Tur, soat to’qqizdan o’tdi!



Download 30,39 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi30,39 Kb.
#576223
Bog'liq
Odatda


Odatda, o’zim uyg’onmasdim. Oyim kelib turib, “tur, soat to’qqizdan o’tdi!” degan gaplaridan keyin sakrab turardim-u, soatga qarasam, oltidan endi o’n besh daqiqa o’tgan bo’lardi. Bugun esa boshqacha bo’ldi. O’zim uyg’ondim. A-a-ancha erta…
Soat endi 5ga yaqinlashgan, qish bo’lganligi uchunmi, kun hali yorishmagan edi. Dadam xonaga I;lib qo’ygan kapkirli soat bir maromda chiqqillab turardi.
Bilmadim, tasavvur kuchliligidanmi, Sovetdan qolgan “янтар”ning chiqqillashi meni qo’rquvga solayotgandi. Kiyimlarimni betartib ilib tashlagan stulimda esa kimdir o’tirgandek tuyulardi:
“Janob turobjon, turdingizmi?”
Xuddi shu so’zlarni menga aytayotgandek edi.
– Ko’zimga ko’rindi sheklli. Ha, rostdan ham ko’zimga ko’ringan ekan, stulda o’tirgan janob ham, soatning chiqqillashidan oladigan qo’rquvim ham yo’qoldi. “Hozir o’rnidan turib nima qilaman?” dedim-da, uxlash uchun yonbosh tarafga qayrilib oldim.
Haqiqatdan ham meni u paytda qiladigan ishim yo’q edi. O’qish sakkiz yarimda boshlanar, oyim oltida turg’azgandayam, maktabga men birinchi bo’lib yetib brogan bo’lardim. Xullas, besh-o’n daqiqa ko’zimni yumib yotgandim, uyqu o’z domiga tortib ketti.
– O’g’lim, tur, soat to’qqizdan o’tdi!
* * *
Turobjan yana har doimgidey hammadan birinchi yetib keldi. Hali chiroqlari yoqilmagan binoga kirib borarkan, dahlizning bir burchagidagi qorovulxonadan sado chiqdi:
– Ha Turob qalaysan?! Keldingmi?! - qorovul shamollagan sheklli, ovozi bog’iq chiqayotgandi.
– Assalom alekum-dedi Turobjon, tiliga salom shunday o’rnashib qolgandi-Madrahim aka, 9-“a”ning kalitini berib yuboring.
Madrahim aka darchaning to’g’risida osib qo’yilgan taxtadagi kalitlardan birini olib darchadan Turobjonga uzatdi
– Rahmat Madrahim aka!
– Ho’p, ho’p. Xonangga boraqol.
Turobjon zinadan ikkinchi qavatga ko’tarildi, chapdagi birinchi xonaning eshigini kalit bilan ochdi. Turobjon sinfga kirganda derazadan tushuvchi past yorug’lik sabab xona “xira” tortgandi. Parta larning sabzirang taxtalari-yu, yashil rangga bo’yalgan temir oyoqlarini ajratib bo’lmasdi.
Turobjon xonada odam ikkita bo’lmaguncha qiladigan ishlarini tayin qilib qo’ygan.:
Xonagakirishi bilan chiroqni yoqadi, sumkasini partaga qo’yadi, xonadagi javonning pastki eshigini javonda turgan otvyorka bilan sozlab qo’yadi, keyin esa derazalarni to’sib turgan pardalarni tortib qo’yadi.
Bugun ham ishlarini tartib bilan boshladi. Chiroqni yoqib endi javonni tuzatishga kirishayotganda snifxona eshigi g’iyqillab ochildi. Turobjon avvaliga dovdirab qoldi, chunki, dars boshlanishiga atigi besh daqiqa qolganda keladigan Mohinur eng erta keladigan o’quvchidan keyin kelib turibdi-da!
* * *
Mohinur bizda hali yangi qiz. Noyabrda kelib qo’shilgandi. Shunga bo’lsa kerak, snifdagi hammani sizlab gapirardi. Tabiiyki, bunga javoban o’quvchilar ham sizlab murojaat qilishadi. Lekin, mendantashqari. Men o’zim bilan tengdosh qizbolani sizlashni hushomadgo’ylik deb bilganim uchun Mohinurni sensirab gaplashardim. Bilmadim, meni o’zidan kata deb biladimi, yo boshqa sabab bormi, sensirasamda, menga sizlab murojaat qilardi. Xullas, endi javonni tuzatishga kirishgan chog’imda Mohinur sinfga kirib keldi. Stuliga sumkasini qo’ydi va men tarafga qo’lini ko’tarib “salom!” deb qo’ydi.
– Salom
– Yaxshimisiz?
– Bo’ladi, o’zingchi?
– yaxshi rahmat.
– Bugun erta kepqopsan?!
– Dadam bugun ishga bormadilar. Har doim o’zlari tashlab ketardilar.
Mohinurni maktabga dadasi mashinasida tashlab ketar edi. Snif derazasidan maktab darvozasini ko’rish mumkin. Kuzatib tursang kim keldi, kim ketti yaqqol ko’rinadi. Soat roppa rosa 8:20 da maktab darvozasi oldiga qora rangli “jentra” to’xtaydi. Orqa o’rindiqdan esa Mohinur ohista tushadi, ruldagi odamga qo’l silkib, maktab tomon keladi (hoynahoy, rildagi dadasi bo’lsa kerak)
– Ha-a…
Mohinur sumkasidan o’rtacha qalinlikdagi oq jildli kitobni oldi, partasiga o’tirib, shu kitobni o’qiy ketdi
* * *
Turobjonning dami ichiga tushib ketgan. Axir, nima desin? Ertalabdan ob-havo haqida so’z ochish… Bu mavzuni Turobjon turgan bitgan telbalik deb oylar edi. Shu qizni ko’rganda har safar yuragi “jizz” etadi. Yoqtirib qolgan sheklli…
Turobjon shkafni eshigini “tap” etib yopdi-da, Mohinurning oldiga o’tirdi
– Nima o’qiyapsan?-so’radi kitobdan ko’z uzmay.
– Oq kema.
– O-o-o-o, Chingiz Aytmatovmi?!- bu gapi uni juda “aqlli” qilib yuborgandi.
– Ha- dedi ohistalik bilan – O’qiganmisiz?
– Kitobini o’qimaganmanu, lekin kinosini ko’rganman.
– Qiziq asar-a? – Mohinurning samimiy ohangda aytgan “so’rog’I” Turobjonni dovdiratib qo’ydi. “Oq kema”ni o’qimagan, kinosini ham unchalik qiziqish bilan tomosha qilmagandi(to’g’trisini aytganda, kinoni ham uzuq-yuluq ko’rgan).
– Ha, ayniqsa, oxirida anavi bola “O-oq ke-e-e-ma-a-a”deb baqiradigan joyi yoqadi.
Qovun tushirdim sheklli, menga qarab bir jilmayib qo’ydi-da, yana kitobini o’qiy ketdi.
* * *
Bugun Turobjon uchun palakat kun bo’ldi. Ertalabdan ikki soatga algebra va geometriya qo’yilgan. Buning ustiga Mohinurning kulimsirab qarashi… O’zini o’zi fosh qilib qo’ydi-da! Nima qiladi, ko’rmagan narsasini ko’rganman deb!?
– Zokirov! Daftaringni olib kel!
Turobjon shu narsalarni o’ylaguncha Matematika o’qituvchisi doskani to’ldirib tashlagan, o’quvchilar allaqachon doskani ko’chirib bo’lib, misollarni yechishardi. Turobjon indamay hali sana ham yozilmagan daftarini olib bordi, “hozir yaxshilab quloqni tozalaydi” deb o’ylagandi, lekin o’qituvchi unday qilmadi.
– Kundaligingniolib kel- o’qituvchining ko’zidan ham, so’zidan ham, “menga desa, o’lib ketmaysanmi” demoqchiday edi.
Bo’yi uzun, gajakdor ikki ortida yirik yozuvli imzosi bilan Turobjonning kundaligi “bezaldi”. Geometriyada zo’rg’a o’tirdi, uchinchi soatga “quyonni chizdi”.
Ayozli kunlar ortda qoldi. Birinchi chuchmoma yerdan unib chiqdi. Uch oy yalong’ochlikni o’ziga ep ko’rgan daraxtlar, vanihoyat, gullarga burkana boshladi. Quyosh hech kimni qizitmaydigan yoqimli nur taratadi… Ora orada kichik bulut ko’lankalari quyoshning yuzini to’sib qo’yadi, xuddi shuni kutganday nimsovuq shamol yuzingga uriladi…
…Turobjon maktabdan katta yo’l bo’ylab uyiga qaytardi . Bir o’zi. Odatda, mahalladosh snifdoshi Abdurasul bilan qaytar, lekin, Abdurasul bugun maktabga bormagandi. Nimamish, shamollaganmish. Qayoqda! Kecha Turobjon bilan telefonda gaplashgandi. Buvim o’tib qoldi degandi. Xudoyisiga bormoqchiydi. Mayli, nima bo’lgandayam joyi jannatda bo’lsin…
Turojon shu narsalarni o’ylagancha kata yo’ldan mahallasiga qayriilib ketdi. Xayollar
Download 30,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish