Turakulov e


Muammoli o’қitish texnologiyasi



Download 2,06 Mb.
bet55/113
Sana26.10.2022
Hajmi2,06 Mb.
#856756
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   113
Bog'liq
KL Педагогик технологиялар ва махорат

4.2. Muammoli o’қitish texnologiyasi.


Muammoli o’қitish bu takomillashgan o’қitish texnologiyasidir.
Ҳozirgi oliy maktabdagi samarador o’қitish texnologiyasi — bu muammoli o’қitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadқiқot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o’қitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maқsadlariga mos keladi.
Muammoli o’қitish jarayonida talabaning mustaқilligi o’қitishning reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o’sib boradi.
Ҳozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o’қitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Bizningcha, nisbatan to’liқ va aniқ ta’rif M.I.Maxmutova tomonidan berilgan bo’lib, unda muammoli o’қitish mantiқiy fikrlar tadbirlari (taҳlil, umumlashtirish) ҳisobga olingan o’rgatish va dars berish usullarini қo’llash қoidalari va talabalarning tadқiқot faoliyatlari қonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga bo’lgan қiziқish, talab v.x.k) tizimi sifatida izoҳlanadi.
Muammoli o’қitishning moҳiyatini, o’қituvchi tomonidan talabalarning o’қuv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’қuv vazifalarini, muammolarini va savollarini ҳal қilish orқali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshқarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o’zlashtirishning ilmiy-tadқiқot usulini yuzaga keltiradi.
Ma’lumki, o’қitishning ҳar қanday asosida, inson faoliyatining muayyan қonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va қoidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiқiy bilish ziddiyatlarini ҳal қilishdagi obektiv қonuniyatlari ҳamda didaktik tamoyil — muammolilikka tayanadi.
O’қitishning ҳozirgi jarayoni taҳlili, psixologvapedagoglarning fikrlash muammoli vaziyat, kutilmagan xayrat va maҳliyo bo’lishdan boshlanadi, degan xulosalari ҳaқiқatga yaқin ekanligini ko’rsatadi. O’қitish sharoitida insonning o’sha psixik, emostional va ҳissiy ҳolati unga fikrlash va aқliy izlanish uchun o’ziga xos turtki vazifasini bajaradi.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maқsadga muvofiқ tashkil etiladigan o’ziga xos o’қitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o’rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiқib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiқish zarur. Shunday қilib, o’қitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo’lidagi kutilmagan to’siқ» bilan boғlangan aқliy mashaққat ҳolati emas.
U bilish maқsadlari maxsus taқozo қilgan aқliy taranglik ҳolatidir. Bunday vaziyat negjzida awal o’zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani ҳal қilish uchun aқliy va amaliy ҳarakat usullari yotadi. Bunda ҳar қanday mashaққat muammoli vaziyat bilan boғliқ bo’la bermasligini ta’kidlash o’rinli bo’ladi. Yangi bilimlar awalgi bilimlar bilan boғlanmasa, aқliy mashaққat muammoli bo’lmaydi. Bunday mashaққat aқliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat ҳar қanday fikrlash mashaққatlaridan farқ қilib, unda talaba mashaққat talab қilgan obekt (tushuncha, fakt)ning unga awal va ayni vaқtda ma’ҳim bo’lgan vazifa, masala bo’yicha ichki, yashirin aloқalarini anglab etadi.
Shunday қilib, muammoli vaziyatning moҳiyati shuki, u talaba tanish bo’lgan ma’lumotlar va yangi faktlar, ҳodisalar (қaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik қiladi) o’rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o’zlashtirish uchun ҳarakatlantiruvchi kuchdir. Muammoli vaziyatning belgilari қuyidagilar:
talabaga notanish faktning mavjud bo’lishi;
vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko’rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaққatini ҳal қilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatdan chiқa olish, ҳamma vaқt muammoni, ya’ni nima noma’lum ekanligini, uning nutқiy ifodasi va echimini anglash bilan boғlangan bo’ladi.
Muammoli vaziyatni fikriy taҳlil қiladigan bo’lsak, u awalombor talabalarning mustaқil aқliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaққat keltirib chiқargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so’z bilan ifodalash, ya’ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o’rinda izchillik yorқin ko’rinadi: awalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so’ng o’қuv muammosi shakllanadi.
O’қitish amaliyotida boshқa variant — o’sha muammo tashқi ko’rinishda muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiқ kelganday bo’ladigan variant ҳam uchraydi. Faktlar, ҳukmlar nazariy қoidalar ziddiyatlari mazmunidagi savollar ko’rinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob bo’ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi.
Muammo uch tarkibiy қismdan iborat: ma’lum (berilgan vazifa asosida), noma’lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va awalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma’lumni topishga yo’nalgan қidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Awalo talabaga noma’lum bo’lgan o’қuv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari ҳamda natijasi ҳam noma’lum bo’ladi, shunda talabalar o’zlaridagi avval egallangan bilim va ko’nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki echilish yo’lini izlashga tushadi.
Shunday қilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaқil ҳal kilinish usuli o’қuv muammosi bo’la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning echilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ҳam o’қuv muammosi bo’la olmaydi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish