Turistik marshrutlarda ekskursiyalarni tashkil qilish
Reja:
1.Turistik-ekskursiya xizmatlarining asoslari va huquqiy me’yorlari
2.Gid-ekskursiya xizmatlarining mohiyati va tasnifi
3.Gid-ekskursiya xizmatlaridan samarali foydalanish metodikalari
4.Ekskursiya xizmatlarida gid-ekskursiyachi faoliyatini baholash metodikalari
1.Turistik-ekskursiya xizmatlarining asoslari va huquqiy me’yorlari
Ekskursiya so‘zi lotincha ekskursion-qisqa muddatli safar yoki sayohat, sayohatga jo‘namoq, sayohat qilib kelmoq ma’nolarini anglatadi. Turizm so‘zi paydo bo‘lmasdan, insonlarda atrof-muhitga qiziqish, uzoqlarda nimalar bor, tog‘lar ortida yoki daryoning yoki qir-tepaliklardan keyin nimalar borligiga oid ko‘plab savollarning to‘planinib qolishi natijasida ularni safarga (uydan chiqib ketishga) chorlaydigan ichki his-tuyg‘u-qiziqishning harakatga kelishi bo‘lgan. Hozirgi rivojlangan jamiyatimizda jahonda ekskursiyaga-sayohat-sayrga chiqmagan bironta inson bo‘lmasa kerak degan xulosaga to‘xtalamiz. Ushbu sayr larning asosiy sababchisi tabiatdagi biologik xilma-xillik, betakrorlik, boyliklar bo‘lgan. Jamiyatdagi dastlabki sayohatlar albatta o‘zga yurt, mamlakat lar haqidagi xabarlar natijasida yuz bergan. Ekskursiya xizmatlarini turizmning yuragi deb ta’riflashadi. Haqiqat dan ham turist mehmonxonaga joylashganidan so‘ng birinchi navbatda ekskur siyaga chiqishga harakat qiladi. Ichki turizmda barcha davlatlarda ekskursiya xizmatlari birinchi o‘rinda turadi. Chunki mamlakat ichkarisidagi aholi turizmning deyarli barcha turlari bo‘yicha doimo ekskursiya xizmatlaridan foydalanadi. Shu o‘rinda turist bilan ekskursantni farqlash lozim bo‘ladi, chunki turizmni rejalashtirishda turistning talabi nafaqat ekskursiya xizmatlari bilan chegaralanmasdan, balki boshqa ko‘rsatiladigan xizmatlarni ham hisobga olishni taqoza qiladi. Turist-O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo‘nab ketgan) jismoniy shaxs.
Ekskursant -tunab qolmaydigan va ekskursiya marshrutida 24 soatdan ko‘p bo‘lmaydigan shaxsning sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy, qiziqish, ko‘rish, bilish, tanishish yoki boshqa maqsadlarda sayohatga chiquvchi hisoblana di.
Ekskursiya xizmatlari quyidagi talablarga javob beradi:
1. Ekskursiya xizmatlari iqtisodiy faoliyatni bajaradi (turistik firma ekskursiya marshrutlarini sotishdan daromad oladi, ekskursiya a’zolari dan tushgan mablag‘ hisobiga daromad oladi, gid-tarjimon ish o‘rinlari yarati ladi, ekskursiya ob’ektida turistik infratuzilmalar hosil bo‘ladi);
2. Ekskursiya xizmatlarining g‘oyaviy siyosiy faoliyati (vatanning tarixiy meroslari, yangi texnologiyalar bilan tanishishda g‘urur hissi, siyosiy mo‘tadil likni sezish xususiyatlari paydo bo‘ladi);
3. Ekskursiya xizmatlarining umumiy ta’lim berish faoliyati (ekskursiya ekskursantlarga universal bilim beradi-tarixiy madaniy meros haqida, ishlab chiqarish haqida, madaniy-ma’rifiy ma’naviyat haqida, san’at haqida, yangi texnologiyalar va hokazolar);
4. Ekskursiya xizmatlari axborot tashish, axborotlar berish faoliyatini bajaradi (o‘tmish va xozirgi voqealar, jarayonlar, sivilizatsiya taraqqiyoti, xozirgi rivojlanish, global voqealar, xalqaro integratsiya va boshqalar);
5. Ekskursiya xizmatlari tarbiyaviy faoliyatni bajaradi (Vatan boylik larini asrash, avaylash, g‘urur hissiyotlari, faxrlanish va boshqalar);
6. Ekskursiya xizmatlari mazmunli dam oldirish faoliyatini bajaradi (tabiatga va uning so‘lim go‘shalariga ekskursiya, daryo sohillariga ekskursiya, o‘rmonlarga, tog‘larga, soylarga ekskursiya va boshqalar);
7. Ekskursiya xizmatlari insonlarda dunyo qarashni kengaytirish faoliya tini bajaradi (olamnig cheksizligi, olamning bir butunligi, hayotning davriy ligi, jismlarning aylanma biologik harakati va boshqalar);
8. Ekskursiya xizmatlari insonlarda qiziqishni shakllantiradi (hayotga qiziqish, yashashga qiziqish, ijodga qiziqish, san’atga qiziqish, yangi texnolo giyalarga qiziqish, tarixga qiziqish va boshqalar);
9. ekskursiya xizmatlari mutaxasislarni, kadrlarni qayta tayyorlaydi, malakasini oshiradi va boshqalar. Ekskursiya xizmatlarining ob’ektini baholashda quyidagi mezonlar (talablar) asos qilinib olinadi:
- Ekskursiya ob’ektining bilishni anglatishi, his qilishi hususiyatla ri, jozibadorligi, betakrorligi;
- Ekskursiya ob’ektining ma’lumligi, mashhurligi, ekzotikligi, yangili gi;
- Ekskursiya ob’ektining ta’sirchanlik kuchi baholanadi. Bunda ekskursiya ob’ektining o‘zining alohida ko‘rinishlari va bu ob’ektning atrof dagi ob’ektlarga nisbatan uyg‘unligi, mazmundorligi va boshqa jihatlari;
- Ekskursiya ob’ektining hozirda saqlanish holatlari;
- Ekskursiya ob’ektining manzili baholanadi (ekskursiya ob’ektiga to‘liq qiyinchiliksiz borish, aylanib tomosha qilishning qulayligi, ekskursantlarning to‘liq joylashishi, transport to‘xtash maydonlarining borligi va boshqalar.). Ekskursiya xizmatlari ob’ektlari baholangandan keyin ekskursiya marshrutini tuzishda va ishlab chiqishda ekskursiyaning asosiy ob’ektlari va qo‘shimcha ob’ektlari belgilanadi. Asosiy ob’ekt bo‘lib, ekskursantlar tanlagan yoki turistik firma ekskursantlarga taklif qilgan ob’ekt hisoblanadi. Qo‘shimcha ob’ektlarni ekskursiya tashkilotchilari (turistik firma) belgilaydi. Ekskursiya xizmatlarining qo‘shimcha ob’ektlari asosiy ob’ektga borish va qaytish marshrutlarida ko‘rsatiladi.
1. Turistik-ekskursiya faoliyati. Turizmda turistik-ekskursiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining (20.08.1999 y.) 831-1- sonli Qarori bilan qabul qabul qilingan «Turizm to‘g‘risida»gi Qonun bilan muvofiqlashtiriladi.
2. Turistik-ekskursiya faoliyatni boshqarish huquqlari va sharoitlari. Bu huquqiy-me’yoriy hujjatlarga quyidagi m’yoriy hujjatlar kiradi: «Standartlash haqida» O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (25.04.2003y.), O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash» haqidagi Qonuni (28.12.1993 y.,1006- XII-conli) Bulardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ro‘yhatga olgan va O‘zbekiston Davlat standartlashtirish, meteorologiya va serti fikatsiya markazi tasdiqlagan «Turistik xizmatlarni sertifikatlash tartibi (18.03.2000 y.), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turistik 69 faoliyatni Litsenziyalash tartiblarini tasdiqlash» (11.11.2003y., 497-sonli) kabi davlat hujjat va qarorlari turistik-ekskursion faoliyatni to‘g‘ri olib borishning huquqiy-me’yoriy hujjatlari hisoblanadi. 3.Turistik-ekskursiya mahsulotni yaratishni boshqarish sharoitlari. Bu blokda turistik-ekskursiya faoliyatini muvofiqlashtiradigan quyidagi qonun, huquqiy-me’yoriy hujjatlar mavjud. «Atrof-muhitni muhofaza qilish haqida» O‘zbekiston Respublikasining qonuni, «O‘zbekiston Respublikasining havo kodeksi» (07.05.1993y.), O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasiga turistlarning kirishi va chiqishi tartiblari haqida»gi «O‘zbekturizm» M.Kning 13.09.2004 yildagi Qarori bilan tasdiqlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi (25.12.1998 y., 724-I-sonli),
O‘zbekiston Respublikasi Yustitsiya vazirligi ro‘yxatga olgan «O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini taklif qilishdagi qoidalar» (12.01.1998 y., 389-sonli) ham turistik-ekskursion xizmatlarni olib borish, turistik-ekskursion xizmatlardagi tartib-qoidalarning me’yor larini bilishda, ekskursiya xizmatlarini amalga oshirishda muhim hujjatlar bo‘lib xizmat qiladi.
5.Turistik-ekskursiya faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy xususiyat lari–O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 106-sonli, «O‘bekturizm» M.K.ning 19-sonli Qarori bilan qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining 1407-sonli (13.09.2004 y.) Qarori bilan tasdiqlangan «Turistlarga xizmat ko‘rsatishda turistik firmalarning turistlardan oladigan xizmat xaqlari haqida»gi hujjatlaridagi talablar, qo‘shimcha moddalar bilan belgilanadi. Yuqoridagi davlat tomonidan qabul qilingan hujjatlar respubli kamizda ekskursiya xizmatlarini rivojlantirishning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Ekskursiya mavzulari bo‘yicha turizm ekskursiyalarini ishlab chiqishda yuqorida keltirilgan qonun va huquqiy me’yorlarga suyanadi. Ekskursiya mavzularini tanlashda albatta cheklovlar bo‘lishi mumkin. Bu cheklovlar maxfiylik yoki xarbiy maqsadlarda emas balki, ekskursiya a’zola rining hayoti xavfsizligi nuqtai-nazaridan ham bo‘lishi mumkin. Respublikamizda ekskursiya xizmatlarini rivojlantirishda yuqorida qayd qilingan qonunlar, hukumat va tegishli vazirliklarning qarorlari boshqaruv vositasini bajaradi.
7.2. Gid-ekskursiya xizmatlarining mohiyati va tasnifi. Gid-kuzatuvchi tushunchasi Gid-kuzatuvchi, gid boshlovchi–turistlar guruhini boshqaradi; diqqatga sazovor joylarga ekskursiya o‘tkazadi; ekskursiya mavzusini, marshrutini ishlab chiqadi; mavzu bo‘yicha materiallar to‘playdi; ekskursiyaning matnini tuzadi, materiallarini hikoya qilib beradi; «gid portfeli»ni taxlaydi; ish jarayoni yuqori darajadagi muloqot madaniyatini talab qiladi. Gid-kuzatuvchi quyidagi bilim, ko‘nikma va malaka talablari ega bo‘lishi lozim: tarix, adabiyot, geografiya, iqtisodiyot, siyosat, jurnalistika sohalariga qiziqishi; ekskursiya o‘tkazish metodikasi va texnikasini, ekskursantlarga xizmat ko‘rsatish tartibini bilishi; kamida ikkita xorijiy tilda erkin muloqot qila olishi; tahlil, mulohaza qilishi; hujjat va materiallar bilan ishlay olishi kerak. Turizm ekskursiya xizmatlari xizmatlarning qay darajada tashkil qilinganligiga va xizmatlarning sifatiga qarab rivojlanadi. Bunda albatta turizm infratuzilmasidagi texnologiyalarning darajalari ham birinchi navbatga chiqadigan sharoitlardan va asoslardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga turizmdagi asosiy xizmatlarning texnologik-servis darajalari ham ekskursiya xizmatlarining tashkil qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Ekskursiya xizmatlari yuqori darajada tashkil qilinib turizm infratuzilmalari ana shu yuqori darajalarga javob bermasa ekskursiya xizmatlarining amalda o‘tkazish natijalari yuqori sifat darajalariga erisha olmaydi. Lekin har qanday sharoitda ham ekskursiya xizmatlarining maqsadi va vazifalarini yaxshi anglab olish, yaxshi o‘zlashtirib olish turoperator yoki gid tarjimon boshlovchidan talab qilinadi. Ekskursiya xizmatlarining maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri belgilash ekskursantlarda qoniqish, yaxshi kayfiyat holatlarini keltirib chiqaradi va natijada turistik firmaning nufuzi, raqobatbardoshligi ortadi. Ekskursiya jamoada, guruhlar yoki yakka kishilar ishtirokida ham tashkil qilinishi mumkin. Ekskursantlarning ma’lum sonda bo‘lishligi ekskursiya ning mohiyatini belgilaydi. Ekskursiya lotincha- «ekskursio»-qisqa muddatli safar yoki sayohat qilib kelish, sayohatga jo‘namoq, sayohatga borib kelmoq ma’nolarini anglatishini mavzuning kirish qismida keltirgan edik. Rossiyalik yirik mutaxasis B.V. Yemelyanov xulosalari bo‘yicha- «Ekskursiya-o‘rab turuvchi dunyoni ko‘z bilan ko‘rib his qilish jarayonidir». Shuningdek, ekskursiya -atrof muhit voqe’ligini, bizni o‘rab turgan tabiiy va moddiy muhitni ko‘z bilan ko‘rib his qilishdagi maqsadli jarayondir. Demak ekskursiya jarayoni ko‘rsatish bilan hikoya qilishdan iborat hisoblanadi. Ko‘rsatish to‘xtatilsa hikoya maruzaga aylanadi. Masalan, tabiat haqida hech qanday ko‘rasuvlar bo‘lmasa bu ma’ruzani tinglovchilar eshitishida ma’lum bilimlar to‘planadi. Lekin, tabiat va undagi biologik xilma-xillikni his qilish, zavqlanish yuz bermaydi. Shuning uchun ham ekskursiyaning ko‘rib va ko‘rishayotgan, tomosha qilinayotgan ob’ekt haqida gid hikoyasini eshitish hisoblanadi. Ekskursiya xizmatlarining maqsadini belgilashda juda ko‘p omillarni keltirish mumkin. Masalan, ekskursiya–vatanparvarlik, mehnatni sezish, estetik va ekologik tarbiya, o‘tmish madaniy va tarixiy merosni, o‘tmish va hozirgi hayotni, tabiatdagi biologik resurslarni, iqlimiy o‘zgarishlarni, zamonaviy va o‘tmishdagi ishlab chiqarishni, milliy liboslar va o‘tmishdagi yashash tarzini (muzeylar), o‘tmishdagi va zmonaviy texnologiyalarni, o‘tmishdagi transport va zamonaviy transport vositalarini, o‘tmishdagi dehqonchilik va zamonaviy dehqonchilikni, o‘tmishdagi san’at va zamonaviy san’atni milliy o‘yinlar, milliy hunarmanchilik va hokazolarni o‘rgatadi, dunyo qarashni kengaytiradi. 71 Ekskursiya xizmatlarining maqsadi va vazifalari shu qadar keng qamrovli va turli tumanki, bu yo‘nalishlarning barchasi insonning kamol topishiga xizmat qiladi. Ekskursiya xizmatlari maqsadi va vazifasi bo‘yicha insonlarni dam oldiradi, bilim darajasini oshiradi, yashashga bo‘lgan his to‘yg‘ularni kuchaytiradi. Ekskursiyalarni tasniflash ham yuqorida qayd qilingan maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. Shuning uchun ham ekskursiya lar mohiyatiga qarab tasnif guruhlarini hosil qiladi.
I. Ekskursiya xizmatlarini tasniflashda quyidagi belgilarga e’tibor beriladi:
1. Mazmuni bo‘yicha;
2. Ekskursantlar tarkibi bo‘yicha;
3. O‘tkazilish joylari bo‘yicha;
4. Harakatlanish vositalari bo‘yicha;
5. O‘tkazilish shakllari bo‘yicha.
II. Mazmuni bo‘yicha ekskursiyalar tayyorlash ekskursiyalari va mavzuli ekskursiyalarga bo‘linadi. Mavzuli ekskursiyalar ham quyidagi ekskursiya guruhlariga bo‘linadi.
1. Tarixiy mavzudagi ekskursiyalar;
2. Xarbiy-tarixiy mavzudagi ekskursiyalar;
3. Ishlab-chiqarish mavzusidagi ekskursiyalar;
4. Tabiashunoslik mavzusidagi ekskursiyalar;
5. San’at yo‘nalishlari mavzularidagi ekskursiyalar;
6. Adabiyot mavzularidagi ekskursiyalar;
7. Me’morchilik, shaharsozlik mavzularidagi ekskursiyalar.
III. Ekskursiyalar ekskursiyada qatnashuvchilar tarkibi bo‘yicha ham tasniflanadi: 1. Katta yoshdagilarga mo‘ljallangan ekskursiyalar (studentlar, ishlab chiqaruvchilar, mutaxasislar va boshqalar);
2. Har xil yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan ekskursiyalar (maktabgacha tarbiyadagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan)
3. Mahalliy aholi ehtiyojlari va talablariga mo‘ljallangan ekskursiya lar;
4. Shaharliklarga mo‘ljallngan ekskursiyalar;
5. Chet elliklarga mo‘ljallangan ekskursiyalar.
IV.O‘tkazish joylari bo‘yicha ekskursiyalar qiyidagicha tasniflana di:
1. Shaharlarda o‘tkaziladigan ekskursiyalar;
2. Shaharlarning tashqarisida o‘tkaziladigan ekskursiyalar;
3. Ishlab chiqarish maskanlarida o‘tkaziladigan ekskursiyalar;
4. Muzeylarda o‘tkaziladigan ekskursiyalar;
5. Madaniyat saroylarida o‘tkaziladigan ekskursiyalar;
6. Tabiat bag‘rida o‘tkaziladigan ekskursiyalar.
V.Ekskursiyalar o‘tkazilish shakllari bo‘yicha quyidagicha tasnifla nadi:
1. Odatdagi ekskursiyalar;
2. O‘quv-uslubiy ekskursiyalar;
3. Ommoviy chiqish ekskursiyalari;
4. Sayr-ekskursiyalari;
5. Konsertlarga ekskursiya.
Ekskursiyaning ob’ektlari haqida fikrlarning o‘zini isbotlab bironbir tartibga yoki biror-bir tasnifu, qoidaga tuzish juda murakkab bo‘lgan bo‘lar edi. Chunki insonni o‘rab turgan dunyo ajoyibotlarining ham barchasi va insoniyat yaratgan moddiy resurslarning hammasi ham ekskursiya ob’ektlari hisoblanadi. Qisqacha qilib aytganimizda ekskursiya ob’ektlari sivilizatsiya ning kelib chiqishi va taraqqiyot, fan va texnika taraqqiyoti, insoniyat jamiyat taraqqiyotidagi yaratuvchilikning natijalari hisoblanadi.
Shunday qilib, ekskursiyalar ob’ektlari sifatida quyidagilardan foydalanishimiz mumkin:
-Tabiatdagi ekskursiya obektlari
–geologik yotqiziqlar, alohida daraxtlar, butalar, o‘simliklar, qo‘ziqorinlar, tabiat mintaqalari, vodiylar, daryolar, ko‘llar, o‘rmonlar, tog‘lar, suv havzalari, muzliklar, g‘orlar, daralar, soylar va boshqalar;
-Me’morchilik va shaharsozlik ekskursiya ob’ektlar
–fuqarolar ning uylari, saroylar, qo‘rg‘onlar, arklar, mavzoleylar, masjidlar, madrasalar, manastirlar, cherkovlar, mashhur imoratlar, fontanlar, vokzallar, parklar, haykallar, kinoteatrlar, teatrlar, san’at va hukumat saroylari va hokazolar;
-Ko‘chalar, maydonlar, posyolkalar;
-O‘zbekiston hayotidagi o‘tmishda qurilgan tarixiy-madaniy obidalar;
-Mashur kishilar hayoti bilan bog‘liq joylar va mashhur kishilar ning haykallari; -Arxeologik yodgorliklar–qadimiy shaharlar xarobalari, qal’alar qadimiy rasmlar, tabiat yodgorliklari va haykallari.
Ekskursiyaning ob’ektlariga qarab uning mavzulari ham turli-tuman yo‘nalishlarga bo‘linib ketadi. Ekskursiyalarni tartibga solish uchun guruhlash usullari ko‘plab ishlatiladi: I. Tabiatshunoslik mavzularidagi ekskursiyalar:
1. Geografik mazudagi ekskursiyalar;
2. Geologik mavzulardagi ekskursiyalar;
3. Gidrologik mavzulardagi ekskursiyalar;
4. Landshaftlar mavzularidagi ekskursiyalar.
II. Ekologik mavzudagi ekskursiyalarning bir qismi:
1. Ekologiya va inson mavzusidagi ekskursiyalar;
2. Suv havzalari ekologiyasi mavzusidagi ekskursiyalar;
3. Flora va fauna mavzusidagi ekskursiyalar;
4. Tog‘ tabiati mavzusidagi ekskursiyalar.
III. Tarixiy mavzudagi ekskursiyalar:
1. Tarixiy-o‘lkashunoslik mavzusidagi ekskursiyalar;
2. Arxeologik mavzudagi ekskursiyalar;
3. Etnografiya mavzusidagi ekskursiyalar.
IV. San’atshunoslikka bag‘ishlangan ekskursiyalar:
1. Tasviriy san’at mavzusidagi ekskursiyalar;
2. Musiqa-teatr mavzularidagi ekskursiyalar.
V.Adabiyotshunoslik mavzusidagi ekskursiyalar:
1. Mashhur yozuvchilar hayoti bilan bog‘liq mavzudagi ekskursiyalar;
2. Badiiy adabiyotning mashhurlari bilan uchrashuv mavzularidagi ekskur siyalar. VI. Me’morchilik – shaharsozlik mavzularidagi ekskursiyalar:
1. Me’morchilik obidalari mavzusidagi ekskursiyalar;
2. Me’morchilik san’ati mavzusidagi ekskursiyalar;
3. Shaharsozlik mavzusidagi ekskursiyalar.
VII.Ishlab chiqarish sohasi mavzusidagi ekskursiyalar:
1. Tarixiy ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiyalar;
2. Alohida zavod va fabrikalar mavzusidagi ekskursiyalar;
3. Zamonaviy texnologiyalar mavzusidagi ekskursiyalar. Yangi gid-ekskursiya xizmatlarini tayyorlash texnologiyalari.Yangi ekskursiya xizmatlarini tayyorlash asosan quyidagi 3 bosqichda bajariladi:
I-Bosqich – Bu bosqichda yangi ekskursiya mavzusi tanlanadi, ilmiy-amaliy manbalar o‘rganiladi, ushbu ekskursiyaning ob’ektlari mavzu bo‘yicha tanlana di. II-Bosqich–Bu bosqichda ekskursiyaning marshrutlari ishlab chiqiladi, marshrutdagi ekskursiyalarning texnologik xaritasi, safar trassa pasporti tayyorlanadi, ekskursiyaning dasturi va axborotlar varaqasi ishlab
III-Bosqich – Bu bosqichda ekskursiya loyihasi himoya qilinadi, marshrut oldindan o‘rganilib chiqiladi, ekskursiya rahbari tayinlanadi, ekskursiyaning gid-boshlovchisi tayinlanadi va ekskursiya loyihasi tasdiqlanadi.
EKSKURSIYa Ilmiy tashviqot faoliyati Axborotlar faoliyati Qiziqishlarni shakllantirish faoliyati Madaniy dam olishni tashkil qilish faoliyati Madaniy dunyo qarashlarni kengaytirish faoliyati
Ekskursiya xizmatini o‘tkazish jarayoni 3 qismdan iborat bo‘ladi: kirish, asosiy qism va xulosalar.
1. Ekskursiyaning kirish qismi asosan 2 bo‘limdan iborat hisoblanadi:
-Ekskursiya guruhi bilan tanishuv;
-Ekskursiyachilarning ekskursiya marshrutida bo‘lgan paytida hayot xavfsizligini ta’minlash haqida ko‘rsatiladigan chora-tadbirlar (xavfsizlik mezonlari);
-Axborotlar (mavzu haqida qisqacha axborot, marshrut muddatlari haqi da, ekskursiyaning boshlanishi va tugashi, sanitariya-tibbiyot holati, ekskursiya chilarning ta’surotlari). 2. Asosiy qism–bu qismda asosan ekskursiya qatnashchilariga ekskursiya haqida qisqacha axborotlar beriladi. Shuningdek, ekskursiyachilarga boshqa ekskursiyalar haqida axborotlar ham etkaziladi. 3. Ekskursiyaning xulosalari qismida ekskursiyaning o‘tkazilganligi haqida hisobot tayyorlanadi va muhokamaga qo‘yiladi, so‘ngra tasdiqlanadi. Bu bosqichda ekskursiyani ishlab chiqish 15 ta jarayonni o‘z ichiga oladi: 1. Ekskursiyaning maqsadi va vazifalarini aniqlash; 2. Mavzuni tanlash; 3. Adabiyotlarni tahlil qilish va adabiyotlarning ro‘yxatini tuzish; 4. Mavzu bo‘yicha muzey fondlari va tegishli adabiyotlarni tanlash; 5. Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish; 6. Ekskursiya marshrutlarini tuzish; 7. Marshrutni oldindan aylanib, ko‘rib chiqish; 8. Ekskursiyaning ob’ektlarini ko‘rib chiqish; 9. Ekskursiyachi «portfelini» jamlashtirish; 10. Ekskursiyani o‘tkazish metodlarini aniqlash; 11. Ekskursiyani o‘tkazish texnikasini belgilash; 12. Metodik ishlanmalarni tuzish; 13. Ekskursiya marshrutini ishlab chiqish; 14. Ekskursiya loyihasini topshirish; 15. Ekskursiyani tasdiqlash. 14-Chizma. Ekskursiya xizmati ko‘rsatishni tashkil qilish Ijod namunasi Ko‘rish Ko‘rsatish Qabul qilishni tayyorlash Ob’ektlarni tashqi tomondan izohsiz tomosha qilish Aniq metodika bo‘yicha malakali mutaxasis yordamida ob’ektni tomosha qilish 75 Ekskursiya mazmuni va mohiyati jihatidan ekskursiyachi + ekskursant + ekskursiya ob’ekti bir sxemada bir-biri bilan bog‘liq holda bir majmuada ishlashi lozim bo‘ladi (14-Chizma). A- ekskursiyachi B –ekskursant V–ekskursiya ob’ekti 15–Chizma. Gid-ekskursiya xizmatlaridan samarali foydalanish metodikalari Ekskursiya xizmatining metodikalari ekskursiyashunoslikning asosiy qismi hisoblanadi. Ekskursiya xizmatlari metodlarining vazifasi ekskursiyashunoslikda va ekskursiya xizmatlarida turizm mutaxasislariga yordam berish hisoblanadi. Quyidagi jarayonda ekskursiyaning maqsadi va ekskursiya jarayonining chizmasi ko‘rsatilgan (16-Chizma) 16-Chizma. Ekskursiya xizmatining maqsadi va ekskursiya jarayoni Ekskursavod ekskursiyani ishlab chiqishdan to ekskursiyani o‘tkazguncha faqat ekskursiya metodlariga suyanadi. Ekskursiya metodlari ekskursiya ob’ektlarini baholashda ham, ekskursiya axborotlarida ham, ekskursiya mazmunini eshitishda ham ishlatiladi. Yani ekskursavod yo‘l-yo‘lkay ekskursiya metodlari bo‘yicha ekskursiyachilar bilan muloqotlar qilib boradi (17-Chizma). Rasmni tahlil qilganimizda ushbu holatdagi ob’ektni ekskursiya chilarga tomosha qildirishda ekskursavod ma’ruza metodini qo‘llaydi. U ob’ektning jozibadorligini so‘z bilan isbotlaydi. Ekskursiyachilar esa ko‘rish, eshitish ta’surotlar olishda ekskursiya metodlarining ekskursavod tomonidan ishlatilayotganligini sezmay ham qoladilar. Shu tariqa ekskursiya jarayoni yuz beradi. Ekskursiya jarayonida ob’ektning tavsifi-izohlari ekskursavod Ekskursavod Ekskursant Ko‘nikma olish Eshitish Ko‘rish Sezish 76 tomonidan ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirilgandagina ekskursiyachilar ekskursiyadan o‘zlari kutgan narsani oladilar, ya’ni ishonch hosil qiladilar. 17-Chizma. Ekskursiya xizmatining ekskursiyachilar bilan muloqotlar olib borish metodlari Ekskursavod metodlardan foydalanib ekskursiyadagi komponentlarning (ekskursavod+ob’ekt+ekskursantlar) o‘zaro harakatini birlashtiradi. Ushbu holatda ekskursiya jarayoni yuz beradi (18-Chizma). 18-Chizma. Mukammal ekskursiyaning hosil bo‘lish jarayoni Shunday qilib ekskursiya xizmatida ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatishning quyidagilar eng ko‘p ishlatiladigan qulay usullar hisoblanadi: 1. Oldindan ko‘rish, tomosha qilish usuli. Bu usulni ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchi qismda ekskursantlar o‘zlari tomosha qila boshlaydi. Keyin ekskursavod ob’ektning qurilishdan boshlab u bilan bog‘liq ma’lumotlarni asta-sekin axborot tariqasida gapira boshlaydi. 2. Panorama usulida ko‘rsatish–baland joydan katta hududlarni ko‘rsatish va tanishtira borish. Masalan, Cho‘ponota qirlaridan turib Samarqand shahrining tarixiy obidalari va baland minoralari haqida ekskursiya o‘tkazish mumkin. 3. Ko‘rib qaytadan tiklash usuli – ekskursavod ob’ektning dastavval qanday bo‘lganligini ishonchli ma’lumotlar asosida hikoya qila boshlaydi va tiklaydi Holat, tezis, mavzu So‘z bilan isbotlash Ko‘rish, eshitish va boshqa isbotlar Leksiya metodi Ekskursiya metodi Ob’ekt Ekskursavod Ekskursantl ar Metod, metodika, metodologiya 77 4. Ko‘rishda mantaj (qayta ishlash) usuli bu usul ham oldingi-ko‘rib qaytadan tiklash usuliga o‘xshab ketadi; 5. Voqealarni yig‘ish usuli–aynan voqea sodir bo‘lgan joyda ekskurso vod ekskursantlarning bu voqea haqidagi barcha fikr va bilimlarni yig‘adi; 6. Ko‘rishni taqqoslash usuli–Ob’ektni boshqa ob’ektlar bilan taqqos lash (balandligi, usuli, kengligi, sirliligi, kattaligi, tarixiyligi, qanday dir voqealarga bog‘liqligi va boshqalar). Ekskursiya xizmatlarida gid-ekskursiyachi faoliyatini baholash metodikalari. Har qanday kasb mehnat faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib shu kasbning asosiy xususiyatlarini belgilaydigan bilim va tajribaga ega bo‘lishni talab qiladi. Bunday bilimlar ushbu kasb yo‘nalishidagi ta’limni o‘rganishdan, tajriblar esa mehnat faoliyati davomida o‘zlashtiriladi. Shuning uchun ham gid– ekskursavodga, uning malakaviy kasbiga qo‘yiladigan talablarning dastlabkisi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: 1. Intellektuallik; 2. O‘z-o‘ziga ishonchliligi, qat’iyligi; 3. Javobgarlik; 4. Shaxs-mutaxasis sifatida o‘ziga ishonishi va boshqa ijobiy xususiyat lari; 5. Kasbiy mahoratiga ishonishi yuzasidan yuqori pog‘onalarda turishini his qilish. Gid-ekskursovod kasbini egallashda esa quyidagi xususiyatlarga ega bo‘li shi talab qilinadi: 1. Tashkilotchilik; 2. Har tomonlama dunyoqarashga ega bo‘lish; 3. Madaniyatlilik; 4. Tahlil qila bilish. Gid-eksursiyachi faoliyatini baholashda quyidagi talablar qo‘yiladi. Ya’ni gid-eksursiyachi quyidagi malakaviy ishlarini bajarishga qobiliyatli bo‘lishi lozim: Ma’lum bir mavzuga oid eksursiya marshrutlarini yig‘a bilishi va yangi eksursiya marshrutini tayyorlay bilish; Eksursiyaning metodlarini (texnologik karta, marshrutlar sxemasi, eksursiyaning dasturi, eksursiyani o‘tkazish metodlari va boshqalar) yaxshi bilishi va amalda erkinlik bilan qo‘llay olishi; Eksursiyaning o‘tishi davomida yangi metodlarni qo‘llay bilish; Eksursiyaning yo‘l-yo‘lakay yangi axborotlarini tayyorlay olishi; Eksursiya davomida ko‘rgazmali qurollar bilan ishlay olishi, ularni ularni tayyorlab qo‘yishi; Eksursiyachilarni (guruhlarni) boshqara bilishi; Eksursiyalarni reklama qila bilish. 78 Gid-eksursiyachining vazifasiga esa quyidagi majburiyatlar kiradi: Eksursiyashunoslikni yaxshi bilish; Eksursiya ob’ektlarini yaxshi bilish; Eksursiya marshrutlarini ishlab chiqa olishi; Yangi eksursiyalarni ishlab chiqa olish; Eksursiya xizmatlari bozoridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tushinib olishi va yangi eksursiya maxsulotlarini ishlab chiqa olishi; Eksursiyaning metodlarini yaxashi o‘zlashtirish va yangi metodikalari bo‘yicha ma’ruzalar qila bilish; Eksursiyalarni mohirlik bilan boshqara bilish; Eksursiyachi mutaxasisligini egallash bosqichlari Bosqichlar Jarayonlarning nomlanishi Harakat joylari I Odamlar bilan madaniyommaviy ishlarni o‘tkazish qiziqishlarining hosil bo‘lishi Yoshlikda klublardagi tadbirlar ga qatnashish, maktabdagi umumiy ta’limdagi qiziqish lar II Mutaxasislik bo‘yicha sistemali ta’lim olish Mustaqil ravishda qiziqish, kollej va institutlarda o‘qish III Kasbiy mahoratni egallash uchun ishlash jarayonlarni tashkil qilish Eksursiyachilar tayyorlash kurs larida o‘qish, turizm mutaxass isligi bo‘yicha oliy ta’limda tahsil olish IV Mutaxasislik bo‘yicha kasbiy mahoratini oshirish, mustaqil ishlay olish Tajribali eksursiyachilardan o‘rganish metodlarni o‘zlashti rish, malaka oshirish Gid-eksursiyachining shaxsiy fazilatlariga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat bo‘ladi: yoqimli tashqi ko‘rinish; e’tiborli; kuchli xotira; ishda ijodiy yondashuv; tez qaror qabul qilish qobiliyati; tashkilotchi; o‘ziga ishonuvchan; dunyoqarashi keng; nutq madaniyati, to‘g‘ri talaffuzga ega bo‘lish, so‘z boyligiga ega bo‘lishi kerak. Shaxsiy fazilatlarga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rsatmalar: yurak qontomiri kasalliklari bilan og‘riganlarga, ruhiy va asab tizimlari buzilgan larga, nutqida va jismoniy kamchiligi borlarga bu ish tavsiya etilmaydi. Tayanch so‘z va iboralar: ekskursiya, gid-ekskursiyachi xizmati, gid-ekskur siyachi, gid-ekskursiyachining vazifalari, gid-ekskursiyachilik kasbining shakllanishi, gid-ekskursiyachining individualligi, gid-ekskursiyachining nutq madaniyati,gid-ekskursiyachiga qo‘yiladigan talablar,gid-ekskursiyachining imoishoralari, gid-ekskursiyachining o‘zini tutish madaniyati, ekskursiya metodika lari, shaxsiy fazilat, ko‘nikma, malaka oshirish. Mavzu bo‘yicha test savollari: 1. Yangi ekskursiya xizmatlarini tayyorlash asosan necha bosqichda bajariladi? A)3 B) 4 S) 5 D) 6 2. Baland joydan katta hududlarni ko‘rsatish va tanishtirish ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatishning qaysi usuliga kiradi? A) Panorama usulida ko‘rsatish usuli 79 B) Oldindan ko‘rish, tomosha qilish usuli S) Ko‘rib qaytadan tiklash usuli D) Voqealarni yig‘ish usuli 3. Qisqa muddatli safar yoki sayohat, sayohatga jo‘namoq, sayohat qilib kelmoq ma’nolarini anglatuvchi so‘z qaysi qatorda keltirilgan? A) ekskursiya B) turizm S) sayohat D) gid-ekskursavod 4. Tunab qolmaydigan va ekskursiya marshrutida 24 soatdan ko‘p bo‘lmaydigan kim? A) ekskursant B) ekskursavord S) turist D) sayohatchi 5. «Ekskursiya-o‘rab turuvchi dunyoni ko‘z bilan ko‘rib his qilish jarayonidir» A) B.V.Yemelyanov B) T.Kuk S) J.Kuk D) A.Kvartalnov
Do'stlaringiz bilan baham: |