Tuproqshunoslik
Tuproqshunoslik
—
tuproq
haqidagi fan;
uning tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, taraqqiyoti,
geografik tarqalishi, unumli foydalanish usullari va unumdorligini oshirish yoʻllarini oʻrganadi.
Tuproqshunoslik tabiiytarixiy fanlarga mansub boʻlib, tuproqni tabiat mahsuli,
mehnat
predmete, ishlab chiqarish. vositasi sifatida tadqiq etadi. Tuproqshunoslik iklimshunoslik,
geomorfologiya, petrografiya, oʻsimliklar fiziologiyasi kabi boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy
bogʻliq. Qishloq xoʻjaligida tuproq unumdorligini oshirish, sanoat oʻgʻitlarini qoʻllash, yerning
meliorativ holatini yaxshilash, tuproq, eroziyasiga qarshi kurash
va boshqa masalalarni hal
qilishda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Tuproq
18-asr
oxirlaridan oʻrganila boshlandi.
19-asr
oʻrtalarida tuproqni geologik hosila deb qarovchi agrogeologik yoʻnalish vujudga keldi. 19-asr
oxirlarida V.V. Dokuchayev Rossiyada tirik va ulik tabiat xususiyatlariga ega tabiiytarixiy jins —
tuproq toʻgʻrisidagi tushunchani asoslagan genetik tuproqshunoslikni yaratdi.
Tuproqshunoslikning agronomik yoʻnalishi (tuproq bilan oʻsimlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik,
tuproq unumdorligi)ni P.A. Kostichev, geografik yoʻnalishi (tuproq kesmasining tuproq hosil
boʻlish jarayoni bilan bogʻliq holda solishtirma tahlili)ni esa K.D. Glinka, N. M. Sibirsev va
boshqa rivojlantirdi. Agronomik, oʻrmon va meliorativ tuproqshunoslik —
tuproqshunoslikningamaliy sohalaridir.
20-asr
boshlarida tuproqshunoslikning yangi —
kimyoviy yoʻnalishi vujudga keldi. Bu yoʻnalishni tuproq kolloid kimyosi asoschisi K. K.
Gedroys yaratdi.
20-yillarda V. I. Vernadskiy tuproq hosil boʻlishida tirik organizmlar ahamiyatini oʻrganib,
tuproqshunoslikda biogeok i m yo yoʻnalishga asos soldi. 30-yillarga kelib, tuproq fizik
kimyosi, fizikasi, mineralogiyasi, mikrobiologiyasi kabi boshqa boʻlimlar ham shakllandi.
Tuproqshunoslikning shu davrdagi hamda keyinchalik rivojlanishida N.A.Dimo, N.A.
Gerasimov, Ye.N.Ivanova, V. A. Kovda, B.B. Polinov, L. I. Prasolov, N. N. Rozov, I. V.
Tyurin va
boshqalarning ishlari yetakchi axamiyatga ega boʻddi.
Tuproqshunoslikning Oʻzbekistonda rivojlanishi Turkiston universiteti qoshida
tuproqshunoslik va geobotanika institutining tashkil etilishi bilan uzviy bogʻliq. Bungacha
Oʻrta Osiyo
hududi tuproqlarini A. Middendorf, A.N. Krasnov, N. Teyx tadqiq etgan. P. S.
Kossovich ragʻbarligida Yer tuzish va dehqonchilik bosh boshqarmasining qishloq xoʻjaligi.
kimyosi lab. (Rossiya; 1897-yilda tashkil kilingan) tomonidan Mirzachoʻl va Andijon tajriba
dalalari tuprogining kimyoviy va granulometrik tarkiblari tadqiq qilindi. Bu tadqiqotlar
natijasida
sur tuproklarda fosfor, kaliyning koʻpligi, gumus (chirindi)ning esa kam ekanligi va
karbonatlarga toʻyinganligi aniqlandi. S. S. Neustruyev ishlarida tipik sur tuproklar
tavsiflangan va shu tipdagi tuproklar terminologiyasiga asos solingan.
tuproqshunoslikning geografik, kimyoviy va biogeokimyo yoʻnalishlari sintezi tuproqning 4
asosiy: qattiq, suyuq, gazsimon va tirik qismlardan iborat ekanligini koʻrsatdi. Tuproqning bu
tarkibiy qismlarida modda va energiya almashinuvi doimo oʻzaro taʼsir etib, uzluksiz kechadi.
Tuproqda tirik organizmlarning boʻlishi uni biosferaning tirik mavjudotlari katoriga kiritish
imkonini berdi. Shu asosda tuggroq unumdorligi, tasnifi va diagnostikasi haqidagi taʼlimot
takomillashtirildi.
Oʻzbekistonda tuproqshunoslik rivojida M. B.
Bahodirov, B. V. Gorbunov, V. B. Gussak, N.V.
Kimberg , M. A. Orlov, M. A. Pankov, A. M. Rasulov, S. N.Rijov. X. Maxsudov, M. U. Umarov, O.
Komilov va boshqalarning hissasi katta. Oʻzbekiston tuttroqshunoslari sugʻorma dehqonchilik
mintaqalari uchun afokompleks tadbirlar sistemasi, yaʼni yerni chukur haydash, sugʻorish,
mineral va mahalliy oʻgʻitlardan
unumli foydalanish; shoʻrlangan va botqoqlangan yerlarning
meliorativ holatini tubdan yaxshilash choralari va boshqalarni ishlab chiqdilar.
Tuproqshunoslik va afokimyo intida tadqiqot natijalari umumlashtirildi, kam oʻrganilgan va
hali oʻrganilmagan joylar tuproqlari eroziongeografik jihatdan tadqiq etiddi. Yangi maʼlumotlar
tuproq tasnifini nazariy tomondan qayta koʻrib chiqishni va uning yangi variantini yaratish
imkonini berdi.
Tuproqshunoslikning ilmiy, nazariy va amaliy masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Yer
resurslari davlat qoʻmitasining tuproqshunoslik va agrokimyo instituti, qishloq xoʻjaligi. oliy
oʻquv yurtlari va OʻzMU ning tuproqshunoslik kafedralari va
boshqa ilmiy muassasalarida
oʻrganiladi. Ilmiy ishlar natijalari davriy ilmiy jurnali lar, shuningdek, ilmiy toʻplamlarda nashr
qilinadi.
Pankov M. A., Tuproqshunoslik, tuproqshunoslik, 1970; Bahodirov M ., Rasulov A.,
Tuproqshunoslik, tuproqshunoslik, 1975; Rasulov A., Ermatov A. K,.,
Tuprokshunoslikasoslari
va dehqonchilik, tuproqshunoslik, 1980.
Adabiyotlar