O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
“TURIZM” KAFEDRASI
“MEHMONXONA XO‘JALIGIDA INNOVATSIYALAR” FANIDAN
MAVZU: MEHMONXONALARDA VIRTUAL AXBOROT TIZIMI
Bajardi: MXT-118 guruh talabasi Pardayev M
Rahbar: katta o’qituvchi Xamitov M.X.
SAMARQAND-2020
MEHMONXONALARDA VIRTUAL AXBOROT TIZIMI
Reja:
Kirish ………………………………………………………… …3
Axborot tizimi tushunchasi……………………………… ….6
Avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimlari……………14
Mehmonxona biznesini kompyuterlashtirish………………17
Mehmonxonani boshqarish kompyuter tizimlari………… .18
Dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari……………………25
Mehmonxonalarda rezervlash………………………………27
Mehmonxonaning aloqa vositalari………………………….31
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Bugungi kunda turizm ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy daromad manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Turizm xizmatlarini eksport qilish iqtisodiyotda qo‘shimcha talab yaratib, aholini ish bilan ta’minlaydi va xorijiy valyuta tushumini oshiradi. Shu orqali turizm sohasi iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Jahon turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda jahon sayyohlik xizmatlari eksporti hajmi 4 foizga oshib, 1.7 trillion dollarni, xalqaro sayyohlik tashriflari soni esa 5 foizga o‘sib, 1.4 milliardni tashkil qildi. Bunga sabab bo‘luvchi asosiy omillar sifatida rivojlanayotgan mamlakatlardagi arzon narxlar va ular tomonidan viza jarayonlarini soddalashtirilishi hisoblanadi.
O‘zbekistonda ham 2019 yil davomida turizmni rivojlantirish bo‘yicha jadal ishlar davom ettirildi. Shu jumladan, viza rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish, ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish va sohaning investitsiya jozibadorligini oshirish bo‘yicha qator choralar ko‘rildi. Natijada, 2019 yil yakunlariga ko‘ra turizm xizmatlari eksporti 2018 yilga nisbatan 26.1 foizga o‘sib, 1.3 milliard dollarni tashkil qildi va sohaning xizmatlar eksportidagi ulushi 39.3 foizga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni 2019 yil 18 iyulda qabul qilinib, unda sohaning hozirgi rivojlanish bosqichidan kelib chiqqan holda yangi tushunchalar kiritildi, turizm sohasidagi davlat siyosatining prinsiplari va asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Shuningdek, turistik faoliyat sub’yektlari toifalarga ajratildi.
47 ta davlat fuqarolari uchun viza rejimi bekor qilindi va vizasiz rejimga ega mamlakatlar soni 86 taga yetdi. Bundan tashqari viza jarayonlarini soddalashtirish maqsadida elektron viza olish imkoniyatiga ega mamlakatlar soni 57 ni tashkil etdi. Qo‘shimcha ravishda, “Vatandosh”, “Talaba”, “Akademik”, “Ziyoratchi” va “Tibbiyot” viza turlari joriy etildi. Qilingan ishlar natijasi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘tgan davr bilan solishtirganda 2019 yilda mamlakatimizga kelgan sayyohlar soni 26.2 foizga ko‘paydi. Vizasiz rejim joriy etilgan davlatlardan tashrif buyurgan sayyohlar sonida esa 58 foiz o‘sish kuzatildi. Natijada, sayyohlarni joylashtirish maskanlarining yuklanish darajasi 62 foizdan 84 foizga ko‘paydi.
Oxirgi yillarda turizm sohasidagi yangi tendensiyalarga mos va keng segment talablariga javob beradigan xostellar bozorini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda 2019 yilda mamlakatda kam byudjetli turizm infratuzilmasi va xostellar biznesini yanada rag‘batlantirish uchun xostellarni majburiy sertifikatsiyalash tartibi bekor qilindi va boshqa bir qator talablar soddalashtirildi. Natijalar uzoq kuttirmadi. 2019 yilning o‘zida respublikada 161 ta yangi xostellar qurib foydalanishga topshirildi. Ular tomonidan bir vaqtning o‘zida 5666 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.
2019 yilda Vazirlar Mahkamasining 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan mehmonxonalar biznesini rivojlantirishga katta urg‘u berildi. Unga ko‘ra, yangi qurilayotgan 3 yulduzli mehmonxonalarning xar bir xonasi uchun Davlat byudjetidan 40 million so‘m, 4 yulduzli mehmonxonalar uchun esa 65 million so‘m kompensatsiya ajratish ko‘zda tutilgan. Qilingan ishlar natijasida 2019 yilda mamlakatda umumiy hisobda 277 ta yangi mehmonxona qurib, ishga tushirildi.
Turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan keng ommaga yoritilmoqda. Xususan, “The Telegraph” yer yuzidagi eng sarguzashtbop maskanlar ro‘yxatini e’lon qildi va O‘zbekiston mazkur ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi. “The Economist” nashri tomonidan esa O‘zbekiston yil mamlakati deya tan olindi. Bundan tashqari “Lonely Planet”, “Harpers Bazaar”, “The Spectator” va boshqa nashrlar tomonidan mamlakatning sayyohlik potensiali yuksak baholanib, kamchiliklarni kamaytirish va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
Axborot tizimi tushunchasi
Tizim tushunchasi
Hozirgi davr iqtisodiyotining murakkabligi va jo‘shqinligi uning tuzilmasini unsurlarining tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasini, unsurlar ishlashi optimal tartiblarini belgilashni o‘rganishni, ya’ni iqtisodiyotni yaxlit tizim nuqtai nazaridan tadqiq etishni ko‘zda tutadi.
Tizim so‘zi rus tilidagi sistema so‘zining tarjimasi bo‘lib, oxirgisi yunoncha so‘zi bo‘lmish “systema” so‘zidan olingan. Systema so‘zining asl ma’nosi – bu bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan qismlar va elementlar to‘plamining yaxlit butun ob’ekti tushuniladi.
Tizimlar umumiy nazariyasi - bu ilmiy yo‘nalish bo‘lib, ishlab chiqarish tabiati murakkab tizimlar tahlili va sintezining birtalay falsafiy, uslubiy, ilmiy muammolarini o‘rganadi.
Hozirgi kunda fan va tеxnikada ko`p qo`llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim – bu tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik dеgan ma'noni anglatadi. Umumiy holda tizimga quyidagicha ta'rif kеltiramiz.
Tizim – bu o`zaro bog`liq va yagona maqsadga erishish uchun ma'lum qoida asosida o`zaro munosabatda bo`ladigan elеmеntlar to`plamidir. Bu elеmеntlar to`plami oddiy elеmеntlar yig`indisidangina iborat bo`lmay, har bir elеmеnt ham o`z navbatida tizim bo`lishi mumkin.
Tizimlarni turli bеlgilarga ko`ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavxum bo`lishi mumkin (mavxum - inson ongi maxsuli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob'еktlar to`plamidan tashkil topadi. O`z navbatida moddiy tizim anorganik (mеxanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o`rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o`rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.
Mavhum tizimlar inson ongining maxsuli bo`lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotеzalardan iborat. Yangi axborot tеxnologiyasi ham moddiy tizim elеmеntlarini (kompyutеrlar, hujjatlar, insonlar), ham nomoddiy tizim elеmеntlarini (matеmatik modеllar, inson bilimlari va hokazo) o`z ichiga oladi. Shu orada axborot tеxnologiyasiga ta'rif bеrib o`tish maqsadga muvofiqdir.
Tizimlar tuzilishi bo`yicha oddiy yoki murakkab bo`lishi mumkin.
Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi elеmеntlar soni kam bo`lib, sodda tuzilishga ega bo`ladi.
Murakkab tizimlar esa, bir nеchta elеmеntlardan tashkil topgan bo`lib bu elеmеntlar ham o`z navbatida alohida tizimlarga bo`linishi mumkin.
Vaqt davomida o`zgarishga qarab tizimlar statik va dinamik turlarga ajratiladi. Statik tizimlar ma'lum vaqt oralig`ida o`z holatini saqlab qoladi. Dinamik tizimda esa, vaqt o`tishi bilan holat o`zgarib boradi.
Tashqi muhit bilan bo`ladigan aloqasiga qarab ochiq yoki yopiq tizimlar bo`lishi mumkin. Ochiq tizimlar tashqi muhit bilan aktiv aloqada bo`ladi. Yopiq tizimlarning elеmеntlari esa tashqi muhitdan ta'sirlanmaydi.
«Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob'еktlar», «aloqalar», «xususiyatlar».
Do'stlaringiz bilan baham: |