Amaliyot davridagi boshka holatlar
Talaba tomonidan amaliyot ob’ektining ichki tartib qoidalari va mehnat intizomi buzilganda, tashkilot va universitet tomonidan biriktirilgan rahbarlarning ko’rsatmalari asosida talaba amaliyot o’tashdan chetlashtirilishi mumkin. Bu to’g’risida fakultet dekani va «Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi mudiriga xabar qilinadi. Ularning tavsiyasiga binoan universitet rektori talabani talabalar safidan chetlashtirish masalasini ko’rib chiqishi mumkin.
Amaliyot dasturi bajarilmaganda, amaliyot bo’yicha hisobotga salbiy taqriz berilganda yoki hisobotni himoya qilishda qoniqarsiz baholanganda talaba amaliyotni qayta o’tashga jo’natilishi mumkin yoki talabalar safidan rektor buyrug’i bilan chetlashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |