Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Tuproq kolloidlarning amfolitoidlik xususiyatlari



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Tuproq kolloidlarning amfolitoidlik xususiyatlari
. Olimlarning 
keyingi ishlanishlari shuni ko‘rsatdiki, tuproq kolloidlari murakkab tuzilishga 
va o‘ziga xos xususiyatga egadir. Birinchi bo‘lib shved tuproqshunosi 
S.Mattson tuproq kolloidlarining amfoterlik xossalarini aniqladi, uning 
ishlarini esa sobiq SSSRda I.N.Antipov-Karatayev, N.P.Remezov, 
N.I.Gorbunov davom ettirdi. Tuproq tarkibidagi kolloidlar kremniy va 
oksidlarning tiniq yoki loyqasimon eritmalarida cho‘kishidan hosil bo‘ladi. 
Kolloid zarrachalaridagi oksidlarning miqdori ko‘payib ketsa, ularning 
izoelektrik holati oshib ketadi va zaryadlar o‘zgaruvchanligiga olib keladi. 
Zarrachalar zaryadiga asoslanib, kolloidlar manfiy atsidoidlarga, ya’ni 
kislotali kolloidlarga hamda musbat zaryadli bazoidlarga bo‘linadi. Atsidoid 
kolloidlar tuproqda gumus va kremniy kislotalaridan, bazoidlar esa alyuminiy 
va temir gidrooksidlaridan iboratdir. Tuproqdagi atsidoid va bazoidlar 
birikishidan amfolitik xossasiga ega bo‘lgan kolloidlar hosil bo‘ladi. Kuchsiz 
kislotali, neytral va kuchsiz ishqoriylik tuproq muhitida kolloidlar musbat 
zaryadli bo‘lib, ammo kislotali yoki kuchsiz kislotali sharoitda esa, aksincha, 
manfiy zaryadga ega bo‘ladilar. 
Tuproq kolloidlarning tuzilishi G.Vigner, I.N.Antipov-Karatayev, 
N.I.Gorbunov va S.N.Alyoshin tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu olimlar 
fikricha, kolloid zarrachasining ko‘rinishi 15-rasmda ko‘rsatilgan. Kolloid 
zarrachasining ichki markazi yadrodan iborat bo‘lib, u ikki qavat ionlar bilan 
o‘ralgan. Ichki qatlam potensial belgilaydigan ionlardan tashkil topib, kolloid 
zarrachalarning manfiy yoki musbat zaryadligini belgilab beradi. Kolloid 
zarrachasining tashqi qatlami ancha bo‘shroq, qarama-qarshi zaryadlangan 
ionlardan iborat bo‘ladi. Kolloidlar yadrosi kristallik yoki amorf holatda 
bo‘lishi mumkin. Bu toifadagi kolloid zarrachalarning tuzilishi kremniy va 
allofanlarga to‘g‘ri keladi. Tabiatda, ya’ni tuproq tarkibidagi organik va 
mineral kolloidlarning tuzilishi har xil bo‘ladi. Masalan, gumus kolloidlarida 
gumus kislotalari polimer iplar sifatida, manfiy zaryad esa funksional 
guruhlar joylashgan yerda bo‘ladi (15-rasm). 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
89 
15-rasm
. Atsidoit kolloidlarning tuzilishi (N.I.Gorbunov bo‘yicha) 
Ikki va uch qavatli loyli minerallarda, masalan kaolinitda kolloid 
dispers zarracha sifatida kristallik panjaraning manfiy va musbat zaryadli 
mayda bo‘laklari hisoblanadi. Shuning uchun bu toifadagi kolloidlar anion va 
kationlarni barobar yutish qobiliyatiga ega. Montmorillonit mineralida esa 
kolloid mitsela va granula markazi uch qavatli o‘zgaruvchan panjara qismida 
bo‘lishi mumkin. Manfiy va musbat zaryadlar kolloid zarrachalarining tashqi 
va ichki qismida joylashgan. Shuning uchun gumus, kaolinit va 
montmorillonitlarning tuzilishi turlicha bo‘lganligi tufayli ularning kationalri 
yutish qobiliyati ham har xildir. 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish