o‘rtasida hech qanday farq mavjud emas. Ekskursiyalar agar ular turning narxiga va kompleks xizmat ko‘rsatishiga kiritilgan bo‘lsa ular asosiy xizmatlar hisoblanadi, ammo agar turist o‘z xohishiga binoan to‘langan turga qo‘shimcha ravishda yana biror ekskursiyani harid qilsa, bu qo‘shimcha xizmatga aylanadi. Shunday qilib, asosiy va qo‘shimcha xizmatlar o‘rtasidagi farq ularning turist tomonidan dastlabki sotib olingan turga aloqadorligiga bog‘liq.
- Amaliyotda asosiy turistlik mahsulot bu xizmat ko‘rsatish kompleksidir, ya’ni turistlarga yagona paketda sotiluvchi xizmatlarning standart to‘plami. Xizmatlar paketi (to‘plami)-turoperator tomonidan yaratilgan bo‘lib, ma’lum xizmatlar to‘plamidan: tashish, joylashtirish, ovqatlanish, ekskursiyalar va h.k. iborat turistlik mahsulotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |