Sinov savollari:
1. Ferrallitli tuproqlar qayerlarda tarqalgan?
2. Bu tuproqlar profilining tuzilishi qanday?
3. Ferrallitli tuproqlarning genezisi, xossalari qanday?
4. Bu tuproqlarni o‘rgangan olimlar kimlar?
5. Ferrallit tuproqlar tasnifi va ulardan foydalanish.
38-bob. Vulqon otilishi jarayonida hosil bo‘lgan tuproqlar
Vulqon otilishi jarayonida hosil bo‘lgan tuproqlar Tinch okeani,
O‘rtayer dengizi, Sharqiy Afrika, Kavkaz, Kamchatka, Saxalin va Kuril
orollarida keng tarqalgan bo‘lib,
andozollar
deb ataladi. Yapon tilida
andozoll - qora tuproq
degan mahnoni bildiradi.
Vulqon tuproqlari lavalar, tuflar, kullar va piroklastik jinslar ustida
hosil bo‘ladi. Vulqon otilishi jarayonida hosil bo‘lgan mahsulot suyuq,
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
147
qattiq va gaz holatida bo‘ladi. Tog‘ hududlaridagi harakatga kelgan
vulqonlar avj olib suyuq lava sifatida oqib chiqadigan va bir necha km
maydonni egallab, tuproq hosil qiluvchi harakatchan va sust harakatchan
mahsulotni hosil qiladi. Lava bilan bir qatorda vulqon otilishi jarayonida
qattiq jinslardan iborat bo‘lgan mahsulot yer yuzasiga tushib
piroklastik
,
ya’ni kul moddalari, tuflar va tuffitlarni hosil qiladi. Bu mahsulot lavaga
nisbatan bir necha yuz va ming marta ko‘proq hajmni tashkil qiladi.
Piroklastik jinslar
deganda vulqon otilishida chiqqan magmalarning
atmosferaga ko‘tarilib, shamol oqimi yordamida yer yuzasiga tarqalgan
mahsulotlar nazarda tutiladi. Zarrachalar o‘lchamiga binoan: 1) vulqon kuli
1 mm kattarog‘i, 2) vulqon qumi (1 mm dan no‘xat kattaligigacha) 3)
vulqon toshchalari (lapillar), 4) vulqon bombalari, 5) vulqon xarsanglariga
bo‘linadi.
Vulqon yotqiziqlari hosil bo‘lgan manbadan uzoqlashgan sari
yupqalashib boradi. Shuning uchun Rossiyaning Kamchatka o‘lkasidagi
piroklastik vulqon yotqiziqlarini tekshirgan I.A.Sokolov (1973) ularni uch
qismga bo‘lgan, ya’ni juda qalin, o‘rtacha, yupqa kullar tushgan piroklastik
qatlamlar. Piroklastik mahsulot, asosan, shishasimon bo‘lib, yemirilish
jarayoniga ancha moyil hisoblanadi. kul tarkibi oltingugurt moddalari
ishtirok etganligi tufayli nordon muhitga ega bo‘ladi. Gumid iqlimli
sharoitda ishqorli moddalar yuvilishi bilan neytral yoki ishqoriy muhit
rivojlanadi. Yemirilish jarayonida piroklastik jinslar tarkibidagi kremniy
miqdori kamayib, temir va alyuminiy birikmalari to‘plana boshlaydi.
Allofan tuproq eritmasi kristallanib, gallualit va gibbsit minerallarini hosil
qiladi.
Piroklastik yotqiziqlar ustida allit qalinlikdagi vulqon tuproqlari hosil
bo‘ladi. Vulqon tuproqlari profili A-S, A-AS-S yoki A-Vm-S tuzilishga
ega. Tuproq kesmasining qalinligi 1 metrdan oshiq, vulqon otilayotgan
manba orasidagi masofaga bog‘liq bo‘ladi. Gumusli A qatlam qo‘ng‘ir,
qora-qo‘ng‘ir yoki qora rangda bo‘lib, metamorfik Vm qatlam
tabaqalangan qizil, sariq, qizg‘ish rangda uchraydi. Bu tuproqlar profili
podzollanish va gleylanish jarayonining avj olishi bilan murakkablashishi
mumkin. Tuproq zichligi 0,6-0,8 g/sm
3
dan oshmaydi, suv o‘tkazuvchanlik
qobiliyati yuqori bo‘lib, donador, hali unchalik rivojlanmagan bo‘ladi.
Vulqon hosil qilgan tuproqlar 4 toifaga bo‘linadi: shishasimon, och
tusli, gumusli va myulleviy odnosollardir. Bu toifadagi tuproqlar yumshoq
bo‘lganligi tufayli eroziyaga tez uchraydi. Vulqon yotqiziqlari ustida hosil
bo‘lgan tuproqlar tog‘ hududlarida keng tarqalganligi tufayli qishloq
xo‘jaligida meva yetishtirishda foydalaniladi.
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
148
Do'stlaringiz bilan baham: |