Perseptiv bilish faoliyati - bu faoliyatning shunday namunasiki, unda predmet, voқea, ҳodisa va ular ҳaқidagi ayrim ma’lumotlar belgilari va mazmuni oғzaki va yozma nutқ vositasida aks ettiladi. Perseptiv faoliyat sezgidan boshlanadi va tasavvurlarni ifodalash bilan yakunlanadi,
Reproduktiv bilish faoliyati — bu faoliyat bilimlarni amaliy va ijodiy faoliyatda pirovard natijada қayta ishlab chiқish bilan boғlangandir. Bilish faoliyatining bu namunasi bilimlarni o’zlashtirish, ularni ijodiy ishda қo’llash va o’қuv faoliyatining turli usullarini egallashni қamrab oladi.
Produktiv bilish faoliyati - u faoliyatning shunday namunasiki, unda turli toifadagi ijodiy vazifalar ҳal қilinishga қaratilgan. Produktiv bilish faoliyatining turlaridan bin - evristik faoliyatdir. Evristik faoliyat talabalarning mustaқil ishlari bilan birga amalga oshiriladi.
Talabalarda perseptiv, reproduktiv va produktiv bilish malaka, ko’nikma va қobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun o’қuv jarayonida ularning ҳar biriga xos bo’lgan faoliyatning shakl va mazmunini tashkil etish, ularni o’zaro boғlash, ularning galma-galligini ta’minlash va ulardan yaxlitlik ҳolida foydalanish zarur.
Bilish faolligi ҳam, faoliyat maқsadi ҳam, unga erishish vositasi ҳam uning, natijasi sifatida қaraladi.
"Bilish faolligi" tushunchasida motivastiya, intellektual va ҳissiy-irodaviy komponentlar farқlanadi.
Xotima. Talabalarning bilish faoliyatini jonlantirish deganda, o’қituvchining talabalar tomonidan bilimlarni egallash, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish, ulardan amaliyotda foydalanishga қiziқish uyғotish faolligini, ijodkorligini, mustaқilligini oshirish maқsadida ta’limning mazmuni, shakli va usullari, metod va vositalarini takomillashtirishga қaratilgan faoliyati tushuniladi.
O’z-o’zini nazorat қilish uchun savollar
O’zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini isloҳ қilish қay tarzda amalga oshiriladi?
Oliy maktabdagi ta’lim mazmuni deganda nimani tushunasiz?
Ta’lim mazmunining moҳiyatini belgilashda қanday yondashuvlar mavjud?
Ta’lim mazmunini shakllantirishda қanday nazariyalarga amal қilinadi?
Ҳozirgi zamon oliy maktabi didaktikasida o’қitish jarayonining қanday қonuniyatlari bor?
Oliy maktabda o’қuv jarayonining қanday shakllari amalga oshiriladi?
Lekstiya, seminarlar, laboratoriya ishlari, mustaқil ishlar, mustaқil taҳsilning tasniflari, vazifalari va mazmunini so’zlab bering.
O’қitish metodlari tasnifini so’zlab bering.
Oliy maktabda o’қitish metodlarining қanday tasniflari mavjud?
Bilish faoliyati to’ғrisida Sharқ қomusiy allomalarining ilmiy pedagogik қarashlarini so’zlab bering.
Bilish va o’қuv faoliyati deganda nimani tushunasiz?
Bilish faoliyatining rivojlanishidagi қanday bosқichlarni bilasiz?
Bilish faoliyatini jonlantirish usullarini so’zlab bering. 14. Bilish faoliyatining asosiy tiplarini so’zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |