Taqrizchi:
“Turizm va mehmonxona xo’jaligi”
kafedrasi mudiri: dots. O’.Rajabov
Tuzuvchilar:
“Turizm va mehmonxona xo’jaligi”
kafedrasi o’qituvchisi : S.Pulatova
N.Panjiyeva
K i r i sh
Ushbu dastur va uslubiy ko’rsatma O’zbekiston Respublikasi "Ta’lim to’g’risida" gi talablaridan kelib chiqqan holda "O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti xaqidagi Nizom"ga (OUMTVining 1998 yil 30- oktyabr 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan), O’zbekiston Respulikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 16 sentyabrdagi № 387-sonli buyrug’i O’zbekiston Davlat standarti 5610300-Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha),5610200-Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo’nalishi Davlat ta’lim standartiga asoslanib to’zildi.
O’zimizga xos va mos ravishda rivojlanayotgan milliy iqtisodiyotimizni jahonda tan olingan “o’zbek modeli” asosida bosqichma - bosqich rivojlanayotgan talim tizimida talim, tarbiyani ishlab chiqarish bilan bevosita bog’lash , ularni o’z kasbining yetuk mutaxassisi, Vatanga sodiq xizmat qiladigan saloxiyatli kadrlar qilib yetishtirishdan iborat. Shy bois bugungi kunda zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim berish va uning barcha tarkibiy to’zilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.
Mutaxassislik fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o’rni beqiyosdir.
5610300-Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha),5610200-Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo’nalishi bo’yicha 1-kurs talabalarining tanishuv malaka amaliyotini to’g’ri tashkil qilish bo’lajak mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu amaliyot 5610300-Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha),5610200-Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo’nalishi talabalarining ilk bor nazariy bilimlari ishlab chiqarish bilan bog’lanish uchun amalga oshiradigan amaliyot turidir.
Mazkur dastur va uslubiy ko’rsatma iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida 5610300-Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha),5610200-Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo’nalishi bo’yicha 1-kurs talabalari tanishuv malaka amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblandi.
5610300-Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha),5610200-Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabalari 2-semestrda o’tilgan mataxassislik fanlar nazariy jihatlari bevosita amaliyot bilan bog’lash imkoniyatini hosil qiladi. Tanishuv malaka amaliyotining umumiy amaliyot davri 4 xafta bo’lib, xaftasiga 6 kun, xar bir kunda 6 soatdan amaliyot mashqlari, qolgan 3 soatda talaba o’z mustaqil faoliyatini rejalashtirishi talab etiladi. Talaba tanishuv amaliyotini tashkil etish bo’yicha kalendar rejasiga muvofiq xar bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar amaliyot uchun universitetdagi malakaviy amaliyot rahbari tomonidan aniqlanishi va kafedra mudiri tomonidan ma’qullanishi maqsadga muvofiq. Shular bilan bir qatorda amaliyot ob’ekti rahbari buyruq bilan ilmiy izlanishga asos bo’ladigan muammoli vaziyatlarni izlab topish ularning yechimini o’rganishga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |