Kirish
Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda turizm sohasi tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan va eng daromadli biznes turi bo‘lib, uning yalpi milliy daromaddagi ulushi 10,0 foizni tashkil etadi. SHuningdek, yaratilayotgan ish o‘rinlarining har ettinchisi turizm sohasidagi ish o‘rniga to‘g‘ri keladi. «Uchinchi dunyo» mamlakatlari bo‘yicha pul mablag‘lari tushumining 50 foizi va ish bilan bandlik darajasining 80-90 foizi turizm sohasiga tegishli1. Butunjahon turizm tashkiloti davlatlarga turizm salohiyatini oshirish, yangi xizmatlar taklif etish, yangi turizm brendlarini yaratish, turizm sohasi raqobatbardoshligini tubdan oshirish bo‘yicha takliflar kiritish zarurligini ilgari surmoqda. Bu esa turizm geografiyasini yanada kengaytirish, mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti (YAIM)dagi ulushini oshirish hamda turizmning rentabellik sohalardan biri ekanligini ko‘rsatib turibdi. Jahonda turizm iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish jarayon va asosiy tendensiyalarini baholash, turizm sohasining iqtisodiy samaradorligini oshirish, sohada aholini ish bilan ta’minlash va daromadlarini oshirish borasidagi imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, moliyaviy hisob va hisobotni takomillashtirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda xizmatlar sohasini, xususan, turizm xizmatlari ko‘rsatish hajmini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatda turizm xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish, buxgalteriya hisobini yaxshilash maqsadida bir qator o‘zgarishlar, normativ-xuquqiy hujjatlar, standart va yangi talablar ishlab chiqildi, boshqaruv tuzilmalari takomillashtirildi. O‘z navbatida mamlakatimiz turizm sohasining yanada rivojlanishi hamda xorijlik turistlar oqimi va turizm xizmatlari eksportini kengaytirish, tarmoqda yangi ish o‘rinlari yaratish asosida aholining bandlik darajasini oshirish, mehmonxonalar, sayyohlarni joylashtirishning boshqa vositalari va turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar sonining ko‘payishi hamda ularda buxgalteriya hisob va hisobotini xalqaro standartlar talabi asosida tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. SHunga ko‘ra, «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da ham turizm industriyasini jadal rivojlantirish, turistik xizmatlarni diversifi-katsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab berild2. Mazkur vazifalarning samarali bajarilishi esa turistik korxonalarning raqobat-bardoshligini oshirish, xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobini yuritishni, moliyaviy hisob va hisobotini ishlab chiqishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishni taqozo etadi. Jahonda turizm sohasida xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobini yuritish, ularning moliyaviy hisob va hisobotini takomillashtirish, turistik korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish hamda infratuzilmasini baholash yo‘nalishlari asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Turistik korxonalarda moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar asosida shakllantirish, ularda axborot ta’minotini yaratish imkoniyatini vujudga keltirmoqda. SHularni hisobga olganda mamlakatimizda turizm xizmatlari bozorini rivojlantirish, hisob va xisobot tizimini xalqaro metodologiya asosida hisoblashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojla-nishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. «Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish» ustuvor yo‘nalishiga mos ravishda bajarilgan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublikamizda turizm sohasida moliyaviy hisob va hisobotlarni tuzish tartibini tadqiq etish yuzasidan xorijiy, mahalliy iqtisodchi olimlarning moliyaviy hisobning nazariy va uslubiy asoslari, shuningdek, xalqaro andozalardan foydalanish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy asarlari mavjud, jumladan: F.G.Burton, G.G.Rodjer, Mak Noton, A.P.Barxatov, N.V.Generalova, V.F.Paliy, A.SH.Poliщuk, E.S.Sokolova, L.R. Smirnova, N.P.Kondrakov, A.D. SHeremet, L.V.Usatova, L.A.Sapolgina, E.N.Ilina, N.S.Morozova, M.A.Morozov, M.B.Birjakov, I. Avrova, V.Anufriev, YU.A. Matyuxina kabilarning ilmiy ishlarida tadqiq qilingan.
SHuningdek, bu boradagi mavjud muammolarning ayrim jihatlari respublikamiz iqtisodchi olimlari A.K.Ibragimov, B.I.Isroilov, A.A.Karimov, D.Xolboev, M.Q.Pardaev, B.A.Xasanov, R.O.Xo l b e k o v , I.K.Ochilov, YU.M.Itkin, A.S.Sotivoldiev, F.G‘ulomova, O.U.Bobojonov, K.B.Urazov, E.F.Gadoev, N.YU.Juraev, T.S.Malikov, O.O.Olimjonov, M.M.To‘laxodjaeva, M.YU.Raximov, H.Tuxsanov, Z.N.Qurbanov, K.R.Hotamov va boshqalarning ilmiy izlanishlarida o‘z aksini topgan.3
YUqorida keltirilgan tadqiqotlarda bayon etilgan masalalar aynan turizm sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda moliyaviy hisobni tashkil etish va moliyaviy hisobotlarini tuzish tartibini milliy hamda xalqaro standartlar talablari asosida yanada takomillashtirish alohida ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilmagan. Turizm yo‘nalishidagi korxonalarda moliyaviy hisobni tashkil etish va uni samarali yuritish hamda ishonchli ma’lumotlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobotni tuzish amaliyotda o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, ushbu sohada buxgalteriya hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobidan alohida jihatlarini ajratib olish zarurligini keltirib chiqarmoqda. SHuningdek, etakchi mehmonxona brendlarini taklif qilish hamda mehmonxona xo‘jaliklarini hisobga olish jarayonining xalqaro standartlarga muvofiqlashtirib borilishi natijasida turistik korxonalarning xalqaro
Do'stlaringiz bilan baham: |