Turar uy-joy meros tariqasida qodirilganligi ma'lum bo‘ldi


Soliq  huquqida  subyektlarining  muamala  layoqatiga  to`xtlib  o`tadigan



Download 232,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana13.05.2020
Hajmi232,43 Kb.
#51217
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oraliq soliq

Soliq  huquqida  subyektlarining  muamala  layoqatiga  to`xtlib  o`tadigan 

bo`lsak,  Soliq  huquq  layoqati  –  bu  ma’lum  bir  huquqlarga  ega  bo`lish  va 

majburiyatlarni bajarish, harakatlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish, soliq 

qonunbuzilishlari  bo`yicha  ishlarni  ko`rib  chiqish,  huquqiy  normalarni  buzish  va 

qonun  bilan  o`rnatilgan  talablarga  rioya  etmaganlik  uchun  javobgarlikka  tortilish 

qobiliyatiga ega bo`lishdir. Soliq huquqiga asosan huquq layoqatiga ega bo`lishda 

soliq to`lovlari, huquqlari va muajburiyatlarini amalga oshira oladigan subyektlarga 




aytiladi.  Misol  uchun,  shaxs  soliq  organi  vakillari  tomonidan  Soliq  kodeksida 

belgilangan  soliq  to`lovlari  bo`yicha  o`zi  amalga  oshirish  va  o`z  majburiyatlari 

yuzasidan  harakatlarni  olib  borishi  huquqiy  layoqati  hisoblanadi.  Fuqorilik 

kodeksining  22-moddasiga  asosan,  fuqaroning  o`z  harakatlari  bilan  fuqarolik 

huquqlariga ega bo`lish va ularni amalga oshirish, o`zi uchun fuqarolik burchlarini 

vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, 

ya’ni o`n sakkiz yoshga to`lgach to`la hajmda vujudga keladi. Demak, soliq huquqi 

ishtirokchisi  huquq  layoqatiga  ega  bo`lishi  uchun  18-yoshga  to`lish  O`zbekiston 

fuqarosining  huquq  layoqatiga  egaligini  anglatadi.  Fuqarolik  kodekisining  22-

moddasining 2-3-4-qismlari va  28-modda  nazarda  tutilgan  holatlarda  shaxslar 16-

yoshdan  to`liq  huquq  layoqatiga  ega  bo`ladi.  Ya’ni  16-yoshga  to`lgan  fuqaro 

turmush  qurganda  va  emansipatsiya  holatida  huquq  layoqatiga  ega  bo`ladi. 

Fuqarolik  kodeksining  27-moddasiga  asosan,  14  yoshdan  18  yoshgacha  bo`lgan 

fuqarolar  kichik  bitim  tuzishda  qonuniy  vakilar  orqali  amalga  oshirilish  mumkin 

bo`ldi.  Fuqarolik  kodeksining  27-moddasiga  asosan,  14  yoshdan  18  yoshgacha 

bo`lgan  fuqarolar  kichik  bitim  tuzishda  qonuniy  vakilar  orqali  amalga  oshirilish 

mumkin  bo`ldi.  Ushbu  27-moddaning  2-qismiga  muvofiq,  o`n  to`rt  yoshdan  o`n 

sakkiz yoshgacha bo`lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar 

va  homiylarining  roziligisiz  quyidagilarni  mustaqil  ravishda  amalga  oshirishga 

haqli: 


1) o`z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish; 

2)  fan,  adabiyot  yoki  san’at  asarining,  ixtironing  yoxud  o`z  intellektual 

faoliyatining qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga 

oshirish; 

3)  qonunga  muvofiq  kredit  muassasalariga  omonatlar  qo`yish  va  ularni 

tasarruf etish; 

4) ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mayda 

maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish. 

O`n to`rt yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan voyaga yetmaganlar ushbu 

moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq o`zlari tuzgan bitimlar bo`yicha 

mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo`ladilar. Bunday voyaga yetmaganlar o`zlari 

yetkazgan  zarar  uchun  ushbu  Kodeksga  muvofiq  javobgar  bo`ladilar.  Ushbu 

moddada  nazarda  tutilgan  holatlarni  hisobga  oladigan  bo`lsak,  14  yoshdagi  shaxs 

ham soliq huquqida huquq layotiga  egaligini bo`ladi. Lekin, to`liq soliq huquqida 

shaxs to`liq huquq layoqati egaligini bildirmaydi.  

Yuqoridagi muammoli vaziyatda B soliq huquqida yuqoridagilarni hisobga 

olgadigan bo`lsak, huquq layoqatga ega emas balki, muomila layoqati hisoblanadi. 

Demak,  ushbu  holatda,  muomalaga  layoqatsiz  shaxslar  tomonidan  ishlarni  olib 

borishda  Fuqarolik  kodeksning  32-moddasiga  asosan,  vasiylik  va  homiylik 



muomalaga  layoqatsiz  yoki  muomalaga  to`liq  layoqatli  bo`lmagan  fuqarolarning 

huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  belgilanadi.  Voyaga  yetmaganlarga 

vasiylik  va  homiylik  ularni  tarbiyalash  maqsadida  ham  belgilanadi.  Vasiylar  va 

homiylarning bunga tegishli huquq va burchlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 

Vasiylar va homiylar o`z himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini 

har  qanday  shaxslar  bilan  munosabatlarda,  shu  jumladan,  sudlarda  ham  maxsus 

vakolatsiz  himoya  qiladilar.  Ushbu  32-moddaga  asosan,  voyaga  yetmagan 

muomilaga  layoqatsiz  shaxsning  ota-ona,  opa-singil  bo`lmgan  taqdirda  vasiylar, 

ularning  qonuniy  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qiladi.  Demak,  B  yaqin 

qarindoshlari  yo`qligini  hisobga  oladigan  bo`lsak,  B  ning  manfaatlarni  himoya 

qilishda vasiylik organi ishtiroki etadi.  

Yuqoridagi holat bo`yicha B ga 50 yoshli A shaxsdan meros qolgan. Jismoniy 

shaxs  sifatida  uning  yer  va  mol-mulk  solig`idan  5  million  so`m  soliq  qarzdorligi 

mavjudligi  aniqlandi.  B  ga  qoldirilgan  uy-joyning  qiymati  100  million  so`mligi 

aniqlanadi. Ushbu holatda Soliq kodeksning 94-moddasiga asosan 

 

Soliq  qarzi  mavjud  bo`lgan  jismoniy  shaxs  vafot  etgan  taqdirda,  soliq 



to`g`risidagi  qonun  hujjatlarini  lozim  darajada  bajarmaganlik  uchun  unga 

hisoblangan penyalar va jarimalar summasi undirilishi umidsiz summalar deb e’tirof 

etiladi. Ushbu jismoniy shaxsning soliqlar bo`yicha uzilmay qolgan qarzi vafot etgan 

shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros qilib olish tartibida qabul qilib 

olgan  uning  merosxo`ri  (merosxo`rlari)  tomonidan  meros  qilib  olinadigan  mol-

mulkning  qiymati  doirasida  va  uning  (ularning)  merosdagi  ulushiga  mutanosib 

ravishda, ushbu moddaning qoidalarini inobatga olgan holda uziladi. 

Agar vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar bo`yicha soliq qarzi meros qilib 

olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq bo`lsa, soliq qarzining meros qilib olinadigan 

mol-mulk qiymatidan ortiq summasi undirilishi umidsiz summa deb e’tirof etiladi. 

Mazkur  norma  merosxo`r  (merosxo`rlar)  tomonidan  meros  qilib  olinadigan  mol-

mulkning qiymati hujjatlar bilan tasdiqlangan hollarda qo`llaniladi. 

Merosxo`r  bo`lmaganda  yoki  merosxo`r  (merosxo`rlar)  meros  olish 

huquqidan  voz  kechganda,  vafot  etgan  jismoniy  shaxsning  soliq  qarzi  undirilishi 

umidsiz  qarz  deb  e’tirof  etiladi.  Umidsiz  soliq  qarzi  soliq  organlari  tomonidan 

hisobdan chiqarilishi lozim. 

Soliq  qarzi  bo`lgan  jismoniy  shaxs  vafot  etgan  taqdirda,  mazkur jismoniy 

shaxs  hisobga  qo`yilgan  joydagi  va  (yoki)  uning  mol-mulki  turgan  joydagi  soliq 

organi vafot etgan shaxsning merosxo`ri (merosxo`rlari) to`g`risida axborot olingan 

paytdan e’tiboran bir oy ichida unga (ularga) soliq qarzi mavjudligi to`g`risida xabar 

qilishi shart. 



Vafot etgan jismoniy shaxsning merosxo`ri (merosxo`rlari) mazkur jismoniy 

shaxsning  soliqlar  bo`yicha  qolgan  qarzini  meros  qabul  qilib  olingan  kundan 

e’tiboran  bir  yildan  kechiktirmay  uzishi  shart.  Soliq  organining  qaroriga  binoan 

uzish  muddati,  agar  soliq  qarzi  mavjudligi  to`g`risidagi  xabarni  merosxo`r 

(merosxo`rlar) to`lash muddati o`tishiga olti oydan kam vaqt qolganida olgan bo`lsa, 

uzaytirilishi mumkin. 

Vafot  etgan  jismoniy shaxsning  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad 

solig`i va ijtimoiy soliqni to`lash bo`yicha qarzi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.  

Ushbu  moddada  nazarda  tutilgan  qoidalar  fuqarolik  qonun  hujjatlarida 

belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarziga 

nisbatan  ham  qo`llaniladi.  Yuqoridagi  holat  bo`yicha  meros  bo`yicha  merosxo`r 

mavjud  bo`lganda.  Soliq  organ  xodimi  meros  bo`yicha  qarizdorligi  mavjudligini 

aniqlamoqda.  Ushbu  holatda,  Soliq  kodeksi  94-moddasga  ko`ra,  agar  merosxo`r 

mavjud bo`lganda soliq qarizdorligi bo`yicha 1 oy ichida xabardor qilingan. Lekin, 

ushbu holatda soliq organi xodim qonun buzilishini yo`l qo`ygan. Bunga sabab B 

hali soliq huquqi subyekti hisonlanmasa ham, uni javobgarlikka tormoqda. Ushbu 

holatda, Soliq organi B ga vasiylik organ vakil ishtirokini taminlashi shart. Agarda, 

B  voyaga  yetgan  shaxs  yetgan  bo`lganda,  uning  harakatlari  huquqiy  asosga  ega 

bo`lardi.  

Agarda, B voyaga yetganda shaxs bo`lib to`la huquq layoqatiga ega bo`lib 

soliq  qarizdorligani  to`lash  imkoniyati  bo`lmaganda.  Yuqoridagi  savolga  ko`ra, 

soliqlarni bo`lib-bo`lib to`lash huquqini qo`llash mumkinligini tahlil qilamiz. Soliq 

kodeksining 100-moddasiga asosan, soliqni to`lash bo`yicha muddatni kechiktirish 

yoki bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy 

ahvoli  ushbu  soliqni  belgilangan  muddatda  to`lash  imkonini  bermasa,  biroq 

ko`rsatilgan  shaxsda  bunday  soliqni  kechiktirish  yoki  bo`lib-bo`lib  to`lash  uchun 

berilgan  muddat  mobaynida  to`lash  imkoniyati  yuzaga  keladi  deb  taxmin  qilish 

uchun yetarlicha asoslar mavjud bo`lsa, berilishi mumkin.  

Soliq to`lashni kechiktirish yoki bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati manfaatdor 

shaxsga  quyidagi  asoslardan  loaqal  bittasi  mavjud  bo‘lgan  taqdirda  berilishi 

mumkin: 

4)  jismoniy  shaxsning  mulkiy  holati  (qonun  hujjatlariga  muvofiq  undiruv 

qaratilishi  mumkin  bo`lmagan  mol-mulk  hisobga  olinmaganda)  soliqni  bir  yo`la 

to`lash imkoniyatini istisno etishi. 

Ushbu 100-moddaga asosan soliq qarzi mavjud bo`lgan soliq to`lovchning 

soliq  undiriladigan  mulkidan  boshqa  mulki  mavjud  bo`lmas,  agarda,  keyinchalik 

to`lash imkoniyati mavjud bo`lsa, unga soliq qarzini bo`lib bo`lib to`lash imkoniyati 

beriladi. Yuqoridagi holat bo`yicha B agarda voyaga yetgan shaxs bo`lib unga meros 




qilib qoldirilgan mulkdan boshqa mulki bo`lamasa, u qarizni bo`lib-bo`lib to`lashi 

mumkin.  

Kiyingi  holat  bo`yicha,  soliq  qarzini  undirish  tartibini  yoritib  o`tadigan 

bo`lsak,  S.  ismli  soliq  organi  xodimi  tomonidan  soliqlarni  undirish tartibigi rioya 

qilinganlik holatini tahlil qilamiz. Ushbu holatda S soliq organi xodimi soliq qarzini 

undirish maqasadida meros qolgan mol-mulkini auksionga qo`yib sotgan va qolgan 

so`mmani  B  qaytarib  bergan.  Ushbu  holatda,  Soliq  kodeksining  125-moddasiga 

asosan, Soliq qarizdorligini undirish, agarda soliq qarzi 1 milliondan oshib ketadigan 

bo`lsa,  sud  tomonidan  amalga  oshirilishi  begilangan.  Bunda  soliq  organi  xodimi 

soliq  qarzdorligi  mavjuda  bo`lganda  soliq  solinadigan  mol-mulkni  xatlab  qo`yish 

to`g`risida ariza kiritadi. Sud ishni ko`rib chiqib soliq solinadigan mulkini xatlovga 

o`tkazadi. Yuqoridagi holat bo`yicha Soliq organi xodimining harakatlari huquqiy 

asosga ega emasligini ko`rishimiz mumkin bo`ladi. 

Xulosa qiladigan bo`lsak, ushbu kazusda B ismli shaxs soliq huquqi subyet 

lekin huquqiy layoqatga ega emas. Ushbu xolatda, soliq organi xodimi S unga soliq 

huquqi majburiyati bo`yicha huquqlarni amalga oshirish bo`yicha vasiy tayinlashi 

yoki tayinlanishini sudan talab qilishi shart edi. Lekin, S bunday harakatlarni amalga 

oshirmaganini ko`rishimiz mumkin. Soliq qarzi bo`yicha qarzni undirish bo`yicha 

sudaga  ariza  bilan  chiqaish  talab  etilardi.  Ushbu  harakatni  ham  amalga 

oshirmaganini  ko`rishimiz  mumkin.  Yana  bir  xolat  soliq  organi  xodimi  mulkni 

auksonda  sotishi  emas  balki,  sudga  arizga  bilan  murojaat  qilib  suda  tomonidan 

xatlovga olishi talab qilinardi. Chunki, B hali to`liq huquq layoqatiga ega emas. Shu 

sababli u soliq huquqi bo`yicha majburiyatlar yuzasida javob berish huquqiga ega 

emas. 


 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 


Download 232,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish