Bog'liq “vobkent tumani toponimlari va ularning geografik tahlili”
Xulosa va takliflar Men ushbu malakaviy bitiruv ishini yozar ekanman Vobkent tuman joy nomlarini o’rganib quyidagi xulosaga keldim. Eng avvalo joy nomlarini o’rganish va ular to’g’risida aniq bir ma’lumot berish uchun tarix, geografiya, etnografiya va tilshunoslik sohalarini qolaversa umuman ijtimoiy gumanitar va tabiat haqidagi fanlardan xabardor bo’lishni talab etar ekan. Chunki joy nomlarining bir jihatini yoritish bilan bu joy nomi haqida aniq asoslangan ma’lumot berish mumkin.
Istiqlol xalqimizga o’zini anglash baxtini va milliy, madaniy adabiy va diniy qadriyatlarini tiklash, asriy an’analarga qayta jon bag’ishlash imkoniyatini yaratdi. Joy nomlari uzoq tarixiy davrning yodgorligi bo’lib xalqimiz tarixini, uning etnik tarkibini shuningdek aholi manzilgohlarining hududiy xususiyatlarini o’rganishda muhim manba hisoblanadi.
Ma’lumki hozirgi davrda geografik nomlar ya’ni toponimlarni ularning ma’no-mazmuni, kelib chiqishi va tarixini o’rganishga tobora ko’p ahamiyat berilmoqda. Har bir toponimda qandaydir ma’no – tarixiy lisoniy ma’lumot yashiringan. Chunki har qanday geografik nom qandaydir ma’noni anglatadi. Har qanday fanning o’z terminlari bo’ladi. Ana shu terminlarni yaxshi tushunib olmasdan turib, shu fanning sir- asrorlarini bilib olish mushkul.
Toponimlar til lug`at fondining bir qismidir. Shu bilan birga joy nomlari tilning boshqa leksik qatlamlaridan anchagina farq qiladi. Bu farq toponimlarning uzoq yashashida, ya’ni ko’p tarkibiy qismlardan iborat bo’lishida, har bir tilning ichki qonuniyatlariga ko’ra, toponimlar yasashda turdosh otlar ishtirok eta olishida o’z aksini topadi. Toponimlar yasashda shu til uchun xos bo’lgan lingvistik vositalardan foydalaniladi. Lekin shu bilan birgalikda har bir tilda toponim yasovchi o’ziga xos vositalar paydo bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishi yakunida tuman toponimlari xususida quyidagi takliflarlarni keltirdim:
Tumandagi joy nomlari Buxoro viloyati toponimlarining tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular geografik jihatdan O’zbekiston toponimlari tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan;
Tumandagi toponimlarning ko’pchiligi nisbatan qadimiy deb qaralayotgan topoformantlar ya’ni toponim yasovchi qo’shimchalar asosida vujudga kelgan qadimiy toponimlardir;
Tuman toponimlari orasida aholining kasb-hunarlari bilan bog`liq holda hosil bo’lgan toponimlar etnotoponimlar kabi katta ulushni tashkil etadi;
Ta’lim jarayonida har bir mavzuni o’quvchilarga yetkazishga ko’plab toponimlarga duch kelinadi. Aynan shu mavzuga dahldor bo’lgan toponimlarga alohida e’tibor qaratib o’qituvchiga o’quv-uslubiy qo’llanma sifatida toponimik lug`atlar nashr qilinishi maqsadga muvofiqdir;
Tumandagi joy nomlarining etimologik mazmuni ko’pincha xalq tili orqali izohlanadi. Ularning asl ma’nosini o’rganish va uni ilmiy-amaliy nuqtai nazardan yoritish o’z yechimini kutib turgan muammolardan biridir;
Kelgusida tuman toponimlarini chuqurroq o’rganib o’quv-uslubiy qo’llanma tayyorlash;