Viloyatda 117 turistik obyekt mavjud. Ularning aksariyati xalqimiz tarixini oʻzida mujassam etgan muzeylar, tarixiy obidalar, shuningdek, xushmanzara va bahavo dam olish maskanlari, muqaddas ziyoratgohlardir. Ulardan tanlab olingan 9 obyekt boʻyicha turistik yoʻnalishlar ishlab chiqilgan. 2018 yilda viloyatga 171 mingdan ziyod sayyoh tashrif buyurgan boʻlsa, ularning 18 ming 600 nafari MDH, Osiyo, Yevropa davlatlari va boshqa qator mamlakatlardan kelgan sayyohlardir. Bu, albatta, Andijon uchun past koʻrsatkich hisoblanadi. Aslida viloyatning turistik imkoniyati va salohiyati ancha yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |