Tuproqqal’a tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘I



Download 41,76 Kb.
bet1/2
Sana10.03.2022
Hajmi41,76 Kb.
#488013
  1   2
Bog'liq
Чет тили буйрук





TUPROQQAL’A TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING
BUYRUG‘I
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziriigi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentiigining 2022-yil 14-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovini tashkil etish to‘g‘risida"gi 6-q/q-son, 1-q/q-son qarori hamda Xorazm viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 17-fevral 21-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:

  1. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 17-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida"gi 21- sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi (keyingi o‘rinlarda – tanlov)da ishtirok etish istagini bildirgan 19 ta maktablar Xalq ta’limi vazirligining axborot tizimida terma jamoalarini ro‘yxatdan o‘tkazgani hamda asosiy ko‘rsatkichlarini kiritgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  3. Qo‘shma qaror asosida Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 17-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida"gi 21-sonli buyrugi bilan tanlovning birinchi (tuman) bosqichi - 2022-yil 4-mart kuni, ikkinchi (viioyat) bosqichi - 2022-yii 21-aprel kuni, uchinchi (respublika) bosqichi - 2022-yil 4-avgust kuni o‘tkazilishi belgilab qo‘yilganligi;

Tanlovning birinchi bosqichini tashkil etish bo‘yicha tuman tashkiliy qo‘mita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Tanlovni tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazishga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
tanlovning birinchi bosqichini adolatli va xoiis baholash bo‘yicha hakamlar hay’ati tarkibini 3-ilovaga muvofiq;
tanlovning birinchi (tuman) bosqichini tashkii etish va o'tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlangani mahumot uchun qabul qilinsin. 4. "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichini tashkii etish bo'yicha tashkiliy qo'mitasi 1-ilovaga, tanlovni adolatli o'tkazilishini nazorat qilish bo'yicha mas'ullar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining viloyat bosqichini tashkil etish bo‘yicha tashkiiiy qo'mita (S. Matkarimov )ga:
a) tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan maktablar to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumot, ushbu maktablarga belgilangan tartibda asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha qo‘yilgan ballar hamda sinovlarda ishtirok etadigan maktablarning terma jamoalari tarkibi tanlovning birinchi (tuman) bosqichini tashkil qilish bo‘yicha tuzilgan tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanishi;
-tanlovning birinchi (tuman) bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etadigan maktablar ro‘yxatini tanlovning viloyat tashkiliy qo‘mitasiga tasdiqlab berilishini;
-tanlovning birinchi (tuman) bosqichida qo‘shma qarorning 5-ilovasidagi shakliga muvofiq tanlov bayonnomasi rasmiylashtirishi hamda tuman tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanishini;
-viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan tumanga berkitilgan mas’ul xodim bilan birgalikda birinchi (tuman) bosqichini adolatli o‘tishini nazorat qilsin.
b) tanlovning birinchi (tuman) bosqichida ishtirok qiladigan maktablar ro‘yxati va terma jamoalar tarkibini tasdiqlasin.
- tanlovning birinchi (tuman) bosqichiga oid xujjatlarni 3 yil muddat saqlanishini ta’minlasin.

  1. Tuman xalq ta'limi bo'limi ta’lim sifatini nazorat qilish monitoring bo‘liminig bosh-inspektor metodisti (N. Ro‘zimova)ga:

joriy yilning 25-fevraliga qadar tanlovning birinchi (tuman) bosqichida ishtirok etadigan maktablarga belgilangan tartibda asosiy ko'rsatkich bo'yicha qo'yilgan ballarini asoslovchi hujjatlar yig'ma jildini qo'shma qarorning 6- ilovasidagi ro'yxatga muvofiq shakllantirsin;
7. Tanlovda qatnashadigan maktab direktorlariga:
-21-fevralgacha tanlovning asosiy ko‘rsatkichlarini (xorijiy til oqituvchilarini malaka toifalari va xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar) tasdiqlab berishi;
-ikki kun muddatda xorijiy til o‘qituvchilarini malaka toifalari va xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarini nusxalab Ta’lim sifati monitoringi bo‘limiga yetkazish;
-tanlovda ishtirok etadigan o‘quvchilarni tumandagi 2-sonli maktabga xavfsiz kelib-ketishlarini ta’minlash vazifalari topshirilsin.
8. Ta’lim sifati monitoringi bo‘limining bosh inspektor metodisti (N. Ro‘zimova), AKT mutaxassisi (D.Qutumov)ga:
-tanlov jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish tavsiya etilsin.

  1. Bo‘limning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash” bo‘yicha mutaxasisi v.b (S. Matkarimov) bir kun muddatda ushbu buyruqni o‘rnatilgan tartibda barcha umumta’lim maktablariga yetkazilishini ta’minlasin.

10.Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish mudir o‘rinbosari S. Matkarimov zimmasiga yuklatilsin.



Download 41,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish