Turistlik mahsulotlar haqida tushuncha



Download 104 Kb.
bet6/6
Sana17.07.2022
Hajmi104 Kb.
#815230
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MILLIY TURISTIK MAHSULOTLAR

Turto‘plam (turpaket) – iste’molchilarga guruhli yoki individual variantlar bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar to‘plamiga kiradi.
Turpaketni tashkillashtirishga ta’sir etuvchi omillar:

  • berilgan sayohatga talab mavjudligi;

  • xizmatlar, infratuzilma, moddiy bazaning mavjudligi;

  • avikompaniyalar va boshqa transport kompaniyalari bilan munosabati;

  • jo‘natuvchi va qabul qiluvchi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar;

  • hamkor turistlik tashkilotlar bilan munosabat;

  • belgilangan mamlakatda turizmning rivojlanish darajasi;

  • belgilangan mamlakatning siyosiy barqarorligi.

Shuni ta’kidlash lozimki, siyosiy barqarorlik omili turoperator tomonidan o‘zining strategiyasini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Bizga Gresiyadagi kurd voqealari, Misrdagi terroristik portlashlar bilan bog‘liq talabning keskin pasayish hollari ma’lum. Ushbu yo‘nalishlarga ixtisoslashgan turoperatorlar katta yo‘qotishlarni boshdan kechirdilar. Ammo shuni ham ta’kidlash lozimki, ushbu hududlarda vaziyat barqaror bo‘lishi bilan turistlar oqimi yana qaytadi. Berlindagi xalqaro turizm birjasida qayd etilganidek turist xavf-xatarni yengib o‘tishga moyil. U siyosiy barqarorlik ro‘y bergan mamlakatlarda vaziyat yaxshilanishi bilan o‘sha yerga yana oshiqadi, ayniqsa, issiq iqlimli hududlar va arzon narxlar bo‘lsa.



Turpaket narxi. Turpaketning muvaffaqqiyatiga ta’sir etuvchi eng muhim omil bu – narxdir. Narxlashtirishda boshqalarnikiga o‘xshamagan, alohida xususiyatli turpaketga ega bo‘lgan turoperatorlar ko‘proq erkinlikka egadir. Ular narxni asosan xizmatlarni sotib olish va boshqa harajatlar, shuningdek daromadning ma’lum foizini kiritishga asoslanib belgilaydilar. Ommaviy bozor turoperatorlari asosan raqiblar narxiga asoslanib narx belgilashadi, ayniqsa turpaketlarga talab pasayganda (o‘lik mavsumda). Turpaket narxini aniqlashda turoperatorlar bozor yetakchilari narxlariga amal qilishadi. Yirik turoperatorlar harajatlarni kamaytirishadi va shu bilan raqiblari-ning narxlashtirishda omadga erishishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Eng ko‘p qo‘lla-niladigan narxlashtirish usullaridan biri bu harajatlarga asoslangan narxlardir, ya’ni mahsulot tannarxi hisoblanadi va daromadning ma’lum foizi qo‘shiladi. Turpaket narxiga kiruvchi daromad foizi qo‘shimcha harajatlarni qoplash, fondlarga ajratmalar, maosh va sof daromadni hisoblash orqali aniqlanadi va 15 % dan 30% gacha bo‘ladi. Turizmda narxlarni hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlarini unutmaslik lozim. Masalan, agar mavsumiy dasturda uzoq-vaqtli charter reyslarining (seriyasining) ketma-ketiligi, joylashtirishning «bakk to bakk» tamoyili qo‘llanilayotgan bo‘lsa, harajatlar mavsum boshi va oxiridagi bitta bo‘sh reys+ma’lum samalyotdagi № jo‘natishlar soni va № ta o‘rinlar sonini hisoblash orqali aniqlandi. Bu mavsumiy charter dasturiga kiritiladigan to‘la harajatlar. Ular kirishlar soniga bo‘linadi va bu turpaket narxiga kirituvchi bitta uchishning narxidir. Ammo turoperatorlar narxlarni hisoblashning harajatlar usulini qo‘llashda marketing ma’lumotlarini qo‘llash bilan birga o‘rta bozor narxlarini ham inobatga olishadi.
Turizmda narxlar harajatlar va daromadlar notekis taqsimlangan vaqtda bozordagi talabning tebranishini ifodalaydi. «o‘lik mavsum»da narxlar pasayadi va mavsumda ular qayta tiklanadi (daromad evaziga). Narxlashtirish strategiyasi rivojlanish bosqichida turpaketlar uchun xosdir. Turpaketlar narxi nafaqat turistlik bozorning holati, raqobatchilarning narxiga balki boshqa turlar narxiga ham bog‘liq bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda T.:O‘zbekiston.1999.



  1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.O‘zbekiston, 1997 .

  2. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T.: O‘zbekiston. 1975 .

  3. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod siyosat, mafkura. T.: O‘zbekiston.1993 .

  4. O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonun // «Xalq so‘zi» gazetasi, 1999 yil 14 sentyabr.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» gi Qarori. // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2003 y 12 noyabr

  6. «2006-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish xaqida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2006 y.

  7. Aleksandrova A.Yu. Mejdunarodniy turizm. Uchebnoye posobiye dlya VUZov.- M: Aspekt Press, 2001g.

  8. Agzamov.S, T.Toshmurodov. Menejment mejdunarodnogo turizma. –T.: TGEU, 1996, 198 s.

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish