TURISTLARGA AVTOTRANSPORT VOSITALARIDA XIZMAT KO‘RSATISH
REJA
1.Harakatlanadigan tarkib tasnifi.
2.Shinam avtobuslar va ularda yo‘lovchi tashish xavfsizligi.
3.Chet elda avtomobillarni ijaraga berishning tashkil etilishi.
1. Harakatlanadigan tarkib tasnifi
Avtobus – o‘tirish uchun 8 kishidan ortiq o‘rindiqli (haydovchining o‘rindig‘idan tashqari) yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan dvigatelli avtotransport vositasi. Avtobuslar belgilangan marshrutlar bo‘yicha nazarda tutilgan bekatlarda yo‘lovchilarni olgan va tushirgan holda yoki buyurtmachi – yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan belgilangan marshrutlar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |