Tuproqshunoslik va geografiya


Hazar yo’lagidan o’tgach, vodiy yana kengayadi va jan.-g’arbga burilib, Buxoro vohasini hosil qiladi



Download 2,08 Mb.
bet7/26
Sana31.12.2021
Hajmi2,08 Mb.
#232678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

Hazar yo’lagidan o’tgach, vodiy yana kengayadi va jan.-g’arbga burilib, Buxoro vohasini hosil qiladi. Bu qismida 3arafshon vodiysining kengligi 70 km ga etadi hamda tekislikka aylanadi. Voha shim.dan Qizilqum bilan, sharkdan Qo’shtepa, Azkamar, Quyimozor, Qaynag’ach, Qumsulton kabi tepaliklar, janub va janubi - g’arbdan esa Qorako’l pla-tosi bilan o’ralgan. Buxoro vohasi jan.-g’arbga, g’arb va shimoli -g’arbga bir oz nishab. Uning mutlaq balandligi 200—280 m. Vohani kanallar, ariqlar kesib o’tgan. 3arafshon vodiysi Buxoro vohasida jan.-g’arbga torayib boradi hamda Qorako’l platosi yonida ancha torayib Qorako’l yo’lagini hosil qiladi. So’ngra vodiy yana kengayib Qorako’l vohasi boshlanadi.

Qorako’l vohasini jan.-g’arb-dan Sandiqli qumi, shim.-sharqdan Qorako’l platosi va jan.dan Eshakchi qumligi o’rab turadi. Bu erda vodiyning kengligi 48—50 km, mutlaq bal. 185—200 m. Kichik sho’r ko’l, pastliklar bor.

Dengizko’l — Buxoro viloyati Olot tumanidagi ko’l. O’rta asrlarda «Borgini farox», ya’ni «Katta ko’l» deb yuritilgan. 10 asr yozma manbalarida Dengizko’l «Qorako’l», «Buxayrayi Somjan» («Som-jan ko’li») nomlari bilan atalgan. 10 asrda arab geografi Ibn Havqal tomonidan chizilgan O’rta Osiyo xaritasida «Baxr ul-Buxoro» («Buxoro dengizi») nomi bilan ko’rsatilgan. Muhammad Narshaxiy (10-asr) bu ko’l haqida «kengligi yigirma farsax (140—160 km) bo’lib, Buxoro daryosining ortiqcha suvi shu ko’lga yig’ilgan, unda suv jonivorlari ko’p, butun Xurosonda bu erdagidek mikdorda qush va baliq tutilgan emas», deb yozgan.

Ko’l viloyatning janubiy chekkasidagi (Zarafshon daryosining quyi oqimida) tektonik botiqda, dengiz sathidan 181,5 m balandda joylashgan. Dengizko’lga bir qancha kollektor-zovurdan keladigan tashlama suv va ekin maydonlarini sug’orish natijasida hosil bo’lgan sizot suvi kelib quyiladi. Zarafshon daryosining asosiy tarmog’i — Toyqir ham to’linsuv davrida ko’lgacha etib boradi. Dengizko’ldan suv oqib chiqmaydi, sarflanish asosan bug’lanish va qisman shimilish hisobiga kechadi. 60-yillar va 70-yillarning boshlarida Dengizko’lning maydoni va chuqurligi tez-tez o’zgarib turgan: suv ko’p quyilgan davrlarda ko’lning maydoni 80—100 km2, chuqurligi 1,0—1,5 m, yoz oxirida esa tegishlicha - 40-60 km2 va 25-30 sm bo’lgan. 70-80-yillarda Buxoro viloyatining janubida yangi erlarning o’zlashtirilishi va oqova suvlar mikdorining ortishi natijasida Dengizko’l yildan-yilga kattalasha bordi. 80-yillarning oxiri (1987)da uzunligi 43,3 km, eng keng joyi — 9 km, eng chuqur joyi 22 m, suv yuzasi maydoni 267 km2, suv hajmi — 2,7 km3 bo’lgan. Bu qiymatlar suv sathi tebranishiga mos ravishda yil davomida o’zgarib turadi: kuzda bug’lanish kamaygach, suv muvozanati turg’unlashadi, so’ng suv sathi yana orta boradi. Dengizko’l kollektor-zovur suvlari hisobiga to’yinadi. Yozda bug’lanish ancha kuchli. Dengizko’lda shamol ta’sirida to’lqinlar kuzatiladi. Suvi juda sho’r, ko’lning tubi ayrim joylarda 0,5 m gacha qalinlikda osh tuzi bilan qoplangan.

Zarafshon muzligi - Oloy, Turkiston va Zarafshon tizmalari bir-biri bilan qo’shilgan joydagi muzlik. Mastchoh tog’ tugunida joylashgan. Uzunligi 27,8 km, eng keng joyi 2 km, maydoni 43 km2 (irmoqlari bilan birga 132,6 km2), o’rtacha qalinligi 200 m. Muzlikning 24 km2 qismi morena bilan qoplangan. Zarafshon muzligining umumiy hajmi 14,9 km3. Boshlanish joyining balandligi 4900 m, quyi chegarasining balandligi esa 2772 m. 30 dan ortiq irmog’i bor. Eng yiriklari: Tolstoy muzligi (uzunligi 12 km, maydoni 19 km2), Faraxnov (uz. 14,4 km, mayd. 14 km2), Miramin (uz. 7 km, mayd. 10 km2) va Skachkov (uzunligi 6,5 km maydoni 9 km2) muzliklaridir. Zarafshon muzligining suv zahirasi (irmoklari bilan) qariyb 19 mlrd. m3. Muzlik uchi ancha pastga tushib kelganidan yozda ko’p eriydi.

Zarafshon tizmasi - Pomir-Oloy tog’lariga mansub tog’ tizmasi. Zarafshon daryosidan janubda, Mastchoh (Ko’ksuv) tog’ tugunidan boshlanib, Turkiston tizmasiga parallel holda sharqdan g’arbga 420 km ga (Jom cho’ligacha) cho’zilgan. Gerstin burmalanishida hosil bo’lgan, keyinchalik emirilgan va uchlamchi davrda qayta ko’tarilib hozirgi qiyofaga kelgan. Zamini asosan paleozoy ohaktoshlari, kristalli slanestlar va qisman granitlardan (g’arbida) tuzilgan. Zarafshon muzligida qoya, tik jarlik va chuqur vodiylar ko’p. Ohaktoshli joylarida karst hodisalari uchraydi. Zarafshon muzligining g’arbiy qismidagi Qirqtog’ platosida (Ziyovuddin tog’lari yaqinida) O’rta Osiyoda eng chuqur, dunyodagi yirik karst g’orlaridan biri Kili (yoki Kiev) g’ori (tubidagi ko’l bilan birga chuqurligi 950 m) joylashgan. Tizmaning sharqiy qismi Mastchoh va Yag’nob daryolari havzalarini, g’arbiy qismi Zarafshon va Qashqadaryo qavzalarini bir-biridan ajratib turadi. Sharqiy qismining o’rtacha balandligi 4000—4500 m.

Zarafshon muzligida bir qancha bo’ylama depressiya (graben) va ko’ndalang vodiylar mavjud. Zarafshon daryosining irmoqlari — Fondaryo, Kishtutsoy, Mag’iyondaryo Zarafshon muzligini ko’ndalang kesib o’tib, tizmani uch qismga bo’ladi. Fondaryogacha bo’lgan sharqiy kambar qismi Mastchoh tog’lari deb ataladi, unda qirrali cho’qqi ko’p. Shimoliy yonbag’ri qiya, janubiysi tik. Balandligi 4500—5000 m, eng baland joyi Tutak cho’qqisi, 5433 m. Baland qismida qor va muzlik ko’p. Sharkda Fondaryo va g’arbda Kishtutsoy oralig’ida Fon tog’lari joylashgan. Shimoliy yonbag’ri (Zarafshon vodiysi tomon) tik va qoyali bo’lib, janubi Hisor tog’lariga tutashib ketadi. Slanest va ohaktoshlaridan tuzilgan shimoliy yon bag’rida yoriq ko’p. Bu yoriklar tashqi kuchlar ta’sirida kengayib bormoqda; tog’larda ko’chkilar bo’lib turadi. Zarafshon muzligining kichikroq muzliklar bilan qoplangan eng baland Chimtarg’a cho’qqisi (5489 m) shu qismida. Muzliklarning umumiy maydoni 307 km2.

Kishtutsoydan g’arbga tomon tog’ pasayib, u erda o’rtacha balandligi 2500 m bo’lgan platosimon tog’lar bor. Mag’iyondaryodan Taxtaqoracha dovonigacha Chaqlikalon tog’i davom etadi, uning sharqiy kismi baland, shimoliy yon bag’ri tik. Dovonning g’arbidagi Qoratepa tog’i g’arbga tomon pasaya borib, balandligi 500—600 m li adirlar bilan tugaydi. Adirlar Kattaqo’rg’on shimoldan janubida balandlasha borib, Zirabuloq tog’lariga tutashadi. Zirabuloq va Ziyovuddin tog’lari Zarafshon muzligining g’arbiy davomidir.

Zarafshon muzligi iqlimi kontinental. Tog’ oldi qiyaliklari va yon bag’irlarining iklimi issiq va quruq, yuqoriga ko’tarilgan sari iqlimi salqinlashadi va yog’in ko’payadi. Yanvarning o’rtacha harorati pastroq qismida —0,5° dan 2° gacha, 2500— 3000 m balandlikda esa —6° dan —10° gacha. Iyulning o’rtacha harorati past joylarda 25—29°, baland qismida esa 15— 18°. Maksimum harorat 40—42°. Yillik yog’in mikdori 200—400 mm.

Tog’ yon bag’irlari siyrak o’rmon (asosan archazor) bilan qoplangan. Tog’ning 800 m gacha bo’lgan va lyoss hamda lyossli qumloq jinslardan tuzilgan qismlarida oddiy va tipik bo’z tuproq, 800—1500 m balandlikda qo’ng’ir bo’z tuproq tarqalgan. 1500—2000 m balandlikda tog’ o’rmon-dasht mintaqasidagi jigarrang va jigarrang-qo’ng’ir tuproqlarda zarang, archa, yong’oq, bodom, qatrang’i, pista, do’lana, itburun, chiya o’sadi. 2500—3000 m balandliklar subalp mintaqasidan iborat, u erlarda mushukquyruq, qo’ng’irbosh, oqso’xta, kovrak, betaga o’sadi. 3000 m dan baland qismidagi alp mintaqasida to’q qo’ng’ir va qo’ng’ir o’tloqi, o’tloqi tuproqlarda oqmomiq, to’ng’izsirt, suvrang, choyo’t, chalov, betaga, qiziltikan, paxtak o’sadi.

Zarafshon muzligidagi o’rmon va butazorlarda o’rmon kalamushi, olmaxon uchraydi, alp mintaqasida esa qizil dumli sug’ur, qizil pishchuxa, kulrang sassiqko’zan, tibet burguti, kaptar, silovsin, tosh suvsari, jayra, yovvoyi echkilar yashaydi.

Zarafshon muzligi yaylovlaridan chorvachilikda keng foydalaniladi. Daryo vodiylarida qishloqlar, ekinzorlar, bog’lar bor.

Zarafshon (forscha “zar” — oltin, “afshon” — sochuvchi) — Tojikiston va O’zbekistondagi daryo. Avesto yodgorliklarida «Daytiya» — «Ezgu suv» deb yuritilgan; yunonlar hukmronligi davrida «Daytiya» so’zi yunonchaga aynan tarjima qilinib, Politimet — «Ko’p ezgu suv» deb atalgan; daryoning So’g’d, Jirt, Jon, Somjan shaklidagi nomlari ham ma’lum; pahlaviy (qadimgi forscha) tilida «Nomiq» («Mashhur», «Ezgu»), fors tilidagi manbalarda Rudi Mosaf, Rudi Sharg’ deyilgan; arabcha manbalarda esa Haramkom — «Muqaddas daryo», Vodiy us-Sug’d, Nahr ul-Buxoro kabi nomlari qayd etilgan; «Boburnoma»da Obi Ko’hak deb tilga olingan; keyinroq Daryoyi Ko’hak, 18-asrdan Zarafshon deb atala boshlagan. Uzunligi 877 km, havzasining maydoni 41860 km2, shundan tog’li qismi 17710 km2, qolgani tog’ oldi qirlari va tekislikka to’g’ri keladi.

Zarafshon vohasida miloddan avvalgi 2-ming yillik — 1-ming yillik boshlarida yashagan o’troq aholi Zarafshondan kanal-ariqlar chiqarib dehqonchilik qilgan. 1—4-asrlarda Zarafshon dan suv oladigan Darg’om, Qalqonota, Shahrud, Romitan kabi yirik kanallar, Sangi-Saloh, Katta Beglik, Damdaryo kabi ariqlar qazilgan.

Zarafshondan qadimgi Varaqsar (hozirgi Rabotxoja) qishlog’i yaqinida arablar istilosi (712)dan ancha oldin qurilgan to’g’ondan uchta ariq chiqarilgan. Eng shimolidagisi — Darg’om arig’i, qolgan ikkitasi temuriylar davrida Abbos va Qoraunas deb atalgan, keyinchalik ular Yangiariq va Qozonariq nomini olgan. Bu ariqlardan Samarqand shimolidan janubdagi erlar sug’orilgan. Samarqand shimolidan sharqdagi erlarga suv keltiriluvchi Mirzaariq, Tuyatortar ariqlari 5—6-asrlarda qazilgan degan ma’lumotlar bor. Qadimgi ariqlardan bo’lgan Narpay (Nahrpoy) So’g’dning eng yirik irrigastiya inshooti hisoblangan. Tabiiyki, o’sha davrlarda Samarkand shahri ham Zarafshondan suv ichgan.

Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi Shofirkon (Shopurkom), Xarkanrud (hozirgi Qalqonrud), Xitraf yoki Govxitfar (hozirgi Vobkentdaryo), Buxoro shahrini suv bilan ta’minlovchi Rudizar (hozirgi Shohrud) kanallari ham qadimgi suv inshootlaridandir. Ular haqidagi ma’lumotlar Narshaxiy, Istaxriy, Muqaddasiy asarlarida keltiriladi.

Zarafshon suvidan qadimdan Samarkand, Buxoro, Karmana muzofotlari bilan birga Qashqadaryo (Eski Angor kanali orqali) va Jizzax (Eski Tuyatortar kanali orqali) muzofotlari erlari ham bahramand bo’lib kelgan.


Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish