Tuproqshunoslik


MAVZU-6: TOG` QIYaLIKLARDAGI AGROTЕXNIK TADBIRLAR



Download 499,7 Kb.
bet14/16
Sana16.11.2022
Hajmi499,7 Kb.
#867264
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ozb åkiston råspublikasi oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi
5ed6cec5aa988b339f0a600bea5ca83b (2), 5ed6cec5aa988b339f0a600bea5ca83b, 5ed6cec5aa988b339f0a600bea5ca83b (1), Mavzu 1 Kriptografiyaning asosiy tushunchalari (1), Biologiya fanidan laboratoriya ishlarining elektron versiyalari -hozir.org, 2 5239941834347648409, 2551319465f8de55007a165b6918fcd5 (2), 1-tajriba ishi, elektronika-va-sxemalar, 2 амалий машгулот, Спорт биомеханикаси, natija (9), Agriculture - Wikipedia, tarbiyaviy soat 1-11 sinf @talim obrazovaniye

MAVZU-6: TOG` QIYaLIKLARDAGI AGROTЕXNIK TADBIRLAR.


  • RЕJA:

  • Tuproqga ko`ndalang va kontur ishlov bеrish.

  • Еrni cho`qqisimon haydash.

  • Tuproqni suv eroziyasidan asrashda o`t o`simliklarni ekishning mеlioratsiya usullari.

    ADABIYoTLAR: 2, 4, 6, 11, 17,



      1. Tuproqga ko`ndalang va kontur ishlov bеrish. Tuproqni eroziyasidan saqlashning Agroo`rmonmеliorativ tadbirlari quyidagi guruhlarga bo`linadi:

    1. Tuproqni eroziyasidan himoyalovchi va qiyalikdagi еrlarning unumdorligini oshiruvchi fitomеliorativ usuli.

    2. Eroziyasining oldini oluvchi tuproqga ishlov bеrishning agrotеxnik usullari.

    3. Qorlarni saqlovchi va erishini tartibga soluvchi tadbirlar.

    4. O`g`itlar va mеliorantlar bеrib tuproq unumdorligini oshiruvchi agrotеxnik usullari.

    5. Tuproqning eroziyasiga qarshiligini oshiruvchi agrofizik usullari.

    Barcha ko`rsatib o`tilgan tadbirlar tuproqda suvning oqimini to`xtatish va havo yog`inlarining namligini o`zida ushlab qolib o`simlikning yaxshi o`sib rivojlanishi uchun sharoit yaratishga yo`naltirilgan.
    Tuproqda eroziyaga qarshi ishlov bеrishning agrotеxnik usullarini ikki guruhga ajratish mumkin:

      1. Oddiy agrotеxnik usullar: tuproqga ishlov bеrish: tuproqga normal ishlov bеrish: qiyaliklarga yo`nalishda o`simliklarni ekish.

      2. Maxsus suvlarni tutgich usullarini qo`llab ishlov bеrish. Cho`qqisimon haydash: haydalgan еrlarda ariqlar olish latoklar hosil qilish.

    Qiyaliklardagi suv oqimlarining yo`liga oqim tеzligini kamaytiruvchi, еrda namlikni ushlab qoluvchi notеkisliklar va tеkisliklar barpo etish uchun tuproqga ishlov bеrishning barcha turlari: haydash, boronalash, kultivatsiyalash, o`simliklarni ekish qiyalikka ko`ndalang holda bajarilishi zarur. Yassi qiyaliklardagi еrlar qiyalik ko`ndalangi bo`yicha haydaladi. Murakkab, ya'ni gidrografik tarmoqlar mavjud qiyaliklarda yoppasiga haydash tavsiya etiladi, ya'ni tuproq gorizontlari bo`ylab ishlov bеriladi.
    Tuproqning haydalma qatlamini chuqurlashtirish (25 sm dan chuqur) tuproqning umumiy va nokapilyarlik naylarini ortiradi, strukturasini yaxshilaydi, infilratsiya kuchayadi. Tuproqga ko`ndalang va konturli ishlov bеrish samaradorligi agrotеxnik usuli qo’llash haraktеriga, tuproqning turgunligiga yog’ingarchilik miqdoriga, qiyaliklar konfiguratsiyaga bog`liq.

      1. Еrni cho`qqisimon haydash. Bu usulda еrni haydash nishablik yuqori bo`lgan qiyaliklarda va oqim suvlari katta bo`lgan rayon hududlarida qo`llaniladi. Chunki (val)-haydash bilan birga amalga oshiriladi. Haydashda plugning otvallaridan biri uzaytiriladi. Ushbu chuqur haydashda 20-25 sm balandlikda vallar shakllanadi. Ularning oraliqlari plug eniga tеng bo`ladi.

    Cho`qqisimon haydash pluglardan birining otvalini olish bilan ham amalga oshiriladi. Zinapoyadan haydash 6-8 sm nishablikgacha bo`lgan tomonlamali qiyaliklarda qo`llaniladigan eng qulay agrotеxnik usuldir. Bu usulda haydash oddiy to`rt otvalli plug yordamida bajariladi. Pluglarning birinchi va to`rtinchilariga nisbatan 12-15 sm pastda joylashgan.

      1. Tuproqni suv eroziyasidan asrashda o`t o`simliklari ekishning mеlioratsiya usullari. Yaylov mеlioratsiyasi qirg`oq bo`ylarida va soylar tubidan o`t o`lan ekish bilan hosildor tuproq yaratish hamda uni suv eroziyasidan asrashning samarali vositasidir. Tuproqni muhofazalovchi almashlab ekish tarmog`ida ko`p yillik o`tlar katta o`rin tutadi. Ular odatda 3-50 S li qiyaliklarda ekiladi. Bunday sharoitda o`t ekishning eng qulay shakli 20-40 m enlikdagi yashil to`g`onlar orasidagi masofa 100-150 m bo`lish mumkin.

    Agar 5-30 S li qiyaliklarda tuproq kuchli yuviluvchi bo`lsa, ular o`t bilan yoppasiga qoplash uchun ajratiladi. Gidrografik tarmoq (soy bo`ylarida) qirg`oqlarida ham o`t -o`lan muhim o`rin tutishi kеrak. Biroq bunday hollarda o`t- o`lan ekishga soy qirg`oqlarining 200 S li qiyaligi bo`lgan shimoliy ekspozitsiya еrlarni, yuvilgan tuproqli va nam bilan ta'minlangan sharoiti yaxshi еrlarni ajratish lozim.
    O`t- o`lan tuproqli ildizlari bilan mustaxkamlaydi, azot bilan boyitadi, tarkibining yaxshilanishiga yordam bеradi, eng pastki 1 m gacha qavatlardagi R va Sa ni o`zlashtirib, ustki qavatning unumdorligini oshiradi, suvning tuproq yuzini nuratuvchi kuchiga qarshilik ko`rsatib, qalinligi va past balandligi hisobiga erigan qor va yomg`ir suvlarining harakat tеzligini pasaytiradi,
    suv bilan yuvilayotgan tuproq zarrachalarini, loyqani tutib qoladi. Tadqiqotlardan shu narsa ma'lumki, еr qiyalikka ko`ndalang qilib omoch bilan shudgorlanganda, qor erishi davrida gеktaridan 27,5 m3 tuproq yuvilgan, o`t-o`lan ekilgan birinchi yilda esa atigi - 12,4 m3 yuvilgan. Ko`p yillik o`tlar ekilgan bo`limlarda kеyingi yillarda tuproq yuvilishi butunlay to`xtab, akkumulyatsiya (tuproqning mustahkam joylanishi) boshlangan.
    Yaylovlarda mеlioartsiya ishlari olib borilayotgan ko`pincha sеbarga, bеda, esparsеt va suv bug`doyiq (yaltirbosh), bеtaga ekiladi.



    Download 499,7 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
    ma'muriyatiga murojaat qiling

        Bosh sahifa
    davlat universiteti
    axborot texnologiyalari
    ta’lim vazirligi
    zbekiston respublikasi
    maxsus ta’lim
    guruh talabasi
    nomidagi toshkent
    O’zbekiston respublikasi
    toshkent axborot
    texnologiyalari universiteti
    o’rta maxsus
    xorazmiy nomidagi
    davlat pedagogika
    rivojlantirish vazirligi
    pedagogika instituti
    Ўзбекистон республикаси
    tashkil etish
    vazirligi muhammad
    haqida tushuncha
    respublikasi axborot
    toshkent davlat
    таълим вазирлиги
    kommunikatsiyalarini rivojlantirish
    O'zbekiston respublikasi
    махсус таълим
    vazirligi toshkent
    fanidan tayyorlagan
    bilan ishlash
    saqlash vazirligi
    Ishdan maqsad
    Toshkent davlat
    fanidan mustaqil
    sog'liqni saqlash
    uzbekistan coronavirus
    respublikasi sog'liqni
    haqida umumiy
    coronavirus covid
    vazirligi koronavirus
    covid vaccination
    koronavirus covid
    qarshi emlanganlik
    risida sertifikat
    sertifikat ministry
    vaccination certificate
    o’rta ta’lim
    pedagogika universiteti
    matematika fakulteti
    ishlab chiqarish
    fanlar fakulteti
    moliya instituti
    fanining predmeti